O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/83
Sana01.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#109087
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83
Bog'liq
PTE uz

10-bob. G’ildirak juftliklari
152. Har bir g’ildirak juftligi Harakat tarkibining g’ildirak juftliklarini ko’rikdan 
o’tkazish, ularni tekshirish, ta’mirlash va tuzish yo’riqnomasi belgilangan talablarga javob 


35 
berishi hamda o’qida g’ildirak juftligi tuzilgan va to’liq tekshirilgan joyi, vaqti xaqida aniq 
belgilar, shuningdek, tuzilish vaqtida uni qabul qilish xaqida tamg’aga ega bo’lishi kerak. 
Belgi va tamg’alar belgi markirovka qoidalarida ko’zda tutilgan joylarga qo’yiladi. 
G’ildirak juftliklari belgilangan tartibda harakat tarkibi ostida ko’rikdan o’tishi, oddiy va 
to’liq tekshirishdan o’tishi, qo’yilayotgan vaqtda esa tegishli jurnal va pasportlarda qayd qilinishi 
kerak. 
153. Yuklanmagan g’ildirak juftliklarida g’ildiraklarning ichki chegaralari orasidagi 
masofa 1440 mm bo’lishi kerak. 120 km/soat dan 140 km/soat gacha tezlikda harakatlanuvchi 
poezdlarning lokomotiv va vagonlarda bu masofadan chetga chiqishlar ko’payish tomoniga 3 
mm dan oshib ketmasligi, kamayish tomoniga 1 mm dan oshib ketmasligi kerak. 120 km/soat 
gacha tezlikda ko’payish va kamayish tomonga chetga chiqishlar 3 mm dan oshmasligi kerak.
154. G’ildirak juftligi o’qining biron-bir qismida yoki g’ildirak aylanasi, diski va 
stupitsasida darzi bo’lgan, g’ildirak juftligi grebenida uchli nakat mavjud bo’lgan harakat 
tarkibining foydalanishga topshirilishi va poezdlarda harakatlanishi taqiqlanadi. Shuningdek, 
harakat tarkibi bilan yo’lning o’zaro normal munosabatini buzuvchi g’ildirak juftliklarining 
quyidagi edirilishi va nosozliklarida harakatlanish man etiladi: 
a) 120 km/soat dan 140 km/soat gacha bo’lgan harakat tezliklarida: 
lokomotiv, motorvagon harakat tarkibi, yo’lovchi vagonlarida g’ildirash aylanasi bo’ylab 
prokat 5 mm dan ko’p bo’lsa; 
lokomotivlarda balandligi 30 mm bo’lgan greben cho’qqisidan 20 mm masofada 
o’lchanadigan, harakat tarkibida esa 28 mm balandlikdagi greben cho’qqisidan 18 mm masofada 
o’lchanadigan grebenning kengligi 33 mm dan katta va 28 mm dan kichik bo’lganida;
b) 120 km/soat gacha bo’lgan harakat tezligida: 
lokomotivlarda, shuningdek, motorvagon harakat tarkibi va uzoq masofalarga qatnovchi 
poezdlarning yo’lovchi vagonlarida g’ildirash aylanasi bo’ylab prokat 7 mm dan ko’p bo’lsa, 
mahalliy va shahar tashqarisiga qatnovchi poezdlarning motorvagon harakat tarkibi va yo’lovchi 
vagonlarda 8 mm dan ko’p bo’lsa, refrejerator va yuk vagonlarida 9 mm dan ko’p bo’lsa; 
lokomotivlarda balandligi 30 mm bo’lgan greben cho’qqisidan 20 mm masofada 
o’lchanganida, harakat tarkibida esa 28 mm balandlikdagi greben cho’qqisidan 18 mm masofada 
o’lchanganida greben kengligi 33 mm dan katta va 25 mm dan kichik bo’lganida;
v) maxsus shablon bilan o’lchananadigan 18 mm dan baland bo’lgan grebenning vertikal 
kesimi; 
g) lokomotiv, motorvagon harakat tarkibi va rolik buksa podshipnikli vagonlarda 
g’ildirash yuzasidagi polzun 1 mm dan oshsa, sirpanish podshipnikli vagon va tenderlarda 2 mm 
dan ko’p bo’lsa. 
Motorvagon harakat tarkibining motor vagonidan yoki rolik buksa podshipnikli 
tenderdan tashqari, yo’nalish bo’ylab ketayotgan vagonda 1 mm dan katta, lekin 2 mm dan 
kichik chuqurlikdagi polzun aniqlanganida, bunday vagon (tender)ni poezddan ajratmagan holda 
(yo’lovchi poezdi - 100 km/soat dan, yuk poezdi - 70 km/soat dan oshmagan tezlik bilan) 
g’ildirak juftlarini almashtirish uchun vositalari bo’lgan eng yaqin texnik xizmat ko’rsatish 
punktiga olib borish mumkin. 
Motorvagon harakat tarkibining motor vagonidan tashqari, vagonlarda polzunning 
kattaligi 2 dan 6 mm gacha, lokomotiv va motorvagon harakat tarkibining motor vagonida 1 dan 
2 mm gacha bo’lganida eng yaqin stansiyagacha 15 km/soat tezlik bilan harakatlanishga ruxsat 
beriladi. Agar polzun, motorvagon harakat tarkibining motor vagonidan tashqari, vagonlarda 6 
dan 12 mm gacha, lokomotiv va motorvagon harakat tarkibining motor vagonida 2 dan 4 mm 
gacha bo’lsa, 10 km/soat tezlik bilan harakatlanishga ruxsat beriladi. Eng yaqin stansiyada 
g’ildirak jufti almashtirilishi kerak. Vagon va tenderda polzun 12 mm dan, motorvagon harakat 
tarkibining motor vagonida va lokomotivlarda 4 mm dan oshsa, g’ildirak juftini osib qo’yib yoki 
aylantirish imkoniyatisiz sharti bilan 10 km/soat tezlikda harakatlanishiga ruxsat beriladi. 
Bunda lokomotiv poezddan ajartilgan bo’lishi, ishdan chiqqan g’ildirak juftligining 
tormoz silindlari va tortish elektr dvigateli (elektr dvigatellar guruhi) o’chirilgan bo’lishi kerak. 


36 
Yuk vagonlarining yo’lovchi poezdlarga ulanishida g’ildirak jufti me’yorlari yo’lovchi 
poezdlar uchun belgilangan me’yor talablariga javob berishi kerak. 

Download 0,79 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish