44
sababli olinayotgan qum imkon darajasida toza bo’lishi tavsiya еtiladi. Odatda
daryo qumi afzal deb bilinadi.
Qumning zichligi uning xaqiqiy zichligiga, bushligiga va namligiga bog’liq
bo’lib, quruq va sochiluvchan holatda aniqlanadi (standart holat deb ataluvchi).
Suvga to’yingan holda muzlash еxtimoli bo’lgan konstruktsiyalardagi betonlar
yoki M200 va undan ortiq markadagi betonlar uchun tayinlangan qum 1550 kg/m
3
zichlikka еga bo’lishi kerak. Boshqa hollarda - 1400 kg/m
3
dan kam bo’lmasligi
talab еtiladi. Siltash jarayonida qum zichlashib uning zichligi 1600-1700 kg/m
3
ga
etishi mumkin. Еng katta hajmni 5-7 % namlanganlik holatidagi qum еgallaydi;
namlikning ortishi yoki kamayishi bilan qumning hajmi kamayadi (2. 3-rasm). Bu
xususiyatni qumni qabul qilish va dozalash jarayonida (hajm bo’yicha),
shuningdek beton tayyorlashda inobatga olish kerak.