28
stansiyalarda strelka ko’rsatkichlari, gidravlik kolonkalar va yo’lni berkitish
ko’rsatkichlari – stansiya boshliqlariga;
lokomotiv, vagon, yo’l va boshqa xo’jaliklarning signal moslamalari – tegishli
bo’linmalarning boshliqlariga.
Stansiya yo’llarida signal moslamalarining yoritish qurilmalarini elektr bilan ta’minlash
elektr ta’minoti distansiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
117. Signalizatsiya va aloqa distansiyasi xodimlari svetofor signallari va marshrut
ko’rsatkichlarining doimiy normal ko’rilishini ta’minlashi kerak.
Svetofor ko’rsatkichlarining ko’rinishi svetofor lampalarining har bir almashishidan
keyin elektrmexanik tomonidan yo’ldan tekshirilishi kerak.
Peregon va stansiyalarning asosiy yo’llaridagi signallarning ko’rinishi lokomotivdan,
katta mexanik tomonidan kamida oyda bir marta, signalizatsiya va aloqa distansiyasi boshlig’i
tomonidan kamida yil choragida bir marta tekshirilishi kerak.
Signalizatsiya va aloqa distansiyasi hamda lokomotiv depo boshliqlari yoki ularning
o’rinbosarlari kamida yil choragida bir marta avtomatik lokomotiv signalizatsiya va radio aloqa
ishini lokomotivdan turib tekshirishlari kerak.
Avtomatik lokomotiv signalizatsiya va poezd radio aloqasi faoliyati DATK signalizatsiya
va aloqa Markazi hamda lokomotivlardan foydalanish Boshqarmasi boshliqlari tomonidan
tasdiqlangan jadval bo’yicha natijalarni hujjatlashtirib, qayd qiluvchi vagon-laboratoriya
tomonidan davriy tekshirib turiladi.
Tekshirish natijalari signalizatsiya va aloqa hamda lokomotiv-lardan foydalanish
Boshqarmasi boshliqlari tomonidan ko’rib chiqiladi.
118. Yo’l, SSB, elektrta’minoti qurilmalari va harakat tarkibi, elektr rels zanjirining
doimiy ishonchli faoliyatini ta’minlashi kerak.
Elektr rels zanjirlarining to’xtovsiz ishlashini ta’minlovchi yo’l, SSB, elektr ta’minoti
qurilmalari va harakat tarkibini saqlash me’yorlari va ularga texnik xizmat ko’rsatish tartibi
DATK signalizatsiya va aloqa Markazi tomonidan o‘rnatiladi.
119. SSB va aloqa qurilmalaridan foydalanuvchi xodimlar, ulardan foydalanish tartibiga
o’qitilishi va bilimlari tekshirilishi kerak.
Signalizatsiya va aloqa distansiyasi boshlig’i, SSB va aloqa qurilmalaridan foydalanuvchi
boshqa xizmat xodimlarini o’qitishni ta’minlaydi.
Ushbu qurilmalarni bilishini davriy tekshirish va o’qitish uchun, har bir boshliq o’z qo’l
ostidagilar uchun mas’uldir.