30
126. Kontakt tarmoq qismlaridan 5 m dan kam masofada joylashgan kuchlanish ostida
kontakt tarmoq elementlari mahkamlanadigan barcha metall inshootlar (ko’priklar, ko’prik
yo’llar, tayanchlar), temir beton tayanchlar, temir beton va metall bo’lmagan sun’iy
qurilmalardagi kontakt tarmoqning mahkamlanish moslamalari, shuningdek, alohida turuvchi
metall tuzilmalar (gidrokolonkalar, svetoforlar, ko’prik va ko’prik yo’llar elementlari va
boshqalar) erga ulangan bo’lishi yoki inshoot va konstruksiyalarga yuqori kuchlanishning tushib
qolishida muhofazalovchi o’chirish qurilmalari bilan jihozlanishi kerak.
Xavfli kuchlanishlar paydo bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgaruvchan tok kontakt tarmog’i
hududida joylashgan barcha metall inshootlar erga ulanishi kerak.
Elektrlashtirilgan yo’llar ustida joylashgan ko’prik yo’llar va piyodalar ko’prigida
kuchlanish ostidagi tarmoq qismlaridan to’sib qo’yish uchun, odamlar o’tadigan joyda muhofaza
shitlari va to’shamalar bo’lishi kerak.
127. 1000 V dan yuqori bo’lgan kuchlanishli kontakt tarmog’i, avtoblokirovka va
bo’ylama elektr ta’minlash liniyalari, havo oraliqlari (izolyasiyalovchi tutashma), neytral
qo’yma, seksiya va buralib kiruvchi izolyatorlar, ajratuvchilar yordamida alohida uchastkalar
(seksiyalar) ga ajratilishi kerak.
Havo oraliqlari chegaralarida o’rnatilgan kontakt tarmoq tayanchlari va shitlar ajralib
turuvchi rangda bo’yalishi kerak. Bu shitlar yoki tayanchlar orasida, tok qabul qilgichi
ko’tarilgan elektr harakat tarkibining to’xtashi man etiladi.
128. Kontakt tarmog’i, avtoblokirovka va bo’ylama elektr ta’minot liniyalarini ta’minlash
va qismlarga bo’linish sxemasi DATK boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Sxemalardan nusxalar stansiyaning texnika-boshqaruv aktlariga qo’shib qo’yiladi.
129. Elektrdepo va anjomlash (экипировка) qurilmalarining, shuningdek, elektr harakat
tarkibining tomidagi qurilmalari ko’rikdan o’tkaziladigan yo’llarning kontakt tarmoq
ajratgichlarini yoqish yoki o’chirish lokomotiv depo xodimlari tomonidan bajariladi. Boshqa
ajratgichlarni yoqish yoki o’chirish energodispetcher qarori bilangina amalga oshiriladi.
Qo’l bilan boshqariladigan ajratgichlarning ajratish uskunalari qulflangan bo’lishi kerak.
Avtoblokirovka va bo’ylama elektrta’minoti liniyalarining ajratgichlari va o’chirish
asboblarini, shuningdek, kontakt tarmog’i ajratgichlarini o’chirib, yoqish, elektr ta’minotining
to’xtovsizligini va ishlab chiqarishning xavfsizligini ta’minlovchi ajratgichlarning qulflangan
ajratish uskunalari kalitlarini saqlash tartibi DATK elektr ta’minoti Markazi boshlig’i tomonidan
o‘rnatiladi.
Ajratgichlarni va o’chirish asboblarini o’chirib, yoqish energodispetcher buyrug’i bilan
maxsus o’qishdan o’tgan boshqa xizmat xodimlari tomonidan bajariladi.
130. 1000 V dan yuqori bo’lgan havo elektr uzatish liniyalari simlarning pastki
nuqtasidan to er sathigacha maksimal osma (proves) o’qida masofa quyidagicha bo’lishi kerak:
peregonlarda kamida 6,0 m
shu jumladan, qiyin o’tish joylarida kamida 5,0 m
avtomobil yo’llari bilan kesishuvlarda,
stansiyalar va aholi punktlarida kamida 7,0 m
Temir yo’llarning kesishuv joylarida 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr uzatish
liniyalari havo simlarining pastki nuqtasidan to elektrlashtirilmagan yo’llar rels kallaklarining
ustki sathigacha bo’lgan masofa kamida 7,5 m bo’lishi kerak.
Elektrlashtirilgan liniyalarda kontakt tarmoq simlarigacha bo’lgan bu masofa Elektr
uskuna qurilmalari qoidalari va temir yo’l texnik sharoitlarga binoan kesishuv liniyalarida
kuchlanish darajasiga ko’ra belgilanishi kerak.