81
3. Sement sarfi quyidagicha aniqlanadi :
S =S : S/TS /5. 5/
Agar 1m
3
betonga sement sarfi QMQda ko’rsatilgandan ko’ra kamroq bo’lsa
5.4-jadvalga qarang/ uni talab еtilgan me’yorgacha ko’tarish yoki maydalab
yanchilgan qo’shimcha qo’shish talab еtiladi. So’ngi vosita odatda ushbu
markadagi beton uchun sementning faolligi o’ta yuqori bo’lgan
hollarda
qo’llaniladi.
4. Plastik beton qorishmalari uchun surilish koеffitsiyenti α 5. 5-jadvalga qarab
belgilanadi /5. 5-qarang/.
5. Shag’al va tosh sarfi /5. 1/ formula bilan aniqlanadi.
6. Qum sarfi /5. 2/ formula bilan topiladi.
7.
Namuna
sifatida bajarilgan
qorishmalarda beton
qorishmasining
harakatchanligi /konusning cho’kishi yoki bikirligi/
tekshiriladi, zarur hollarda
beton tarkibi hisobiga kerakli o’zgartirishlar kiritiladi. Agar havo tortuvchi
qo’shimchalar qo’shiladigan bo’lsa, qum sarfi hisoblanganda jalb еtilgan havoning
miqdori hisobga olinadi.
Zamonaviy
texnologiyalar beton, betonga ishlatiladigan materilalar, uni
tayyorlash texnologiyasi va beton qorishmasini joylashtirishga talab nuqtai
nazaridan bir-biridan farq qiladi. Biroq, bunda
har bir holat uchun alohida
hisoblash usulini yaratish zarur еmas.
Og’ir beton tarkibini aniqlash ko’rib chiqilgan usul bo’yicha amalga oshirilishi
kerak. Beton va unga ishlatiladigan materillarga ko’yiladigan alohida talablar
tegishli qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish yo’li bilan hisobga olinishi kerak.