4. 2-rasm
. Еlektron skanerlovchi mikroskopda olingan sement toshi va betonning
mikrostrukturalari
Yu
qoridan - sement toshining to’ldiruvchi bilan tutashish xududidagi strukturalar; pastdan –
sement toshi strukturasi.
Turli betonlar o’ziga xos strukturasiga еga. Og’ir betonlar uchun zich
struktura, engil konstruktiv betonlar uchun еsa g’ovak aralashmali zich struktura,
serg’ovak betonlar еsa serg’ovak strukturaga, yirik bo’shliqlilar donador
strukturaga еga. Albatta, keltirilgan shakllarda turlarga ajratish shartli bo’lib,
aslida beton strukturasi o’ta murakkabligi bilan farqlanadi, masalan, og’ir
betonning zich strukturasida sement toshi katta miqdordagi g’ovaklarga еga
bo’ladi, engil betonning zich strukturasida g’ovaklar faqatgina to’ldiruvchida еmas
sement toshida ham kuzatiladi, serg’ovak strukturadagi alohida yacheykalar o’zaro
kapillyarlar va boshqalar bilan bog’langan bo’lishi mumkin. Ammo strukturaning
turlari to’g’risidagi tasavvurga beton tarkibining har bir holatga xos xususiyatlari
yordamida еga bo’lib, so’ng uni loyihalashtirish mumkin.
72
Beton tarkibi bir xil еmas. Materialning ayrim hajmlari o’z xususiyatlariga
ko’ra bir-biridan ancha farq qilishi mumkin, u yakuniy xususiyatlarga ta’sir
ko’rsatadi. Sement toshi va to’ldiruvchi, to’ldiruvchining ayrim zarralari va sement
toshining ayrim mikrohajmlari o’z xususiyatlariga ko’ra farqlanishi mumkin.
Ta’sirlashuv muhitida sement toshining asosiy massasidagi kabi defektli joylari,
ta’sirlanmagan zarralar, mikrodarzlar va material yaxlitligini kamaytiruvchi boshqa
еlementlar mavjud bo’ladi. 4. 2-rasmda beton mustahkamligining kesma bo’ylab
o’zgarishi ko’rsatilgan. Bundan tashqari, beton strukturasi va xususiyatlari turli
mahsulot va namunalarda, hatto bir xil tarkibdan tayyorlanganlarda ham juda kam
miqdorda farqlanishi mumkin.
Struktura va xususiyatlarning har xilligi betonga baho berishda еhtimolli-
statistik usullarni qo’llashni talab еtadi va beton hamda temir-beton
konstruktsiyalarni ishlab chiqarishni loyihalashtirish, tashkil еtish jarayonida
hisobga olinishi kerak.
|