V-bob. Og’ir beton tarkibini loyihalash 5. 1. Beton tarkibini aniqlash usulining asosiy qoidalari Beton tarkibi loyihalanganda ishlatiladigan materiallar o’rtasidagi nisbat
shunday topilishi kerakki, natijada, tayyorlash texnologiyasi ham nazarda
tutilganda, konstruktsiyadagi betonning mustahkamligi, beton qorishmasining
harakatchanligi va betonning tejamli bo’lishi (tsement sarfini minimal kamaytirish)
kafolatlanishi lozim.
Beton tarkibini aniqlash quyidagilarni o’z ichiga oladi: a) konstruktsiyaning
turi, qanday sharoitda ishlatilishi va tayyorlanish usulidan kelib chiqqan holda
betonga qo’yiladigan talabni belgilash; b) beton uchun material tanlash va
ularning xususiyati bo’yicha kerakli ma’lumotni olish; v) betonning birlamchi
tarkibini aniqlash; g) namuna uchun qorilgan beton tarkibini tekshirish; d) beton
tayyorlashni nazorat qilish; e) tayyorlash vaqti, to’ldiruvchilar xususiyati va
boshqa omillar o’zgarganda uning tarkibiga tuzatishlar kiritish.
Beton tarkibini birlamchi aniqlash beton mustahkamligining sement faolligi,
suv-tsement omili, ishlatiladigan materiallarning sifati, beton qorishmasi
harakatchanligining suv sarfi va boshqa omillarga bog’liq bo’lishi asosida amalga
oshiriladi.
Beton xususiyatlari va beton qorishmasining uning tarkibiga qay darajada
bog’liq еkanligini aniq belgilash uchun, agar imkon bo’lsa, dastlabki sinov ishlari
o’tkaziladi. Bu holda tajribani rejalashtirish va uning natijalarini o’rganishning
matematik usullarini ishlatish tavsiya еtiladi.
Beton mustahkamligiga qanday talab qo’yilganligi ish chizmalarida
ko’rsatiladi. Beton qorishmasining harakatchanligi (bikirligi) konstruktsiyaning
o’lchami, armaturalarning qalinligi, beton quyish va uni joylashtirish usullaridan
kelib chiqqan holda belgilanadi (5. 1-jadval). 5. 1-jadvalda betonning bikirligi
standart konus va texnik viskozimetrlarda ko’rsatilgan.
Tarkibidagi sement miqdori etarli bo’lgandagina beton qorishmasining
joylanishi oson bo’ladi. Sement miqdorining belgilangan darajadan kam bo’lishi
74
beton qorishmasining ajralishi, unda mikro bo’shliqlar paydo bo’lishi va xizmat
muddatining kamayishi xavfini oshiradi.
Beton qorishmasining harakatchan va mustahkam bo’lishiga talablar