25
Poezd radio aloqasining texnik normativlari va foydalanish
qoidalari DATK boshqaruvi
raisi tomonidan o‘rnatiladi, poezd radio aloqasining nosozligi vaqtida harakat xavfsizligini
ta’minlash tartibi esa, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezd harakati va manyovr
ishlari bo’yicha yo’riqnomada ko’zda tutilgan.
104. Stansiyalarda texnologik talablardan kelib chiqib stansiya radio aloqasi, ikki
taraflama park aloqasi va yo’lovchilar uchun axborot aloqasi qo’llanilishi kerak.
Stansiya radio aloqasi: manyovr va tepacha radio aloqasi, stansiya texnologik markazlari
radio aloqasi, vagon va lokomotivlarga texnik xizmat ko’rsatish punktlari, vagonlarni tijorat
ko’rikdan o’tkazish
punktalari radio aloqasi, konteyner maydonchalar radio aloqasi, texnik
vositalar (SSB, aloqa, yo’l, kontakt tarmog’i va boshqalar) ni ta’mirlash va ularga xizmat
ko’rsatish brigadalari, harbiylashtirilgan qo’riqlash bo’linmalari radio aloqasi tarmoqlarida, ikki
taraflama aloqani ta’minlashi kerak.
Bir stansiya ichida har hil manyovr rayonlari uchun bir hil radiochastotalarni qo’llash
mumkin emas. Stansiyaning har bir manyovr rayoni uchun va unga xizmat ko’rsatuvchi
lokomotivlar uchun alohida radiochastota ajratiladi.
Ikki taraflama park aloqasi qurilmalari park chegarasida yaxshi eshitilishni ta’minlashi
kerak. Bu qurilmalar temir yo’l hududidan tashqarida shovqinni kamaytirishga yo’naltirilgan ish
olib borishi kerak.
Poezd va manyovr ishlari xaqida ko’rsatmalarni uzatishda, shuningdek, yo’lovchilarni
axborot bilan ta’minlashda qo’llaniladigan ikki taraflama park aloqasi qurilmalari doimo ish
holatida bo’lishi, aloqa kanallarining uzluksiz ishlashini ta’minlashi, yoqiqlilik holati nazoratiga
ega bo’lishi kerak.
105. Stansiyalar va dispercherlik uchastkalaridagi poezd
va stansiya radio aloqasi
qurilmalari (DATK boshqaruvi raisi belgilagan ro’yxatga binoan) so’zlashishlarning
hujjatlashtirilgan qayd qilish tizimi bilan jihozlanishi kerak.
So’zlashishlarning hujjatlashtirilgan qayd qilish tizimidan foydalanish tartibi DATK
boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi.
106. Peregonlar va yuk tashish hajmi katta liniyalar stansiyalarida ta’mirlash ishlarini
boshqarish uchun ta’mirlash bo’linmalarining ish boshqaruvchi bilan, ish boshqaruvchining
lokomotiv mashinistlari va tegishli xizmatning navbatchi apparati bilan ikki taraflama ishonchli
aloqasini ta’minlash uchun ko’zda tutilgan ta’mir-tezkor radio aloqa qo’llanilishi kerak.
Bu aloqa bilan jihozlanuvchi uchastkalar ro’yxati DATK boshqaruvi raisi tomonidan
tasdiglanadi.
107. Poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lmagan masalalar bo’yicha poezd dispetcherlik va
strelka aloqasidan foydalanish man etiladi.
Markazlashtirilgan ijro postlari, strelka postlari va stansiya navbatchisining telefonlaridan
boshqa telefonlarni strelka aloqasi tarmog’iga ulash taqiqlanadi.
Poezd dispetcherlik aloqasiga faqatgina stansiya navbatchilari,
manyovr dispetcherlari,
operatorlari, lokomotiv depo va almashtirish punkti navbatchilari, energodispetcherlar va
lokomotiv dispetcherlari, signalizatsiya va aloqa distansiyasi muhandis navbatchilari,
davlatlararo TXP (texnik xizmat ko’rsatish punkti) va TKP (tijorat ko’rigi punkt) lari
navbatchilarining telefonlarini ulashga ruxsat beriladi. Markazlashtirilgan dispetcherlik
uchatskalarida poezd dispetcherlik aloqasiga DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan pereezdlar
navbatchilarining telefonlarini ulashga ham yo’l qo’yiladi.
Shtatida tashishlarni tashkil qilish boshqarmasining navbatchi xodimlari bo’lmagan yoki
bo’lsa ham ularning kecha-kunduz navbatchilik qilishi ko’zda tutilmagan stansiyalarda stansiya
boshlig’i, SSB elektrmexanigi va elektrmonterlari xonadonlarida o’rnatilgan telefonlarni poezd
dispetcherlik aloqasiga ulashga ruxsat etiladi.
Xonadonlarda o’rnatilgan telefonlarni poezd dispetcheri, maxsus pribor orqali faqatgina
so’zlashuv uchun ketadigan vaqtga ulaydi.
Peregonlarda poezd dispetcherlik aloqasi simlariga drezina haydovchilari (majburiy
to’xtash vaqtida), tiklash va o’t o’chirish poezdi boshliqlari, SSB elektrmexaniklari, tiklash, yo’l
26
ishlari va elektr ta’minot qurilmalari bo’yicha ishlarning ish boshqaruvchisi ko’chma
telefonlarini vaqtincha ulashga ruxsat beriladi.
Stansiyalararo poezd aloqasiga faqatgina stansiya navbatchilarining
telefonlarini,
avtoblokirovkali uchastkalarda, bundan tashqari, peregon aloqa telefonlari va pereezd
navbatchilarining telefonlarini ulashga ruxsat beriladi.