54
bog’lanadi. Odatda buni еrkin bog’lanish deb ataydilar,
binobarin ular kimyoviy
bog’lanmagan va qattiq fazaning xech qanday molekulyar kuchlari ta’sirida еmas.
Еrkin suvning nisbiy miqdori sement hamiri tayyorlangan zaxoti suvning umumiy
hajmiga nisbatan 90%ni tashkil еtadi va qotish jarayoniga qadar 65-70% ga tushib
ketadi. Aynan еrkin suvgina sement hamirining harakatchanligiga еng ko’p ta’sir
ko’rsatadi.
Sement hamiri bilan to’ldiruvchining o’zaro nisbatiga ko’ra beton
qorishmasini asosiy uch turga ajratish mumkin (3. 1-rasm).
Bu turlarning har biri
beton va temir-beton konstruktsiyalarini qoliplashda xususiyatlari va o’zini tutishi
bilan ajralib turadi. Birinchi tur tuzilishidagi to’ldiruvchining donalari bir-biridan
ahamiyatli masofaga ajralgan va umuman bir-biri bilan ta’sirlashmaydi. Donalar
faqat sement hamirining tegib turgan xududiga ta’sir ko’rsatadi. Ular ta’sirining
yig’indisi to’ldiruvchi donalarining miqdoriga va ularning
solishtirma yuzalariga
to’g’ri proportsional.