69
Beton xususiyatining o’zgarishi asosan sement gidratatsiyasi bilan
belgilanadi, shuning uchun so’ngisi bu qonuniyatlarga hal qiluvchi ta’sir
ko’rsatadi. Gidaratatsiya jarayoni etakchi hisoblanadi va uning kechish yo’nalishi
beton strukturasi va xususiyatining o’zgarishini belgilaydi. Boshqa omillar
(masalan, beton tarkibi, to’ldiruvchi xususiyati va boshqalar) beton strukturasi va
xususiyatiga ta’sir ko’rsatsa-da, ikkilamchi hisoblanadi va muayyan ma’noda
ularning sement gidratatsiyasi va sementli toshning strukturasini qoliplashiga
ta’siri bilan belgilanadi. Beton xususiyatlari o’zgarishining vaqt ichida asta-sekin
susayishi va ularning barqarorlashuvi sement gidratatsiyasi jarayonining borgan
sari susayishi bilan ifodalanadi.