Xorijiy aksiyalar afzalliklari toʻgʻri keltirilgan javobni




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

 
9. Xorijiy aksiyalar afzalliklari toʻgʻri keltirilgan javobni 
aniqlang.
a) siyosiy, iqtisodiy risklar, likvidlilik riski pasayadi; 
b) mamlakatda xorijiy aksiyalarga nisbatan maʼlum tartib qoida 
belgilab qoʻyilishi; 
d) aksiyalar oldi-sotdisida valyuta konvertatsiyasini amalga oshi-
rishga zarurat ortadi
e) xorijiy kompaniyalarga nisbatan aksiyalar miqdori, moliyaviy 
hisobotlar va boshqa jihatlar boʻyicha qatʼiy talablar belgilanishi. 
 
10. Yevroobligatsiyalardan foydalanish amaliyotidagi oʻziga 
xos kamchiliklar qaysi javobda keltirilgan?
a) Axborotlarni oshkor etish boʻyicha qarz oluvchiga nisbatan 
jiddiy talablarning mavjudligi; 
b) Yevroobligatsiya muomalaga chiqarish jarayonining yuqori 
miqdorda xarajatlar talab qilmasligi; 
d) Qimmatli qogʻozlarni tayyorlash va joylashtirishning koʻp vaqt 
talab qilmasligi; 
e) Foiz stavkalarining juda pastligi (yillik 5%). 


138 
 
IX BOB. QIMMATBAHO METALLAR BOZORI 
 
9.1. Qimmatbaho metallar bozori xususiyatlari, 
ishtirokchilari 
Bugungi kunda moliya bozorida qimmatbaho metallar savdosi 
keng doirada kuzatiladigan amaliyotlardan biridir. Bunga har bir 
mamlakatda oltin-valyuta zaxirasini muntazam oshirib borishga 
alohida eʼtibor qaratilishi ham bevosita taʼsir koʻrsatmoqda. Valyutalar 
boʻyicha oltin standart amal qilgan vaqtda oltinga talab keskin yuqori 
boʻlgan va bu oʻz navbatida qimmatbaho metallar bozorida oltinning 
ulushi keskin yuqoriligiga ham xizmat qilgan. Valyutalar boʻyicha 
oltin standart bekor qilingach qimmatbaho metallar bozorida oltinning 
ulushi nisbatan pasaygan holda kumush, olmos, platina, palladiya va 
boshqa qimmatbaho metallar bozori ham rivojlana boshladi. 
Qimmatbaho metallar oʻz xususiyatiga koʻra sanoat ishlab 
chiqarish sohasi mahsuloti hisoblanadi. Qimmatbaho metallarning 
kamyobligi, ixchamligi, koʻp marta va uzoq muddat davomida foy-
dalanish mumkinligi, savdo tarmogʻining rivojlanishi va doimiy 
talabning mavjudligi moliyaviy aktiv sifatida qimmatbaho metallar-
ning ham qoʻllanilishiga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqqan holda 
qimmatbaho metallar ikkita funksiyani bajarishini qayd etish mumkin.
Qimmatbaho metallardan yombilar va tangalar bank va birja 
aylanmasi obyekti, davlat va xalqaro oltin-valyuta zaxiralari tarkibiy 
qismi hisoblanishi davlatning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini 
taʼminlash, bank barqarorligini kafolatlash, shuningdek alohida shaxs 
moddiy jihatdan taʼminlanganligi yuqoriligini belgilab beradi. 
Jahon bozorida qimmatbaho metallarning strategik roli yuqorida 
taʼkidlanganidek, bunday aktivlarga talabning yuqori darajadaligi bilan 
izohlanadi. Xususan, xalqaro darajada oltin yombilari va tangalarining 
yuqori likvidliligi kapital qoʻyilmalarning asosiy uchta asosiy sohalari 
oʻrtasidagi tenglikka asoslangan: 
- qimmatbaho metallarni qazib olish va ishlab chiqarish; 
- zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va ular savdosi;


139 
- qimmatbaho metallardan yombilar va tangalarning moliyaviy 
muomalasi. 
Bungungi kunda jahonda qimmatbaho metallar bozori oltin bozori, 
kumush bozori, platina bozori, palladiya bozori va boshqa sektorlar 
boʻyicha faoliyat yuritmoqda. Qimmatbaho metallar bozorida aynan 
qimmatbaho metallar savdo predmeti boʻlib xizmat qiladi. Shundan 
kelib chiqqan holda qimmatbaho metallar bozorini intitutsional va 
funksional nuqtai nazardan koʻrib chiqish mumkin. 
Bugungi kunda qimmatbaho metallar bozorining muhim 
ishtirokchilari quyidagilar hisoblanadi (9.1-rasm):
9.1-rasm.

Download 4,09 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xorijiy aksiyalar afzalliklari toʻgʻri keltirilgan javobni

Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish