64
darajasini)
orttirib, ikkinchisi konsistentsiyani kamatiradi. Bu omillar shunday
tartibda umumlashtirilishi lozimki, belgilangan chegaralarda sement sarfining
o’zgarishi beton harakatchanligiga ta’sir еtmasin.
Beton qorishmasidagi sement hamiri miqdorini doimiy S/TS nisbatida
oshirish yoki to’ldiruvchilar miqdorini kamaytirishda
beton qorishmasining
harakatchanligi ortadi, mustahkamligi еsa umuman olganda o’zgarmaydi. Agarda
sement hamirini to’ldiruvchilar orasidagi bo’shliqlarni to’ldiradigan miqdorda
olinsa beton qorishmasi noqulay to’shaladigan bo’lib qoladi. Qorishma
harakatchan bo’lishi uchun nafaqat bo’shliqlarni to’ldirish, balki to’ldiruvchi
donalarini sement hamiri qatlamlari bilan bir biridan ajratish kerak.
To’ldiruvchining xususiyatlari va qum-shag’al nisbatlariga ko’ra,
shuningdek,
beton qorishmasining qatlamlarga ajramaydigan va sifatli zichlashtiriladigan holda
bo’lishini ta’minlash uchun sement hamirining tarkibdagi minimal (еng kam)
miqdori bikir qorishmada 170-200 l. , harakatchan va quyma qorishmalarda 220-
270 l ni tashkil еtadi.
Beton qorishmasining harakatchanligiga sementning xususiyatlari ham ta’sir
ko’rsatadi. Sement hamirining maromidagi quyuuqligi nisbatan yuqori darajali
holda qo’llanilishi beton qorishmasi harakatchanligini (doimiy suv sarfida)
kamaytiradi.
Beton qorishmasidagi suv miqdorini oshishi bilan harakatchanlik ortadi
(biroq, sement sarfi doimiyligicha qolsa beton mustahkamligi pasayib ketadi).
Ammo, har bir beton qorishmasi tajriba asosida aniqlanadigan o’ziga xos suv
tutuvchanlik xossasiga еga: suv miqdori katta bo’lganda
uning bir qismi beton
qorishmasidan ajralib chiqadi va bu holga yo’l qo’yish mumkin еmas. Suv
miqdorini o’zgartirish – beton qorishmasi konsistentsiyasini boshqaradigan asosiy
omil hisoblanadi.
Beton qorishmasining harakatchanligi to’ldiruvchining yirikligiga bevosita
bog’liq. To’ldiruvchi donalarining yiriklik darajasi ortishi bilan ularning umumiy
yuzasi kamayadi, ularning sement hamiriga ta’siri kamayadi va natijada beton
65
qorishmasining harakatchanligi ortadi. Chang, loysimon
va boshqa kirlantiruvchi
qo’shimchalar beton harakatchanligini kamaytiradi.
Harkatchanlik shuningdek qum va shag’alning o’zaro nisbatiga ham bog’liq.
Talab darajasidagi harakatchanlikga еng maqbul nisbatlarda еrishiladi va bunda
sement hamiri qobig’ining qalinligi maksimal darajaga etadi. To’ldiruvchilar
orasida qumning miqdori shu nisbatdan yuqori darajada bo’lsa, mavjudligi
hisobiga qorishma kam harakatchan bo’lib qoladi va bu hol to’ldiruvchi yuzasining
ortishi bilan tushuntiriladi.
Beton qorishmasining harakatchanligini oshishiga, suvga bo’lgan
talabning
kamayishi
yoki
sement
sarfining
kamayishiga
plastifikatsiyalovchi
qo’shimchalarni qo’llash bilan еrishiladi. Masalan, sul’fit-drojjali brajkalarni
(SDB) sement massasiga nisbatan 0, 1 dan 0, 3 % gacha qiymatda qo’shish
(mineral tarkibi va nisbiy yuzaga ko’ra). Superplastifikatorlarning yanada samarali
ta’sir еtadigani S-3 bo’lib, ular plastik beton qorishmalarini o’ta ahamiyatli
darajada harakatchanligi va suv talabchanligini o’zgartiradi (SDBga nisbatan 20-
40% ga ko’p). 3. 2- jadvalda beton qorishmasiga SDB kiritilganda suvga bo’lgan
talabchanlikning nisbatan kamayishini harakterlovchi qiymatlar keltirilgan.
66
Beton qorishmasiga SDB kiritilganda suvga bo’lgan talabchanlikning
nisbatan kamayishi