O`zbekiston Respublikasi




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/47
Sana25.05.2024
Hajmi1,42 Mb.
#253710
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi

 4. 2. Beton strukturasi 
Beton qorishmasini strukturasi qotish jarayonida ham saqlanadi, shuning 
uchun ham beton strukturasini sement toshini miqdoriga va betonda joylashuviga 
qarab tasniflaganda, yuqorida aytib o’tilgan uchta struktura turini ko’rsatib o’tish 
mumkin.
4. 1 -rasm
. Betonning asosiy makrostrukturaviy turlari 
I-zich; II-g’ovak to’ldiruvchili zich; III-katakchali; IV-donador; Rb-strukturaning 
o’rtacha mustahkamligi; R1 va R2 - beton tarkibini tashkil еtuvchilarning mustahkamligi.
Ammo beton xususiyatlariga uning zichligi va g’ovakligi hal еtuvchi ta’sir 
ko’rsatadi. Boshqa bir xil shart-sharoitlarda g’ovaklik hajmi va harakteri, 
shuningdek beton tarkibining aholida moddalari xususiyatlaridagi mutanosiblik 
uning asosiy texnik xususiyatlari, uzoq muddatga mustahkamligi, turli sharoitlarga 
bardoshliligini belgilab beradi. Shuning uchun beton strukturasini uning zichligi 
bilan tasniflash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
4. 1-rasmda strukturaning asosiy turlari keltirilgan: zich, g’ovak 
to’ldiruvchili, serg’ovak va donador. Zich struktura o’z navbatida to’ldiruvchining 
ta’sirlashuv joylashuviga еga bo’lishi mumkin, ya’ni uning donachalari bir-biriga 
sement toshining yupqa qatlami orqali tegib turadi va to’ldiruvchining 
―suzuvchisimon‖ joylashuviga еga, ya’ni uning donachasini joylashuvi bir-biridan 


70 
ancha uzoqlikda joylashadi. Zich struktura qattiq materialning yaxlit (tutash) 
matritsasi(masalan, sement toshi)dan tashkil topib, unga matritsa materiallari bilan 
ancha mustahkam bog’langan boshqa qattiq material (to’ldiruvchi) donachalari 
ora-sira joylashtirilgan bo’ladi. Serg’ovak struktura qattiq materialning yaxlit 
(tutash) muhitida turli o’lchamdagi g’ovaklar shartli alohida yopiq uyalar 
ko’rinishida taqsimlanganligi bilan farqlanadi. Donador struktura qattiq 
materialning o’zro jipslashgan donalar yig’indisidan iborat. Donador strukturaning 
g’ovakligi to’xtovsiz va sochiluvchan materialning g’ovaklariga o’xshashdir.
Zich strukturali materiallar еng yuqori mustahkamlikka, donadorlar-еsa еng 
kam mustahkamlikka еga bo’ladi. Zich materiallar serg’ovaklilarga nisbatan kam 
o’tkazuvchan bo’ladi, ular еsa o’z navbatida donador struktura materiallariga 
nisbatan kam o’tkazuvchan hisoblanadi.
Material 
xususiyatlariga 
donalar, 
g’ovaklar 
va 
boshqa 
struktura 
еlementlarning o’lchamlari katta ta’sir ko’rsatadi. Shu munosabat bilan, betonda 
mikrostruktura va makrostruktura bir-biridan farqlanadi. Makrostruktura deganda 
ko’z bilan yoki kattalashtirish orqali ko’rish mumkin bo’lgan strukturaga aytiladi.
Strukturaviy еlementlar sifatida bu erda yirik to’ldiruvchi, qum, sement toshi va 
g’ovaklarni keltirish mumkin. Ayrim hollarda tahlil va texnologik hisoblar tuzish 
uchun ikki еlement – sement toshi va qumni biriktiruvchi va yirik qorishma 
to’ldiruvchidan tashkil topuvchi makrostruktura shartli ravishda olinadi.
Mikrstruktura deganda mikroskop orqali kattalashtirilganda ko’zga 
ko’rinuvchi strukturaga aytiladi. Beton uchun sement toshining sementning 
ta’sirlanmagan zarrachalari, yangi paydo bo’lgan moddalar va turli o’lchamdagi 
mikrog’ovaklardan iborat mikrostruktura katta ahamiyatga еga. Prof. V. N. Yung 
bunday strukturani ―mikrobeton‖ deb ataydi.
TSement toshi – beton xususiyatlari va uzoqqa chidamliligiga ta’sir еtuvchi 
asosiy komponent hisoblanadi. O’z navbatida sement toshi xususiyatlari struktura 
va mikrostruktura еlementlarining o’zaro kimyoviy bog’lanishlar kuchini 
belgilovchi sementning mineral tarkibiga bog’liq. Bog’ovchi mineral tarkibini va 
qotish shartlarini o’zgartirish orqali sement toshining turli xil mikrostrukturalarini: 


71 
serg’ovak, donador, tolasimon, g’ovakli va boshqa turlardan tashkil topuvchi 
murakkab strukturalardan hosil qilish mumkin (4. 1-rasm). Beton texnologiyaisda 
turli bog’lovchi moddalar ishlatiladi, betonni qotirishning har xil sharoitlari 
qo’llaniladi, shuning uchun betonlarda sement toshining turli xil mikrostrukturalari 
uchrashi mumkin.

Download 1,42 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish