37
Yo’lovchi poezdining lokomotivi va
birinchi vagoni orasida 100 mm dan oshmasligi kerak.
Yo’lovchi vagonlarning avtotirkamasi vertikal ko’chish cheklagichlariga ega bo’lishi
kerak.
160. Jo’natish oldidan tarkibga texnik xizmat ko’rsatgan vagon qarovchisi avtotirkama
qurilmalarining texnik holati va poezd tarkibida vagonlarning to’g’ri ulanganiga mas’ul
hisoblanadi.
Vagon qarovchilari bo’lmagan stansiyalarda
vagonlarni poezdga ulashda, shuningdek,
manyovr ishlarida, to’g’ri ulanishga manyovr rahbari javobgar hisoblanadi.
Lokomotiv mashinisti lokomotivning poezd birinchi vagoni bilan to’g’ri ulanishiga
javobgar hisoblanadi. Poezd lokomotivini tarkibdan ajratish va tarkibga ulash (chunochi, tormoz
rukavalarini
ajratish, birlashtirish va osib qo’yish, so’nggi kranlarni ochish va yopish) ishlari
lokomotiv brigada xodimlari tomonidan bajarilishi kerak.
Elektr isitish bilan jihozlangan yo’lovchi tarkibidan poezd lokomotivini ajratish poezd
elektrmexanigi tomonidan yuqori voltli vagonlararo elektr ulagichlar ajratilganidan so’ng
lokomotiv brigada tomonidan bajariladi. Isitish elektr zanjirlarini ajratish pantograf pastga
tushirilganidan keyin amalga oshiriladi.