28
pemzalar,
kvarts qumi, gips toshi) qo’shish mumkin. Sifati bo’yicha tarkibidagi
aktiv CaO va MgO larni miqdoriga qarab ohak 3 navga (qo’shimchasiz, ohakda
ularning miqdori tegishli ravishda 90, 80, 70% ga teng kelishi kerak, qo’shimchali
I va II naviga ohaklarda tegishli ravishda 64, 52% bo’linadi). So’nish
tezligiga
qarab tez so’nadigan ohak (so’nish tezligi 20 min. gacha) va sekin so’nadigan
ohakka (so’nish tezligi 20 min dan qo’proq) ajratiladi.
Havoda qotadigan ohakli qorishma va betonlarning mustahkamligi katta
еmas, 28 kunda 0, 5-3 MPa ni tashkil еtadi. Material
mustahkamligi avtoklav
ishlov berishda (175
0
C harorat va 0, 8 MPa bosimda) sezilarli darajada oshirilishi
mumkin, ohakning to’ldiruvchi kremnezemi bilan o’zaro ta’siri natijasida
mustahkam gidrosilikatlar hosil bo’ladi. Bu usul avtoklav
silikat betonni olish
uchun qo’l keladi, mustahkamligi 20-50 MPa ni tashkil еtadi (hatto bundan ham
yuqori bo’lishi mumkin), shuningdek serg’ovak betonni ishlab chiqishda qo’llash
mumkin. Avtoklav silikat materiallarini olish uchun tarkibida magniy oksidi 5%
dan ko’p bo’lmagan tez so’nadigan ohakdan foydalaniladi.