23
ta’minlashi kerak, bunda har bir tormozlash vaziyatida tormoz vositalarining quvvati ushbu
tezlikni amalga oshirishni va vagonlarni xavfsiz saralashni ta’minlashi kerak.
Mexanizatsiyalashtirilgan saralash tepachalarida tarkiblarning saralash yo’llari bo’ylab
tarqatilishida qatnashayotgan strelka o’tkazgichlari, tepachaning elektr yoki tepachaning avtomat
markazlashuviga kiritilgan bo’lishi kerak.
Tepacha markazlashuvi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
strelkalarni
individual boshqarishni;
tarkibning tarqatilishi amalga oshiriladigan harakat yo’nalishidagi strelkalarning,
shuningdek harakat tarkibining tarqatish hududiga chiqishini istisno qiluvchi muhofaza
strelkalarining elektr tutashuvini;
boshqarish pultida strelkalar holati va strelka seksiyalari bandligini nazorat qilishni.
Tepacha markazlashuvi harakat tarkibining ostida strelkani o’tkazishga yo’l qo’ymasligi
kerak.
Strelkalarning tepacha
avtomatik markazlashuvi, bundan tashqari, quyidagilarni
ta’minlashi kerak:
dastur yoki marshrut ish tartibida ajratilgan vagonlarni tepachadan
tushirish jarayonida
saralash tepaligining tarqatuvchi hududi strelkalarini avtomatik boshqarish;
ostryak va ramali rels orasida o’tkazish vaqtida to’siq paydo bo’lib qolsa, ajratilgan
vagon izolyasiyalangan seksiyaga kirmasidan avval strelkani nazorat holatiga avtomatik ravishda
qaytarish;
tarqatish jarayonida strelkalarni individual boshqarishga o’tkazish imkoniyati.
Avtomatlashtirilgan saralash tepacha qurilmalari tepacha
avtomat markazlashuviga ega
bo’lgan mexanizatsiyalashtirilgan tepachalarga qo’yilgan talablar bilan bir qatorda quyidagilarni
ta’minlashi kerak:
tarkiblarni yaqinlashtirish va tarqatishni nazorat qilish va boshqarish;
ajratilgan vagonlarni tepachadan tushirish tezligini avtomatik tartibga solish;
tarkibni tarqatish
natijalarining nazorati;
saralash stansiyasining axborot-reja tizimi bilan axborot almashish.