Qimmatbaho metallar bozori ishtirokchilari




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

Qimmatbaho metallar bozori ishtirokchilari 
Bunda qimmatbaho metallar qazib oluvchi korxonalardan kelib 
tushadi. Ularning bozorga taʼsir koʻrsatishi yetkazib berayotgan 
mahsulot hajmiga bevosita bogʻliq hisoblanadi. Qazib olingan 
qimmatbaho metallar sanoat korxonalari hamda zargarlik ustaxonalari 
tomonidan tayyor mahsulotga, zargarlik buyumlariga aylantiriladi. 
Birjalarning qimmatbaho metallar bozorining muhim ishtirokchisi 
sifatida qaralishi ayrim mamlakatlardagi birjalarda aynan qimmatbaho 
metallar bilan savdo qilinuvchi seksiyalar mavjudligi bilan izohlanadi. 
Investorlar ishtiroki esa bunday aktivlar orqali faoliyatni diversifikat-


140 
siyalashda namoyon boʻlishini qayd etish mumkin. “Markaziy banklar 
qimmatli metallar bozorida koʻp qirrali oʻrinni egallaydi. Ular oltin 
bozoridagi eng yirik operatorlar boʻlib hisoblanadi va bir vaqtda bu 
oltin bilan savdo qilish qoidalarini belgilab beradi. Shuni ham taʼkid-
lash zarurki, zaxira oltinni faol sotish bosh maqsad boʻlib hisoblan-
maydi, ammo zaxiralardan oqilona foydalanishga intilishni namoyish 
qiladi. Markaziy banklar bozor konyunkturasiga katta taʼsir koʻrsatadi, 
bu ayniqsa XX asrning 90-yillarida sezilarli boʻldi”.
41
Tijorat banklari 
tomonidan oltindan ishlangan zargarlik buyumlari garov sifatida qabul 
qilinganda baholash qiymati toʻliq olinishi asosida kredit ajratilishini 
ham shu oʻrinda taʼkidlash maqsadga muvofiq. Qimmatbaho metallar 
bozorida professional vositachilar va dilerlar faoliyati ham muhim 
hisoblanadi. Bunda ixtisoslashgan kompaniyalar va tijorat banklari 
vositachilar sifatida ishtirok etadi.
Xalqaro metallar bozorida ham hosilaviy instrumentlar ham keng 
doirada qoʻllaniladi. Bunda svoplar, fyucherslar, opsionlar, forvardlar 
qoʻllanilishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Download 4,09 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qimmatbaho metallar bozori ishtirokchilari

Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish