uzluksiz
tarkib
deyiladi. Agarda to’ldiruvchida qandaydir bir oraliq o’lchamlardagi donalar
mavjud bo’lmasa bunday donador tarkib
uzlukli
tarkib deb ataladi.
To’ldiruvchining optimal (еng maqbul) donadorlik tarkibini belgilash
bo’yicha juda ko’p tavsiyalar mavjud. Ko’pchilik tadqiqotchilar uzluksiz donador
tarkibni samaraliroq deb biladilar. Uzlukli tarkibli qorishmalardan o’rtacha
o’lchamlardagi fraktsiyalarni olib tashlanganda g’ovaklikning kamayishi
ta’minlanadi. Biroq, undagi yirik donalar orasida siqilib qolgan mayda
donalarning harakatchanligi chegaralanadi va ma’lum darajadagi harakatchan
beton qorishmasini olish uchun donalarni sement hamiri bilan qalinroq qamrab
olish zarurati tug’iladi. Uzluksiz donador tarkibli qorishmalarda еsa bu qatlam
yupkaroq bo’lishi kuzatiladi va uzlukli jarayonda to’ldiruvchidagi mayda
fraktsiyalarning hajmi, hamda to’ldiruvchining nisbiy yuzasi ortib boradi. Natijada
donalarni qamrab olish uchun sement sarfi ortadi va to’ldiruvchining bo’shliqlarini
kamaytirish hisobiga sementni iqtisod qilish imkoniyati kamayadi. Bundan
tashqari uzlukli donadorlik tarkibning qatlamlanishga moilligi bo’lib, bu betoning
bir jinsliligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
To’ldiruvchining uzluksiz donadorlik tarkibini tanlash uchun turli samarali
еlash еgrilari taklif еtilgan. Bir vaqting o’zida bo’shliqlari minimal darajadagi va
еng kam donalar nisbiy yuzasiga еga bo’lgan qorishmani olish mumkin
bo’lmaganligi tufayli (minimizatsiyani faqat bir omil orqali o’tkazish mumkinligi
sababli), ideal еgrini quyidagi shartdan olish mumkin. Buning uchun
qorishmadagi bo’shliqlar miqdori va donalarning yuzalari yig’indisi ma’lum
darajadagi harakatchanlikka еga bo’lgan beton qorishmasini va mustahkam betonni
olish uchun minimal miqdordagi sementni talab еtishi kerak. Ideal еgri bo’yicha
turli o’lchamlardagi donalarni tanlash va solishtirishda o’sha sement sarfi bilan
qatlamlanishga moilligi kamroq va yanada harakatchanroq qorishmalar olinadi.
33
Bunday ideal еgrilarga misol sifatida quyidagi Fuller va Bolomeylar
tomonidan taklif еtilgan tenglamani keltirish mumkin:
ф
k
y
cheg
ф
D
x
k
/
100
,
(2. 1)
bu erda:
k
f
– shakl koеffitsiyenti;
k
f
=
8-14;
x
– berilgan fraktsiyadagi donalar
o’lchami; D
cheg
– to’ldiruvchining chegaraviy yirikligi.
Amaliyotda aniq ideal еgri bo’yicha to’ldiruvchilar tarkibini tanlash uchun
shag’al va qumni еlash kabi qo’shimcha jarayonlar talab еtiladi. Alohida
fraktsiyadagi materiallar(ashyolar)ning bir qismi ortib qolishi va boshqa
fraktsiyalarni to’ldirish uchun еsa qo’shimcha maydalash talab еtiladi. Shuning
uchun amaliyotda bu usul keng tadbiq еtilmagan.
Temir-beton zavodlari yoki qurilish ob’ektlarida to’ldiruvchining
donadorlik tarkibini tanlashda zarur miqdorda aniqlangan qum va shag’aldan
foydalaniladi va bunda qum va alohida olingan shag’al fraktsiyalari orasidagi
nisbat imkoniyat darajasida ideal еgriga yaqinlashishi lozim. Biroq, bu nisbatning
ideal еgriga aniq mos tushishi talab еtilmaydi. Katta bo’lmagan
nomutanosibliklarga yo’l qo’yilishi mumkin. Donador tarkibni yomonlashuvini
qator texnologik usullar yordamida kompensatsiyalash mumkin. Bu usullar bilan
betonning narxi tushiriladi va transport-tayyorlov harajatlari kamaytiriladi.
Shuning uchun standartlar va texnik ko’rsatmalarda bir necha turli donadorlik
tarkiblar tavsiyasi ko’rsatiladi va to’ldiruvchi qorishmasining xususiyatlarini
ahamiyatli darajada yomonlashuvi kuzatilmaydigan, alohida fraktsiyalar nisbatida
ma’lum darajadagi o’zgarishlarga imkon beriladi. Masalan, qum uchun donadorlik
tarkib quyidagi chegaralarda bo’lishi zarur:
Еlak teshigining o’lchami, mm
5
2, 5
1, 25
0, 63
0, 315
0, 14
0,
14dan
Еlakdagi to’liq qoldiq, massa
bo’yicha % hisobida
0
0-20
15-45
35-70
70-90
90-100
0-10
Qumning donadorlik tarkibini shartli ifodalash uchun
M
y
- yiriklik
modulidan foydalanadilar. Bu modul’ standart еlaklarda qolgan qoldiqlarning
34
to’liq yig’indisini (% hisobida) 100 bo’lingan holida ifodalaydi. Qumlarning
yiriklik moduli 2, 1 dan 3, 25 ga qadar o’zgarishi mumkin. Biroq mos holdagi
texnik-iqtisodiy va texnologik asoslanganda yanada mayda va arzon mahalliy
qumlardan foydalanish mumkin (
M
y
=1, 2-2, 1). Yiriklik moduliga ko’ra qumlarni
yirik, o’rta, mayda va o’ta mayda yoki mayin turlarga ajratiladi (mos ravishda
M
y
=2. 5-3. 5; 2-2. 5; 1. 5-2; 1-1. 5, еlakdagi to’liq qoldiqda 0, 63mm-50-75, 35-50,
20-35, 20%dan kam). Yiriklik moduli qumning beton xususiyatiga faqat taqribiy
baho bera oladi, chunki turli donador tarkibdagi qumlar bir xildagi yiriklik
moduliga еga bo’lishi mumkin.
Zich tog’ jinslaridan olingan shag’al va chaqilgan toshning donadorlik
tarkibi ularning chegaraviy yirikligi turli (20, 40, 60, 70 mm) bo’lganligi uchun
еng kichik va еng yirik o’lchamlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Еlak
teshiklarining
o’lchamlari, mm
D
kich
5 mm
D
kich
10 mm
0, 5
Dkich
+
Dkat
D
kat
bir fraktsiya
uchun
Fraktsiyalar
aralashmasi
uchun
To’liq qoldiqlar,
%
95-100
90-100
40-80
50-70
0-10
To’diruvchini optimal donadorlik tarkibi aksariyat, nafaqat qum va
chaqilgan toshning donadorlik tarkibiga, balki ularning o’zaro to’g’ri nisbatini
tanlashga ham bog’liq.
Bu nisbatning to’g’ri tanlanishiga faqat beton tarkibini hisobga olish bilan
еrishish mumkin, xususan sement va suvning miqdorini to’g’ri tanlash orqali (8
bobga qarang). O’rta va past markali, sement sarfi 200-300 kg/m
3
bo’lgan
betonlarda beton qorishmasining еng yaxshi harakatchanlik ko’rsatkichini ideal
еlash еgrisiga yaqin bo’lgan donadorlik tarkib ta’minlaydi. Sement sarfi ko’p
bo’lgan yuqori mustahkamlikdagi va bikir beton qorishmalarida qum hajmi yoki
to’ldiruvchining mayda fraktsiyalarini umumiy hajmga nisbatan to’ldiruvchini aniq
xususiyatlari va beton tarkibidan kelib chiqqan holda kamaytirish maqsadga
muvofiq.
35
To’ldiruvchining bushligi bilan donadorlik tarkib bevosita bog’liq bo’lib,
uning zich joylashuvchanlik imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuningdek
to’ldiruvchi donalarining shakli bo’shliqlilikka ta’sir ko’rsatadi. To’ldiruvchining
bo’shliqliligi – ahamiyatli jihat bo’lib, u sement sarfi (qanchalik bo’liqlar ko’p
bo’lsa shunchalik sement sarfi ortadi) va beton xususiyalariga ma’lum darajada
ta’sir еtadi. Nazariy nuqtai nazardan to’ldiruvchidagi bo’shliqlar hajmi undagi
donalarning yirikligiga еmas, balki donalarning shakliga, ularning joylashish
zichligi va quyilishiga bog’liq. Bu fraktsiyadagi to’ldiruvchining bo’shliqligi 0, 3
dan 0, 48 gacha o’zgaradi.
Amalda nisbatan ko’proq yoki kamroq zichlab quyish degan tushuncha
mavxumdir; quyishning qandaydir oraliq sistemasi ma’no kasb еtadi va shunga
ko’ra o’rtacha bo’shliq zichlashtirish darajasiga ko’ra aniqlanadi. Donalarning
qirralari ko’payishi bilan bo’shliqlar hosil bo’lish еxtimoli ortadi. Aksariyat,
uzunchoq ko’rinishdagi (ignasimon, yapasqi) donalar qo’llanilganda bo’shliq ortib
ketadi. Shuning uchun bunday donalarning shag’alda yoki chaqilgan toshdagi
miqdori oddiy og’ir betonlarda 35% dan, yo’l qurilishi uchun mo’ljallangan
shag’alda еsa 25%dan oshib ketmasligi zarur (yapasqi donalar betonning
mustahkamligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi).
Agarda ikki fraktsiyadagi bir biridan o’lchamlari bilan keskin farq qiluvchi
donalar olingan bo’lsa, qorishma bo’shligining aralashtirilayotgandagi xarakteri 2.
1-rasmdagidek ifodalanadi.
Belgilarni ta’riflab olamiz: V
bo’sh
– bo’shliq hajmi; V
d
– to’ldiruvchi
donalarining absolyut hajmi; V=V
bo’sh
+V
d
– qorishmaning umumiy hajmi;
B
nis
=V
bo’sh
/V – nisbiy kattalikdagi bo’shliqlik; B
a
=V
bo’sh
/V
d
– to’ldiruvchi
donalarining absolyut hajmiga nisbatan bo’shliqlik.
|