84
zichligi aniqlanadi. Sinash quyidagi usulda amalga oshiriladi: bo’sh qolip tortib
ko’riladi, uning ichki o’lchami tekshiriladi, qorishma bilan to’ldiriladi,
joylashtiriladi va yana tortib ko’riladi.
Joylashtirilgan
beton qorishmasining zichligi, kg/l da quyidagi formula bilan
hisoblanadi:
b. sm
=/G
2
-G
1
/V
f
,
bu erda, G
1
va G
2
- - bo’sh qolip va beton solingan qolipning og’irligi, kg V
f
-
qolipning ichki hajmi, l.
Beton qorishmasining olingan qiymatlari hisoblanganlari bilan mos kelishi
kerak /ruxsat еtilgan og’ish darajasi ±2%/. Shundan so’ng tekshirish uchun
tayyorlangan beton qorishmasining amaldagi hajmi aniqlanadi:
V
F
=
G/
ф
bu erda
G - namuna uchun tayyorgan qorishmaga
ishlatilgan materiallar
massasining yig’indisi, kg.
ф
- zichlashtirilgan beton qorishmasining amaldagi
zichligi, kg/l.
Olingan beton qorishmasining hajmi va tekshirish uchun qorilgan betonga
sarflangan materiallar miqdorini bilgan holda 1m
3
betonga haqiqatda sarflanadigan
materiallar miqdori aniqlanadi.
Tekshirish uchun tayyorlanadigan qorishmaning hajmi talab еtiladigan
namunalar miqdoriga bog’liq bo’ladi. Agar beton
markasini aniqlash uchun
uchtadan anmuna tayyorlansa, quyidagi minimal qorishma hajmi tayyorlanadi
Namuna qirrasining o’lchami, sm 10 15 20 30
Tekshiriladigan qorishma hajmi, l 6 12 25 85
5. 1-misol shartlari uchun namunalarning nazorat o’lchami 15x15x15 sm
/shag’alda 3 D
pr
dan ko’proq/ bo’ladi va demak, qorishma hajmi 12 l ni tashkil
еtadi. Bitta qorishmaga ishlatiladigan materiallar hajmi quyidagicha bo’ladi:
Sement 3, 96 kg /330x0, 012/
qum 7, 2 kg /600x0, 012/
Shag’al 15, 25kg /1770x0, 012/
suv 2, 14 l /178x0, 012/
85
Turli o’lchamli tosh ishlatilganda har bir o’lcham sarfini ular o’rtasidagi
optimal nisbatdan kelib chiqqan holda belgilash kerak. Agar kerakli
harakatchanlikka еrishish uchun sement va suv 10 foiz oshirilgan bo’lsa
qorishmaga ishlatilgan materiallarning yakuniy sarfi quyidagicha bo’ladi:
Sement 4, 36 kg 3, 96+0, 4
qum 7, 2 kg
Shag’al 15, 25 kg
suv 2, 35 l 2, 14+0, 21
Ja’mi: 29, 16 kg
Agar beton qorishmasining haqiqiy jipsligi 2350 kg/m
3
bo’lsa
qorishmaning
hajmi V
f
=29, 16/2, 35=12, 4 l bo’ladi
1 m
3
beton uchun materiallar sarfi quyidagiga teng bo’ladi: s=4, 36:0,
0124=350 kg. V=190 l; P=580 kg. Sh=1230 kg.
To’g’rilangan beton qorishmasidan namunalar tayyorlanadi va sinab ko’riladi.
Har bir sinash muddatiga kamida uchta namuna tayyorlanadi. Namunalar
echiladigan cho’yan yoki po’lat qoliplarda shaklga solinadi. Ularning o’lchami
aniq bo’lishiga еrishish kerak va qirralari bo’yicha og’ish ±1 foizdan oshmasiligi
kerak. Qirralar burchagi 90±2° tashkil еtadi. Namunalarni joylash va zichlash
usuli ishlab chiqarishda qabul qilingani bilan bir hil bo’lishi lozim.
Beton
qorishmasini qolipga joylash 30 minut davomida amalga oshirilishi kerak.
Beton qorishmasi vibratsiya usuli bilan zichlashtirilganda qolipga beton
ko’proq solinadi va shundan so’ng u laboratoriya maydonchasida vibratsiya
qilinadi /tebranish chastotasi 50 Gts, vibratorni tebranish amplitudasi 0, 5 mm/.
Laboratoriya vibromaydonchasini yuzali vibrator bilan almashtirish mumkin.
Vibratsiya davomiyligi t bikirlik qiymatlariga mutanosib ravishda belgilanishi
kerak, ya’ni t=1, 5+2J, biroq J +30 s dan kam bo’lmasligi lozim.
Namunalar ikki sutka davomida hona harorati 16-20°S bo’lgan
sharoitda,
qolipda saqlanadi. So’ng ular qolipdan chiqarilib, marka qo’yiladi va sinalgunga
qadar namlik darajasi 100% bo’lgan maxsus kameralarda yoki bo’lmasa doim
86
namlab turiladigan qum, yog’och qipig’ida saqlanadi.
Sinashdan oldin namunlar
yaxshilab tekshiriladi, qirralari o’lchanadi /aniqligi 1 mm gacha bo’lishi kerak.
Mustahkamligi sinab ko’rilganda namunalar pastki tutib turuvchi plitaga yon
qirrasi bilan qo’yiladi. Beton siqilgan vaqtda uning mustahkamlik chegarasi 0, 1
MPa
gacha hisoblanadi bu qiymat sinovning o’rtacha arifmetik natijasi deb olinadi,
biroq namunalar o’rtasidagi farq еng yaqin qiymatdan 20 foizdan ortiq bo’lmasligi
kerak. Bu farq 20 foizdan ortganda hisoblash еng katta ikki natija bo’yicha amalga
oshiriladi.
Agar betonning haqiqiy mustahkamligi, siqish vaqtida belgilanganidan ±15%
farq qilsa beton tarkibini to’g’rilash lozim bo’ladi, ya’ni, mustahkamlikni oshirish
uchun sement sarfi TS/S oshirilishi kerak, mustahkamlikni kamaytirish uchun еsa
uning miqdori kamaytiriladi.