Gips va uning asosidagi bog’lovchilar




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/47
Sana25.05.2024
Hajmi1,42 Mb.
#253710
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi

Gips va uning asosidagi bog’lovchilar. 
 
Qurilish gipsi havoda qotadigan 
bog’lovchi modda. Qurilish gipsini tabiiy ikki suvli gipsni 150
0
-170
0
S haroratda 
yarim suvli gipsga aylanguncha qizdirib olinadi. Gipsni suv bilan aralashtirib 
hamirga o’xshash massa olinadi, qaysiki tez tishlashadi, suyuq holatdan qattiq 
holatga o’tadi, keyin havoda qotadi, asta-sekin mustahkamlanib boradi. Gips – tez 
tishlashadigan bog’lovchi. Gipsning tishlashish davri gipsni suv bilan 
qo’shilgandan keyin 4 minutdan oldinroq boshlanmasligi, tugashi 6 minutdan 
oldinroq va 30 minutdan kech bo’lmasligi kerak. Gipsning tishlashishini 
sekinlatish uchun sul’fit-drojjali brajka yoki suv massasiga nisbatan 0, 1-0, 2% 
miqdorda va bo’yoqchilik kleyi boshqa organik kleylar qo’shiladi. Qurilish gipsi 
sifatiga qarab 2 navga bo’linadi. Normal quyuqlikdagi gips hamiridan 
tayyorlangan nazorat namunasi uchun siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 
tayyorlangandan 1, 5 soatdan keyin, I-nav uchun 4,5 MPa dan kam bo’lmasligi, II-
nav uchun 3,5 MPa dan kam bo’lmasligi kerak. Gips mustahkamligi quritish 
davrida sezilarli oshadi, xatto 7,5-12,5 MPa ga etishi mumkin.


29 
Ikki suvli gipsga maxsus ishlov berilib, o’ta mustahkam gips olinadi, 
mustahkamligi 15-30 MPa ni tashkil qiladi, tishlashish muddati 15-20 minutdan 
iborat. O’ta mustahkam gipsdan plastik hamir olish uchun kam suv talab qilinadi 
(40-45% gips massasiga nisbatan, oddiy gips uchun 60% talab qilinadi), bu еsa 
anchagina zich qo’yma va betonlardan foydalanish imkonini beradi.
Gispning qimmatli xususiyatidan biri tez tishlashishi, mahsulot yuzasining 
tekis va to’g’ri shaklda bo’lishini ta’minlashi, chunki qotish davrida gips ozgina 
kengayadi va qolipni zich to’ldiradi. Gipsning kamchiligi-suvga chidamsizligi.
Nam tortganda gipsning mustahkamligi keskin pasayadi, hatto kichkina yuk 
ta’sirida sezilarli deformatsiyaga uchraydi va mahsulot sifatsiz bo’lib qoladi.
Gipsning suvga chidamliligini tarkibiga yanchilgan domna shlakini qo’shib, 
birmuncha oshirish mumkin.
Gipsotsement-putstsolanli bog’lovchi
(GPTSB) 
gipsga nisbatan anchagina suvga chidamli. (GPTSB) A. V. Voljenskiy va uning 
shogirdlari tomonidan o’rganilgan. U 50-80% yarim suvli gips va 20-50% 
putstsolan portlandtsement yoki portlandtsementdan aktiv mineral qo’shimchadan 
tashkil topgan. Mineral qo’shimcha miqdori quyidagicha tanlanadi: etti kecha-
kunduzli bog’lovchida SaO kontsentratsiyasi 0, 85g/l dan kam bo’lishi kerak 
(qotish davrida ajratiladigan uch kal’tsiyli silikatni qo’shimcha gidrat kal’tsiy 
oksidi bilan bog’laydi). Bunday sharoitda gidrosul’foalyuminatni monosul’fatli 
turi olinadi va ichki xavfli kuchlanish kelib chiqmaydi, balki mayin dispersionli 
kam emiriladigan gidrosilikatlar bog’lovchining suvga chidamliligini oshiradi.
GPTSB 100, 150, 200 markalarda ishlab chiqariladi. GPTSB asosida tez 
qotadigan beton markalari-M150-M250ni olish mumkin, bu holda tayyorlangandan 
2-3 soatdan keyin 30-40% marka mustahkamligini oladi. Mahsulotning qotishini 
tezlatish uchun 70-80
0
S haroratda 5-8 soat davomida bug’latish taklif еtiladi.
GPTSB ning kamchiligi, po’lat armaturali mahsulotni korroziyadan saqlash 
zarurati bo’lib, mos holatdagi qoplamadan foydalanishdir.


30 

Download 1,42 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish