• Texnik tahlil talab va taklifning oʻzaro toʻgʻri kelmaslik momen- tini aniqlaydi va moliyaviy instrumentni qachon sotib olish va sotish
  • Texnik tahlil tamoyillari
  •  Moliya bozori texnik tahlili




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/225
    Sana23.06.2024
    Hajmi4,09 Mb.
    #265242
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   225
    Bog'liq
    Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

     
    10.3. Moliya bozori texnik tahlili 
     
    Texnik tahlil 
    – bu fond bozori holatini oʻrganishga qaratilgan tah-
    lildir. Texnik tahlil oʻtgan savdo narxlarini oʻrganish maqsadida
    ularning kelajakdagi ehtimoliy rivojlanish yoʻnalishlarini aniqlashdan 
    iborat. Joriy narxlar dinamikasi oʻtgan savdo narxlari dinamikasi bilan 
    solishtiriladi va shu orqali narxlarning kelajakdagi oʻzgarishi prognoz 
    qilinadi.
    Shuning uchun, texnik tahlil bilan shugʻullanuvchi tahlilchi bo-
    zorga taʼsir etuvchi tashqi omillarni eʼtiborga olmasdan, faqat uning 
    dinamikasi koʻrsatkichlarini oʻrganadi. 
    Texnik tahlilning boshqacha nazariy asosi shundaki, bozorning 
    oʻtgan savdo holatlari davriy takrorlanadi. Shu bilan birga, investor-
    ning vazifasi shundan iboratki, bozorning oʻtgan savdo dinamikasini 
    oʻrganish asosida, uni keyingi oʻzgarish dinamikasini aniqlash. 
    Bozor konyunkturasi talab va taklifning oʻzaro harakatlanishiga 
    bogʻliq.
    Texnik tahlil talab va taklifning oʻzaro toʻgʻri kelmaslik momen-
    tini aniqlaydi va moliyaviy instrumentni qachon sotib olish va sotish 
    mumkin degan savollarga javob beradi. 
    Texnik tahlilchi asosan bozorning qisqa muddatli dinamikasini 
    prognoz qilishga harakat qiladi. 
    Tahlil mobaynida investor qimmatli qogʻoz dinamikasi va narx 
    trendi yoʻnalishi haqida maʼlumot beruvchi 
    grafiklardan foydala-
    nadi.
    Ularning asosiy turlari quyidagilar: 

    ustunli diagrammalar

    narx harakati grafiklari; 

    x-o diagrammalari. 


    160 
    10.1-rasm.
    Texnik tahlil tamoyillari
    100
    400
    300
    200
    500
    600
    700
    800
    Цена акции
    (руб.)
    Дни
    1
    2
    3
    4
    5
    6
    7
    8
    9
    10
    10.2-rasm


    Download 4,09 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   225




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish