153
X BOB. MOLIYA BOZORI TAHLILI
10.1. Moliya bozori tahlilining tashkiliy xususiyatlari
Investitsion jarayonning asosiy masalalaridan biri –
bu qimmatli
qogʻozlar tahlili (security analysis) hisoblanib, oʻz ichiga qimmatli
qogʻozlarning alohida turlarini (yoki guruhlarini) va ularning bozor-
larini oʻrganadi. Bunday tahlilning investitsion
jarayondagi asosiy
maqsadlaridan biri – bu vaqtning tanlab olingan joriy momentida
notoʻgʻri baholangan qimmatli qogʻozlarni aniqlash.
Xorijiy amaliyotda moliya bozori boʻyicha fundamental (funda-
mental analysis) va texnik (technical analysis) tahlil keng qoʻllaniladi.
Fundamental tahlil ham, texnik tahlil ham,
shuningdek boshqa tahlil
usullari ham oʻziga xos afzalliklarga va kamchiliklarga ega. Bunga
moliya bozorlarining oʻzaro farqli jihatlari, tartibga solish mexaniz-
mlari, ichki va tashqi omillar taʼsiri kabilarni sabab sifatida koʻrsatish
mumkin.
Qimmatli qogʻoz tahlilida uni real (fundamental
usulga asos-
langan) yoki bozor (texnik usulga asoslangan) bahosi hamda uning real
va bozor daromadliligi koʻrsatkichlari baholanadi, chunki ular fond
bozori qatnashchilarini koʻproq qiziqtiradi. Yuqoridagi misoldan kelib
chiqib,
na texnik va na fundamental, na aralash usul ushbu koʻrsat-
kichlarning obyektiv bahosini bera olmasligini tushunish qiyin emas.
Chunki qimmatli qogʻozning oʻz bazisiga ekvivalentliligi darajasi
har ikkala usulda har doim aytilgan mezonlar talabiga mos toʻliq
namoyon boʻlavermaydi, demak, ularning yordamida hisoblangan
koʻrsatkichlar bahosi obyektiv boʻlmaydi. Ushbu qonuniyatni koʻrish
uchun quyidagi nazariy fikr-mulohazalarni keltirish mumkin.
Maʼlumki, aksiyaning real bahosi fundamental usul yordamida
emitentning moliyaviy hisobotlari koʻrsatkichlari asosida hisoblanib,
aksiyani joriy ichki (balans) bahosini ifodalaydi.
Lekin aksiyaning
bozordagi talab va taklif (bozor konyunkturasi) asosida shakllanuvchi
bozor narxi aksiyaning real bahosidan qandaydir mavhumligi bilan
farq qilishi mumkin, chunki bozor narxi koʻpincha koʻzga tashlan-
154
maydigan spekulyativ bozorda vujudga keluvchi
sirli tendensiyalarni
ham oʻz ichiga oladi.
Bunday tendensiyalar odatda spekulyativ bozorning oldindan har
doim ham toʻliq idrok qilib boʻlmaydigan jarayonlarni risklar va turli
omillar (jumladan spekulyativ savdo qatnashchilarining subyektiv
tarzda xohish va imkoniyatlarining ehtimoliy oʻzgarishi, yaʼni
refleksivlik nazariyasiga asosan) taʼsiri ostida kechishi evaziga hosil
boʻladi. Demak, aksiyaning oʻz bazisiga
ekvivalentlilik darajasi
asosida obyektiv bahosini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Bularning barchasi va boshqa vaqtinchalik idrok qilinishi
murakkab boʻlgan omil va jarayonlar tahlil amaliyotining mavjud
usullari uzluksiz takomillashuv jarayonida yoki ularning asosida
yangilari paydo boʻlib kelmoqda. Bu jarayonning
obyektiv mahsuli
sifatida qimmatli qogʻozlarni sekyurimetrik tahlili usulini alohida
koʻrish maqsadga muvofiq, chunki u yuqorida keltirilgan baʼzi
holatlarni bartaraf qilishning ozmi koʻpmi imkonini berishi mumkin.