31
8-bob. Inshoot va qurilmalarni ko’rikdan o’tkazish va ularni ta’mirlash
Inshoot va qurilmalarni ko’rikdan o’tkazish
131. Inshoot, qurilma va xizmat-texnika binolarini ko’rikdan o’tkazish bevosita ularga
xizmat ko’rsatuvchi xodimlar tomonidan, shuningdek, ushbu qurilma va inshootlar qarashli
bo’lgan stansiya, depo, distansiya yoki uchastka boshliqlari tomonidan tegishli nizom va
yo’riqnomalar bilan belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
Asosiy va qabul qilish-jo’natish yo’llaridagi strelka o’tkazgichlarini, bundan tashqari
kamida oyda bir marta stansiya boshlig’i yo’l ustasi va SSB elektrmexanigi bilan birga ko’rikdan
o’tkazishi kerak. Ko’rik natijalari va aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish uchun kerakli
choralar maxsus jurnalga yozib qo’yiladi va bu jurnalda nosozliklarni bartaraf etish va tuzilgan
chora-tadbirlarni bajarilish muddatlari ham ko’rsatiladi.
132. DATK boshqaruvi raisi, DATK Markaz, boshqarma, mintaqaviy temir yo’l uzellari,
korxonalari rahbarlari va tarmog korxonalar rahbarlari bo’linmalardagi xo’jaliklar ahvoli,
mehnat intizomiga rioya qilishni doimiy ravishda tekshirishlari va barcha inshoot va
qurilmalarning soz ahvolda saqlanishini, ish texnologiyasining bajarilishini harakat xavfsizligi va
mehnat muhofazasini kafolatlovchi zarur choralar ko’rishlari kerak.
(132 band birinch xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar
1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi).
Inshoot, qurilma va xizmat-texnika binolarini ko’rikdan o’tkazishni qamrab oluvchi
bunday tekshiruvlarni amalga oshirish tartibi va ularning davriyligi DATK boshqaruvi raisi
tomonidan o‘rnatiladi.
DATK boshqaruvi raisi yoki DATK boshqaruvi raisining birinchi o’rinbosari tomonidan
ko’rik yilda kamida ikki marta, mintaqaviy temir yo’l uzeli boshliq'i tomonidan - yilning har
choragida o’tkaziladi.
(132 band uchinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27
yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi).