24
holatni oldini olish uchun betondagi sement sarfini (5-10% ga) oshirishga to’g’ri
keladi yoki plastiklashtiruvchi qo’shilma kiritiladi.
Putstsolan portlandtsement gidravlik qo’shimcha aralashtirilmagan sementga
nisbatan suv bilan aralashtirilgandan so’ng birinchi
kunda va haftada sekinroq
qotadi. Suvda 6 oy qotgandan keyin bu sement (shu klinkerning o’zidan),
qo’shimchasiz sementning pishiqligiga еga bo’ladi. Putsolan sement oddiy
sementga nisbatan qotish jarayonida kam issiqlik chiqaradi. Bu еsa yaxlit
inshootlarni betonlashda qulaylik beradi, lekin qishki mavsumdagi beton ishlari
og’irlashadi, chunki sun’iy usul bilan beton isitilishi talab qilinadi. Putstsolan
portlandtsementni qotishida еrkin kal’tsiy gidrookisidi
aktiv kremnezem
qo’shimcha bilan qo’shiladi va suvda deyarli еrimaydigan kal’tsiy gidrosilikatni
hosil qiladi, dengiz va boshqa mineral suvlarda parchalanmaydi. Yuqori darajada
fizik-kimyoviy ta’sirga chidamli va nam sharoitda qotadigan betonda, masalan
gidrotexnik
inshootlarning ichki, er osti, suvosti qismlarini qurishda, dengiz va
chuchuk suvda (tulqinqaytarich, qirg’oq, dok, to’g’on, shlyuzlar va boshqalar),
kanalizatsiya va vodoprovod inshootlarida, tunnel va boshqa erosti qurilish
inshootlarida, shaxta yo’laklarida putsolan portlandtsementni qo’llash samaralidir.
Bunday sementni erusti temir-beton inshootlarida qo’llash
noqulayliklar
keltirib chiqadi, ya’ni tez qurishi sementning qotishini to’xtatib qo’yadi va kuchli
kirishishni keltiradi. Bu sementni o’zgaruvchan, ya’ni nam tortishi va qurishi,
muzlashi va еrishi mumkin bo’lgan keskin sharoitda qo’llash tavsiya еtilmaydi.
Tayyorlovchi zavod mahsulotni olingan vaqtdan boshlab sementni standart
talablariga mosligiga va ortilgandan keyin bir oydan ortiq bo’lmagan muddatga
kafolat beradi. Mahsulot pasportida sement turi, markasi
va tayyorlovchi zavod
nomidan tashqari, sement hamirining normal quyuqligi va 2+3+6+4 s rejimda
bug’latilganda sementning o’rtacha aktivligi 85+5 C
0
haroratda izotermik qizitish
va tayyorlagandan bir kecha-kunduzdan keyin sinalganligi ko’rsatiladi. UzRST
talablariga javob beradigan sementlarni mustahkamlik
xossalari yuqori
turg’unlikka еga bo’lishi, aktivlikni variatsiya koеffitsiyentini miqdori sement
markasiga qarab 3-5% dan oshmasligi kerak. Bu sementlarda ―YOlg’on
25
tishlashish‖ga yo’l qo’yilmaydi, ortilayotgan vaqtda sement darajasi 95
o
Sdan
oshmasligi kerak. SPTS va KSPTS larda ishqorlar miqdori 1% dan bo’lishi kerak.
S