371
23.1-jadvalda turli aloqa vositasi orqali (device) ko'rsatiladigan
xizmatlar to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan. Bugungi kunda ushbu
bank mahsulotlarini banklar va nobank kichik va yirik kompaniyalar
taklif etmoqdalar. Bank faoliyati ekspertlari va olimlari esa ularni eng
muhim raqobatchilar sifatida qarashni va o'z faoliyatlarini
transformasiya qilishlari lozimligi to'g'risida bong urmoqdalar
151
.
"Deloitte" moliyaviy xizmatlar markazi olib borgan tadqiqotiga
asoslangan holda, banklar
kelajagini bashorat qilar ekan, banklar o'z
o'rinlarini saqlab qolishlari uchun "2020 yil fintech kompaniyalar
ularning eng yaqin do'stlari bo'lishi" va "bank mahsulotlari
innovasiyalari mijozlarning moliyaviy farovonligiga yo'naltirilishi,
kreditlar, to'lovlar va aktivlarni boshqarishga xizmat qilishi" zarurligi
qayd etmoqda
152
. Bugungi kunda ularning bashorati nechog'li to'g'ri
ekanligiga amin bo'lib turibmiz.
2015 yil dekabr oyida AQShning qimmatli qog'ozlar bo'yicha
komissiyasi (SEC) tomonidan Overstock.com kompaniyasining
Internet orqali raqamli aktsiyalarni chiqarish bo'yicha
arizasi qabul
qilinib, ruxsat berildi. Bunda kompaniya ushbu qimmatli qog'ozlarni
chiqarish uchun blokcheyn texnologiyasini qo'lladi. Bungacha u
emissiya qilinganda Ѕesdan ruxsatnoma olinishi talab etilmaydigan
xususiy obligasiyalar emissiyasini blokcheyn orqali amalga oshirgan
edi
153
.
A.Prigojinning ta'kidlashicha, innovasion bank – bu unda biznes-
jarayon va texnologiyalar mukammal yo'lga qo'yilgan, boshqaruvning
barcha bo'g'inlari uchun batafsil uzoq muddatli strategiya ishlab
chiqilgan, belgilangan KPI ko'rsatkichlarning
barchasi amalda
qo'llaniladigan, doimiy rivojlanib boradigan va yangi mahsulotlar
(xizmatlar) va ularni sotishning yangi kanallari joriy etilib boriladigan,
mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko'rsatiladigan va ularning bank
xizmatlaridan qoniqishi yuqori bo'lgan, bank raxbariyati tomonidan
151
Skinner Ch.Digital bank: strategies to launch or become a digital bank – Singapore:
Marshall Cavendish Business, 2014. – 316 p.
152
The Deloitte Center for Financial Services. 2020 banking and capital markets outlook.
www.deloitte.com
153
Mazkur ma'lumot Overstock.Com, Inc. kompaniyasining rasmiy saytida Ѕesga blokcheyn
orqali raqamli xizmatlarini amalga oshirish bo'yicha S-3 shakldagi arizasidan olindi.
https://www.sec.gov/Archives/edgar/data/1130713/000104746915008523/a2226515zs-3a.htm
372
rivojlanishning loyiha va vazifalari faol qo'llab quvvatlanadigan
bankdir
154
.
Ushbu ta'rif "innovasion bank" tushunchasini to'liq
tasvirlab
bermasa-da, unda bank innovasion faoliyat olib borishi uchun zarur
chora-tadbirlar ro'yhati keltirilib, fikrimizcha, aynan ushbu chora-
tadbirlarni amalga oshirish har qanday bankning raqamli innovasion
faoliyat olib borishini ta'minlaydi.
23.2-
jadval