63
Oldindan undan tayanchlarni olib tashlab kub ichiga joylashishi uchun uning pastki
asosining diametri kamaytiriladi (3. 6-rasm). Konusni odatdagidek uch bosqichda
to’ldiriladi. Metall konus olingandan so’ng laboratoriya maydonchasida beton
qorishmasini titratiladi. Titratish jarayoni beton qorishmasi kubning barcha
burchaklarini qoplab, yuzasi tekislanguncha davom еttiriladi.
Titratishning davomiyligini (s) beton qorishmasining bikirlik darajasi sifatida
qabul qilinadi. Standart titratish maydonchasi quyidagi qiymatlarga mos tushishi
kerak: kinematik momenti 0, 1 N
.
m; amplitudasi 0, 5 mm; tebranishlar davri 3000
-
1
. Tajribalarning ko’rsatishicha standart asbobda aniqlangan bikirlik darajasi B.
G. Skramtayev usuli bilan olingan qiymatlardan taxminan 1, 5-2 marta kamligi
aniqlandi.