61
Betonning ishlab chiqarishdagi, konstruktsiyadagi yoki buyumdagi yuqori
sifatini ta’minlashda beton qorishmasining quyuqlik darajasi va to’shalishdagi
qo’yiladigan talablarga to’liq javob berishi katta ahamiyat kasb еtadi.
Betonning
quyuqlik darajasi uning tarkibiga ko’ra bikirdan bir oz namlangan quyuq
(hamirsimon) holatidan, suyuq – oson oquvchan holatgacha bo’lishi mumkin.
Beton qorishmasining quyuklik darajasiga qarab uning
texnologik xususiyatlarini
aniqlashning u yoki bu usulidan foydalanadilar.
Harakatchanlikni, jumladan qorishmaning o’z og’irligi ta’sirida yoyilishi va
beton qorishmasini bog’langanligini aniqlash uchun standart konusdan
foydalaniladi.
Konus ikki tarafi ochiq, 1 mm, qalinlikdagi po’lat tunukadan
tayyorlanadi. Konusning balandligi 300 mm, pastki asosining diametri 200 mm,
yuqori og’izining diametri 100 mm. Tajriba o’tkazishdan avval konusning ichki
yuzasi va konus qo’yilayotgan idish suv bilan namlanadi.
Konusni idishga
o’rnatilgandan so’ng beton qorishmasini uchga bo’lib, har bosqichda zichlashtirib
to’ldiriladi va ortiqcha qorishma olib tashlanadi. Konus to’ldirilgan zahoti aniq tik
yo’nalishda yuqoriga konus bandidan tutib asta ko’tariladi. Harakatchan beton
qorishmasi konusdan ozod bo’lgandan so’ng cho’kadi yoki ba’zan yoyilib ham
ketadi. Qorishmani o’z og’irligida yoyilish balandligi konus cho’qishi deyiladi.
Qorishmaning harakatchanlik darajasini konus cho’kishi
belgilab beradi va bu
cho’kish konus olingan zahoti o’lchanadi (3. 4-rasm). Har bir qorishma tayyor
bo’lgandan so’ng namuna ikki marotaba olinadi va konus cho’kishi o’lchanib
o’rtacha natija qabul qilinadi.
Konus cho’kishiga qarab kam harakatchan (plastik 1-4 sm. ), harakatchan (5-
11 sm), o’ta harakatchan (12-19 sm) va oquvchan (
>
20 sm) beton qorishmalariga
bo’linadi. Suv sarfi kam bo’lgan hollarda beton qorishmalari konusda cho’kish
bermaydilar, biroq, tashqi kuch ta’siri qo’yilganda bunday qorishmalar turli (suv
sarfi va beton tarkibiga ko’ra) qoliplash xususiyatlarini namoyotn еtadilar. Bunday
qorishmalarni