32
134. Saralash tepachalarining mexanizatsiya va avtomatizatsiya qurilmalari, yo’llar,
tepachalardagi boshqa inshoot va qurilmalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish uchun
DATK boshqaruvi raisi tomonidan ko’zda tutilgan tartibga ko’ra 0,7-1,5 soatli texnololgik
«okno»lar berilishi kerak.
135. Peregon va stansiyada harakat uchun har qanday to’siq (to’xtashni talab qiladigan
joy), shuningdek, tezlikni kamaytirish yoki to’xtashni talab qiladigan harakat uchun xavfli
bo’lgan ish bajarish joyi, poezd (manyovr tarkib) kelish-kelmasligidan qat’iy nazar ikki tarafdan
signallar bilan to’silishi kerak.
Quyidagilar man etiladi:
harakat
uchun xavfli, ishlarni amalga oshirish joyi yoki to’siqning signallar bilan
ajratilishidan avval ishga kirishish;
to’siq bartaraf etilmasdan, ishlar to’liq bajarilmasdan, yo’l, kontakt tarmog’i holati va
gabaritlarga rioya qilish tekshirilmasdan avval to’siqni yoki ishlar amalga oshirish joyini
to’suvchi signallarni olib tashlash.
To’siqlarni va ishlarni amalga oshirish joylarini to’sish tartibi O’zbekiston Respublikasi
temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha Yo’riqnoma bilan o‘rnatiladi.
136. Yo’llarda ishlarni amalga oshirish joyini to’suvchi ko’chma signallarni o’rnatish va
ularni muhofaza qilish uchun ishlar rahbari brigada xodimlari ichidan tegishli sinovlardan o’tgan
signalchilarni ajratadi. Signalchilar temir yo’l transportining boshqa
xodimlari uchun qabul
qilingan bosh kiyimlaridan o’zgacha bo’lgan bosh kiyimlariga ega bo’lishi kerak.
Yo’lda yoyilib ish bajarayotganda, shuningdek, kichik radiusli egri uchastkalarda,
o’ymalar va signallar qiyin ko’riniadigan joylarda, poezdlar tig’iz harakatlanuvchi uchastkalarda
ishlar rahbari ish joyini chegaralovchi signallar oldidagi xodim bilan (telefon yoki radio) aloqani
o’rnatishi kerak. Signalchilar va ishlar rahbarlari UQT-diapozonli radiostansiyalarni olib yurishi
kerak. Ishlarni amalga oshirish joylarini aloqa bilan ta’minlash tartibi DATK boshqaruvi raisi
tomonidan o‘rnatiladi.
137. Stansiya yo’llarida, to’xtash yoki tezlikni kamaytirish signallari bilan to’sib
qo’yishni talab qiladigan ishlarni, stansiya navbatchisi ruxsatisiz va yo’llar, strelka
o’tkazgichlari, SSB, aloqa va kontakt tarmoqlarini ko’rikdan o’tkazish
Jurnalida ishlar rahbari
tomonidan oldindan qayd qilinmasdan amalga oshirilishi man etiladi. Markazlashtirilgan
dispetcherlik uchastkalarida bunday ishlar ko’rsatilgan tartibda, lekin faqat poezd
dispetcherining ruxsati bilan bajarilishi kerak. Yo’l va sun’iy inshootlarning butligiga zarar
etkazmasdan kuchlanishi o’chirilgan holda kontakt tarmog’ida bunday ishlarni bajarishda,
shuningdek, to’satdan paydo bo’lgan nosozliklarni yo’qotish bo’yicha ishlarni bajarishda ishning
boshlanishi yoki tamomlanishi xaqidagi yozuv ish jurnalida qayd qilinuvchi ishlar rahbari
tomonidan stansiya bo’yicha (markazlashtirilgan dispetcherlik
uchaskalarida poezd
dispetcheriga) uzatiladigan telefonogramma bilan o’zgartirilishi mumkin.
Ish tamom bo’lganidan keyin qurilmalarni ishga tushirish stansiya navbatchisi tomonidan
yo’l, strelka o’tkazgichlari, SSB, aloqa va kontakt tarmoq qurilmalarining ko’rik Jurnalidagi
ishlar rahbarining yozuvi asosida yoki shu jurnalda qayd qilinadigan (keyinchalik ishlar
rahbarining shaxsiy imzosi bilan tasdiqlanadigan) stansiya navbatchisiga uzatiladigan
telefonogramma asosida amalga oshiriladi.
138. Ishlarni bajarish uchun bir yo’lli uchastkalarda peregonni va ikki yo’lli
uchastkalarda bir yoki bir nechta yo’llarni yopish, agar bu qo’shni temir yo’llar bilan belgilangan
harakat o’lchamlarining o’zgarishiga olib kelmasa, DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi
boshlig’i bilan kelishilgan holda DATK YADM ruxsati bilan amalga oshiriladi. Agar yo’llarni
yopish qo’shni temir yo’llar bilan belgilangan harakat o’lchamlarini o’zgartirishga olib kelsa, bu
qo’shni temir yo’l rahbariyati bilan kelishilgan holda DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan
bajariladi.
Poezdlarning kompaniya boshqa uchastkalari bo’ylab aylanma
yo’llardan
harakatlanishiga olib keladigan peregon va yo’llarni yopish
DATK ruxsati bilan amalga
oshiriladi.
33
139. Bir yo’lli uchastkalarda peregonning, ikki yo’lli va ko’p yo’lli uchastkalarda bir yoki
bir nechta yo’lning yopilishi xaqida DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i kamida bir kun
oldin tegishli ishlar rahbarlarini ogohlantiradi.
(139 band birinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27
yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi).
Peregon va yo’lning ochilishi va yopilishi, ishlarning boshlanishidan avval va tamom
bo’lgandan keyin, poezd dispetcherining buyrug’i bilan amalga oshiriladi.
Ishlar rahbari peregon va yo’llarning yopilgani va ish joyining signallar bilan to’silgani
xaqida poezd dispetcherining (bildirishnoma, telefonogramma yoki telegramma shaklidagi)
buyrug’ini olmasdan avval ishga kirishishi taqiqlanadi.
140. Ishlarni qaysi tashkilot bajarganidan qat’iy nazar, yo’l ishlari yoki sun’iy
qurilmalardagi ishlarning tugagani, poezdlarning to’xtovsiz va xavfsiz harakatlanishi uchun
to’siqlar bartaraf etilgani xaqida yo’l distansiyasi boshlig’i
yoki u vakil qilgan, lavozimi yo’l
ustasinikidan kichik bo’lmagan xodimning yozma bildirishnomasi, telefonogramma yoki
telegrammasi olinganidan keyin, peregon yoki yo’llarning ochilishi amalga oshiriladi.
Amaldagi SSB va aloqa qurilmalarinig faoliyatini tiklash, SSB va aloqa katta
elektrmexanigidan, elekt ta’minoti qurilmalari uchun esa energodispetcherdan bildirishnoma
olinganidan so’ng amalga oshiriladi.