Gidrofob portlandtsement – portlandtsement klinkerbni sirt-aktiv
gidrofoblovchi (suv yuqtirmaydigan) qo’shimcha bilan mayin yanchilgan
mahsulotdir. Qo’shimcha sifatida milonaft yoki asidol, ya’ni neft’ mahsulotlari
sement massasiga nisbatan 0, 1-0, 15% miqdorda olinadi. Gidrofob sementi,
boshqa oddiy sementdan farqli, quyidagi xususiyatlarga еga: nam tortishi past,
uzoq muddatga saqlanganda va xatto nam havoda ortilganda ham aktivligini
yo’qotmay sochiluvchan holatda qoladi; yuqori plastiklikka (plastiklashtirilgan
sementdan kam bo’lsada) еga; suv shimish va suv o’tkazish darajasi past va
betonda sovuqqa chidamligigi yuqori. Gidrofob sementi ham oddiy
portlandtsement markalari kabi markalarga еga.
Sirt-aktiv qo’shimchali sementlar boshlang’ich davrda bir qancha sekinroq
qotish tezligiga еga bo’lib, shunga ko’ra kamroq issiqlik ajratib chiqaradi. Bu
sementlar alohida maxsus sharoitlarda, ya’ni gidrotexnik inshootlarini qurishda va
monolit temir-beton konstruktsiyalarini ko’tarishda ishlatiladi, bunda betonning
suv o’tkazmasligi va issiqlik ajratib chiqarishi muhim ahamiyatga еga.
Sul’fatga chidamli sementlar – alohida guruhga ajratilgan va ularga
UzRST talablari kuyilgan (2. 1 jadvalga qar. ). Sul’fatga chidamli portlandtsement
(SPTS) 400 marka bilan ishlab chiqariladi. Sementning sul’fatga chidamliligi
mineralogik tarkibini me’yorida bo’lishi bilan ta’minlanadi, qaysiki sul’fat
agressiyasiga chidamsiz minerallarning miqdori tarkibda kamaytiriladi. Bu sement
tarkibida: C
3
S>50%,C
3
A<5%, C
3
A+C
4
AF<22%. Qo’shimchali sul’fatga chidamli
portlandtsement (KSPTS) maxsus tarkibdagi portlandtsement klinkerini (C
3
A<5%,
C
3
A+C
3
AF<22%) va mayin yanchilgan aktiv mineral qo’shimcha bilan birga tuyib
olinadi. Qo’shimcha sifatida trepel, opok, diatomit (5-10%) yoki granullangan
domna shlaki (10-20) ishlatiladi. Qo’shilma C
3
S gidrotatsiyasida ajraladigan
23
kal’tsiy gidrooksidini bog’laydi, bu еsa sementning sul’fatga chidamliligini
oshiradi. Bunday holatda tarkibida juda ko’p C
3
S bo’lgan klinkerni qo’llash
mumkin bo’ladi, qo’shimchali sul’fatga chidamli sementlar еsa 500 va 400
markaga еgadir.