O`zbekiston Respublikasi




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/47
Sana25.05.2024
Hajmi1,42 Mb.
#253710
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi

1-guruh-gidrofil turidagi plastiklovchi qo’shimcha, sement hamirini kolloid 
tuzilishini dispergirlaydigan va beton hamirning oqishini yaxshilaydigan 
xususiyatga еga.
 2-guruh-gidrofoblaydigan 
(suv 
yuqtirmaydigan) 
qo’shimcha, 
beton 
qorishmasiga havoning mayda pufakchalarini so’radigan, shuningdek beton 
qorishmasining harakatchanligini yaxshilaydigan xususiyatga еga.

 
Gidrofob ko’shimchalarning sirt-faol malekulalari havo suv yuzasida 
shimilib suvni yuza tortilishini pasaytiradi va sement hamiridagi mayda havo 
pufakchalarni stabillashtiradi. 1-guruh qo’shimchalariga sul’fit-drojali brajkalar 
kiradi (SDB). Bu qo’shimcha asosan lignosul’fon kislotasini kal’tsiyli tuzidan 
iboratdir. Bu qo’shimchani suyuq holatda sellyulozani qayta ishlaganda hosil 
bo’ladigan sul’fitli ishqordan olinadi.
II-guruh qo’shimchalariga: natriy abetati abiyetin kislotasining natriy tuzi, 
kukun yoki kanifolni uyuvchi natriy bilan parchalab, neytrallab olinadigan 


48 
suyuklik; mыlonaft maz’ ko’rinishidagi sarg’ish-jigarrang rangdagi modda, natriy 
tuzining suvda еrimaydigan organik kislotasidir, neftni qayta ishlangandagi 
chiqindidan olinadi; asidol-neft kislotalari, neftni qayta ishlanganda olinadigan 
chiqindi.
SFM beton qorishmasini harakatganligini, uning bir turligi, qatlamga 
bo’linmasligi, nasos bilan chiqarilganda oquvchanligini oshiradi, vaqt davomida 
korishmani yaxshi joylashuvchanligini saqlaydi. Plastiklovchi qo’shimchalar suv 
sarfini qisqartishi hisobiga sement sarfini 8-12% ga kamaytiradi, yoki sement sarfi 
o’zgarmayganda suv sement nisbatini pasaytiradi va beton mustahkamligini, suv 
o’tkazmasligi va sovuqqa chidamliligini bir qancha oshiradi.
Oddiy betonlarda plastiklovchi sifatida SDB dan keng ko’lamda 
foydalilinadi. Bu qo’shimcha betonning boshlang’ich davrlarida qotishini 
sekinlatadi, shuning uchun yig’ma temir – beton ishlab chiqarishda SDB ni 
sementni qotishini tezlatuvchi qo’shimchalar bilan birga kushib qo’llaniladi. SDB 
sementda issiq ajralib chiqishini qotishnining birinchi kunlari bir qanchaga 
kamaytiradi, bu еsa yirik temir -beton inshootlarini qurishni osonlashtiradi. SDB 
asosan sement hamiriga ta’sir qiladi, shuning uchun uni sement sarfi anchagina 
ko’p bo’lgan betonlarda qo’llash samaralidir.
Havo tortadigan qo’shimchalardan asosan sovuqqa chidamlilik talab qilingan 
betonlarda, va qurilish qorishmalarida foydalaniladi. Beton qorishmaga havo 
tortish, uning mustahkamligini pasaytiradi. Tajriba ko’rsatkichlaridan ma’lumki, 
1% tortilgan havo betonning siqilishdagi mustahkamligini 3% kamaytiradi, 
shuning uchun, beton qorishmasiga plastiklash uchun ko’p miqdorda havo 
tortadigan qo’shilmani qo’shishning hojati yo’q. Tortilgan havoning miktori 
odatda 4-5% dan oshmaydi. Bu holatda betonning mustahkamligi deyarli 
pasaymaydi, chunki tortilgan havoni beton mustahkamligiga salbiy ta’siri 
qo’shimchani plastiklovchi samarasi hisobiga suv sement nisbatining kamayishi 
natijasida sement toshini mustahkamligini oshishi tufayli neytrallanadi. Havo 
tortadigan qo’shimcha betondagi g’ovak va kapillyarlarni gidrofoblaydi, havo 
pufakchalari еsa, suv muzlaganda betonda ichki katta kuchlanishning kelib 


49 
chiqishini oldini oluvchi rezerv sig’imdir. Natijada betonning suv o’tkazmaslik va 
sovuqqa chidamliliki xususiyati bir qancha oshadi. Havo tortuvchi qo’shimchalar 
sement sarfi kam bo’lgan betonlarda ancha samaralidir. Plastiklovchi gidrofob 
ko’shimchalarga kremniyorganik suyuqliklar tegishlidir: natriy metilsilikonat 
(GKJ-11), natriy еtilsilikonat (GJK-10) va еtilgidrosiloksanli suyuqlik (GKJ-94).
Ularni agressiv muhitda beton va pishiqligini betoni qorishmalarda uzoq muddatga 
chidamliligini, oshirish uchun, shuningdek serg’ovak betonlarning yuzasini 
gidrofoblovchi sifatida qo’llaniladi.
Keyingi 
vaqtlarda 
qurilishda 
yangi 
kimyoviy 
qo’shimchalar- 
superplatiklovchilar ishlab chiqilayapti va amalga oshirilmoqda. Bu qo’shimchalar 
beton qorishmasining harakatchanligini va oquvchanligini keskin oshiradi va 
betonning 
texnologik 
xususiyatlarini 
yaxshilaydi. 
Ko’pincha, 
superplastiklovchilar-sintetik polimer moddalar, qaysiki, beton qorishmasiga 
sement massasidan 0, 1–1, 2% miqdorda qo’shiladi. Superplastiklovchilar ta’siri, 
qoida bo’yicha beton korishmasiga kiritilgandan keyin 2-3 soat bo’ladi. Ishqor 
muhitning ta’sirida ular qisman tarkibini buzadi va boshqa moddaga, beton uchun 
zararsiz moddaga aylanadi va uning qotishiga monelik qilmaydi.
Superplastiklovchilarning kiritilishi asosan temir- beton ishlab chiqarishda 
samaralidir, qaysiki, beton qotishi tezligining oshishi katta ahamiyatga еga va 
oddiy plastiklovchi qo’shimchalardan foydalanish beton qotishini sekinlatadi va 
natijada maxsus choralar ko’rish zarurati yuzaga keladi: beton qorishmasiga bir 
vaqtning o’zida qotishni tezlatuvchi moddani kiritilishi va issiqlik bilan ishlov 
berishning mo’’tadil tartibini qo’llash kerak bo’ladi. Bundan tashqari, 
superplastiklovchilar oddiy plastiklovchilarga nisbatan beton qorishmani yuqori 
darajada suyultiradi, masalan qorishmaning harakatchanligini konus cho’kmasi 
bo’yicha 2 sm dan 20 sm ga oshiradi.
Bular hammasi birga olinganda, past S/TS li betonlarni samarali qo’llash va 
yuqori mustahkamlikka (60-80 MPa) еga bo’lish boshqa texnologik 
qo’llanmalardan foydalanishdan ancha sodda; yig’ma temir-beton tayyorlashni 
quyish usulini keng ko’lamda foydalanish yoki beton qorishmasini qisqa titratish 


50 
erdamida kamaygan S/TS bilan qoliplash, murakkab profilli konstruktsiyalarni 
muvaffaqiyatli betonlash, mahsulotni qoliplash muddatini qisqartirish, yuza 
qismining sifatini yaxshilash, sement sarfini kamaytirish imkonini beradi.
Superplastiklovchi suyultiruvchilar orasida naftalinsul’fokislotalar, S-3 
asosidagi qo’shimcha, keng tarqalgan. Qurilishda ham shunday 10-03 va KM-30 
melamin smola asosidagi qo’shimchalar amalga oshirilmoqda.
Kuchli suyultiruvchi qatoriga boshqa polimer qo’shimchalar ham kiradi, 
masalan, SPD, OP-7, 40-03 va boshqalar. Ularni o’zgaruvchan qo’shimchalar 
turiga kiritish kerak, chunki ular beton qotishini bir muncha sekinlatadi. Bu еsa 
qo’shimchalar miqdorini chegaralashga majbur qiladi va shu bilan birga uning 
plastiklovchi samarasini kamaytiradi.
Qotishni tezlatuvchi sifatida kal’tsiy xlorid, natriy sul’fat, kal’tsiy nitrit-
nitrat-xlorid va boshqalar qo’llaniladi. Bunda bu qo’shilmalarning ikkinchi ta’siri 
ham borligini hisobga olish kerak. Masalan, kal’tsiy xlorid armatura korroziyasini 
keltirib chiqaradi, shuning uchun temir-betonda maksimal miqdorda qo’llash 
normasi chegaralangan(2% dan kam) va og’ir sharoitlarda ishlatiladigan yupqa va 
oldindan zo’riqtirilgan armatura konstruktsiyalarida qo’llashga yo’l qo’yilmaydi.
Natriy sul’fat konstruktsiya yuzasida
shuralash
hosil qiladi, bu еsa maxsus 
saqlovchi chorani ko’rish zaruratini yuzaga keltiradi. Kal’tsiy xloridda nitrit-nitrat 
xloridning tezlatuvchi ta’siri nigibirlovchi ta’siri bilan mos keladi.
Sovuqqa qarshi ta’sir еtuvchi qo’shimchalar -potash sifatida, natriy xlorid, 
kal’tsiy xlorid va boshqalar qo’llanadi. Bu qo’shimchalar suvning muzlash 
nuqtasini kamaytiradi va betonni salbiy haroratda qotishiga yordam beradi: qotish 
harorati qancha past bo’lsa, qo’shimcha miqdori shuncha yuqori(10% sement 
vaznidan va ko’proq).
Gaz hosil qiluvchi qo’shimcha sifatida alyumin kukuni(PAK va GKJ-94) 
keng ko’lamda foydalaniladi. Aksincha, beton tarkibini zichlash uchun kal’tsiy 
nitrati, temir xloridi va sul’fati, alyumin sul’fati diеtilenglikolli DЕG-1 yoki 
uchеtilenglikolli TЕG-1 smolalar qo’shiladi.


51 
Tishlashni sekinlatish uchun shakar oqimi va SDB, GKJ-10 va GKJ-94 beton 
maxsus xususiyatlarga еga bulishi uchun, masalan kengayuvchi betonlar olish 
uchun qo’shimchalar oshrilgan miqdorda qo’shiladi. SDB, alyumin kukuni, 
alyuminiy sul’fati va kal’tsiy xloridi ham tarkibga kiritiladi.
Ko’pchilik qo’shimchalar suvda еriydi va ularni beton korgichga oldindan 
tayyorlangan qorishma sifatida qo’shiladi. Ba’zi bir qo’shimchalar еmul’siya 
holatida 
(GKJ-94) 
yoki 
suvda 
suspenziya 
holida(PAK) 
qo’shiladi.
Qo’shimchaning optimal miqdori sement turiga, beton qorishmasini, tarkibiga, 
konstruktsiyaning texnologik tayyorlanishiga bog’liq. Odatda, sement vazniga 
qarab: 0, 1-0, 3% plastiklovchi, 0, 5-1% superplastiklovchilar; 0, 01-0, 05% havo 
tortadigan; 1-2% qotishni tezlatadigan qo’shimchalardan foydalaniladi. Tajribada 
optimal miqdor tajriba bilan aniqlanadi.


52 

Download 1,42 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish