O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/83
Sana01.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#109087
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83
Bog'liq
PTE uz

3 BO'LIM. HARAKAT TARKIBI 
 
9-bob. Umumiy talablar 
141. Harakat tarkibi o’z vaqtida ta’mirlashning rejaviy-ogohlantirish turlaridan, 
texnik xizmatlardan o’tishi va uning to’xtovsiz ishlashini, harakat xavfsizligi, mehnat 
muhofazasi talablarini bajarishni ta’minlovchi foydalanishdagi soz holatda saqlanishi 
kerak. 
Harakat tarkibida nosozliklar paydo bo’lishining oldini olish va uning xizmat qilish 
muddatlarini ta’minlash, harakat tarkibiga xizmat ko’rsatuvchi va ta’mirlovchi shaxslar 
ishida asosiy vazifa bo’lishi kerak. SMV aravachalaridagi yo’lovchi vagonlar peozdlarda ko’pi 
bilan 120 km/soat tezlikda harakat qilishi mumkin. 
Yo’lovchi poezdlarda 140 km/soat dan ortiq tezlik bilan harakatlanuvchi harakat 
tarkibiga bo’lgan qo’shimcha talablar DATK ning tegishli yo’riqnomasi bilan o‘rnatiladi. 
142. Yangi qurilayotgan harakat tarkibining turlari va asosiy tavsiflari DATK tomonidan 
belgilangan tartibda tasdiqlanadi. 
YAngi qurilayotgan harakat tarkibi uchun texnik vazifa ijrochi tomonidan DATK bilan, 
uzel va detallarning chizmalari hamda texnik shartlari – DATK tegishli soha xo’jaliklari bilan 
kelishilgan holda tasdiqlanadi. 
143. Mustahkamlik, barqarorlik va texnik holati bo’yicha barcha elementlar DATK 
tomonidan belgilangan eng katta tezliklarda poezdlarning silliq va xavfsiz harakatini ta’minlashi 
kerak. 
Yangi qurilayotgan vagonlar, tegishli toifadagi poezdlarga xizmat ko’rsatish uchun 
mo’ljallangan eng katta konstruksion tezlikka ega istiqbolli lokomotivlarning ko’zda tutilgan 
silliq va xavfsiz harakatlanishini ta’minlashi kerak. 
O’tish maydonchalari bo’lmagan vagonlar maxsus zinacha va tutqichlarga ega bo’lishi 
kerak. 
144. Foydalanishga tushirilgan harakat tarkibining asosiy uzellari konstruksiyasiga 
o’zgartirishlar kiritish DATK tegishli Markaz, boshqarma va korxonalari ruxsati bilan amalga 
oshiriladi. 
145. Harakat tarkibi O’zbekiston Respublikasi Davlat standarti belgilagan va 
Davlatlararo texnik qo’mita bilan belgilangan tartibda kelishilgan harakat tarkibi gabaritlari 
talablariga javob berishi kerak. 


34 
146. Yangi qurilgan, shuningdek, tub ta’mirdan o’tgan harakat tarkibi, temir yo’lga 
topshirilishdan avval, DATK belgilagan tartibda sinovdan o’tishi va etkazib beruvchi zavoddan 
qabul qilinib olinishi kerak. 
147. Harakat tarkibining har bir birligi quyidagi aniq farqlash belgi va yozuvlarga ega 
bo’lishi kerak: Davlat gerbi (lokomotiv va yo’lovchi vagonlarda, yuk vagonlarida «DATK» 
belgisi), kompaniya initsiallari (vagonlardan tashqari), nomer (yo’lovchi vagonlar uchun vagon 
biriktirilgan yo’lning kodini o’z ichiga oladi), qurilgan vaqti va joyi ko’rsatilgan ishlab 
chiqaruvchi zavod yozuvi, belgilangan ta’mir turlari amalga oshirilgan joy va sana, tara og’irligi 
(lokomotivlardan tashqari). Bundan tashqari, quyidagi yozuvlar bo’lishi kerak: lokomotiv va 
motorvagon harakat tarkiblarida – konstruksion tezligi, seriyasi, u biriktirilgan depo nomi, 
rezervuar, nazorat moslamalari va qozonlarning tekshirib ko’rilgani xaqida yozuvlar: yo’lovchi 
vagonlar va motorvagon harakat tarkibida – joylar soni; yuk vagonlarida – yuk ko’tarish 
qobiliyati. 
Harakat tarkibida boshqa yozuvlar va belgilar DATK tomonidan belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi. 
148. Har bir lokomotiv, vagon va motorvagon hamda o’ziyurar harakat tarkibi birligi 
uchun muhim texnik va foydalanish tavsiflarini o’z ichiga olgan texnik pasportlar yuritilishi 
kerak. 
149. Lokomotiv va motorvagon harakat tarkibi radiostansiya, DATK tomonidan 
belgilangan ko’rsatmalarni qayd qiluvchi tezlik o’lchagich, avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi, 
shuningdek DATK tomonidan belgilangan tartib va ro’yxatga binoan boshqa xavfsizlik 
qurilmalari bilan jihozlanishi kerak. 
Yo’lovchi lokomotivlar elektr pnevmatik tormozni boshqarish qurilmalari bilan, yuk 
poezdlari lokomotivlari esa tormoz magistrali butligi nazorati qurilmasi bilan jihozlanishi kerak. 
Bir mashinist bilan boshqarilganda poezd lokomotivlari DATK tomonidan tasdiqlangan 
quyidagi vosita va qurilmalar bilan jihozlanishi kerak: 
poezd tormozlanishini avtomatik boshqaruv tizimi yoki xavfsizlik lokomotiv kompleks 
qurilmasi bilan, shuningdek, mashinist hushyorligini nazorati tizimi bilan jihozlanishi kerak; 
orqa ko’rinish oynaklari bilan; 
teplovozlar – o’t o’chirish tizimi bilan; 
tormoz blokirovkasi bilan. 
Motorvagon poezdlari o’tish svetoforlari, pereezd va stansiyalarga yaqinlashganda nutq 
axboroti tizimi va harakat tezligini nazorat qilishni ta’minlovchi avtomatik yurish tizimi bilan, 
«yo’lovchi-mashinist» aloqasi, eshiklar berkilishi nazorati signalizatsiyasi, o’t o’chirish 
avtomatik signalizatsiyasi bilan jihozlanadi. 
Manyovr lokomotivlari mashinist kabinasidan vagonlarni ajratuvchi qurilmalar bilan, bir 
mashinist xizmat ko’rsatadigan lokomotivlar esa, bundan tashqari ikkinchi boshqaruv pulti, orqa 
ko’rinish oynaklari va mashinistning lokomotivni boshqarish qobiliyatini to’satdan yo’qotgan 
vaqtida avtomatik to’xtash qurilmalari bilan jihozlanishi kerak. 
150. Maxsus harakat tarkibi va olib qo’yiladigan qo’zg’aluvchan birliklarga bo’lgan 
texnik talablar, shuningdek, ularga texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash va foydalanish tartiblari 
DATK tomonidan o‘rnatiladi. 
151. Kompaniya yo’llariga chiquvchi boshqa muassasa, korxona va tashkilotlarga tegishli 
lokomotiv va vagonlar ushbu Qoidalar talablariga muvofiq bo’lishi kerak. Bunday harakat 
tarkibining kompaniya yo’llaridagi harakatlanish tartibi DATK tomonidan o‘rnatiladi. 
(151 band "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2012 yil 30 mart 70 son buyrug'iga 
muvofiq o'zgartirildi). 

Download 0,79 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish