• Savdo hajmi maʼlumotlari bilan toʻldirilgan ustunli diagramma
  • Aksiya narxi tebranishi grafigi
  • Aksiya narxi trendi yoʻnalishi
  • Oʻzbekiston respublikasi




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet90/225
    Sana23.06.2024
    Hajmi4,09 Mb.
    #265242
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   225
    Bog'liq
    Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

    Ustunli diagramma
    Diagrammadagi har bir ustun oʻtgan savdo kunidagi aksiya 
    narxining tebranishini ifodalaydi. Ustunning yuqori nuqtasi savdo 
    kunidagi eng yuqora narxni ifodalasa, pastki nuqtasi savdo kunidagi 
    eng past narxni ifodalaydi. Yopilish bahosini ifodalash uchun esa 
    ustunga perpendikulyar chiziqcha oʻtkaziladi.
     
    Texnik 
    tahlilning 
    tamoyillari:
    Bozor hamma narsani 
    hisobga oladi 
    Narxlarning 
    harakatlanishi 
    tendensiyaga boʻysunadi 
    Tarix takrorlanadi 
    Aksiya narxi 
    (rub) 
    Kunlar 


    161 
    Дни
    Цена
    акции
    (руб.)
    1
    2
    3
    4
    5
    250
    300
    350
    450
    500
    10
    15
    20
    25
    10.3-rasm.
    Savdo hajmi maʼlumotlari bilan toʻldirilgan
    ustunli diagramma
    Bu holatda absissa oʻqi boʻyicha chap tomonda narx, oʻng 
    tomonda esa savdo hajmi ifodalanadi. Rasm pastidagi ustunchalar 
    savdo kunidagi hajmni koʻrsatadi.
    Aniqroq aksiya narxi harakati tasvirini olish uchun ularning 
    narxlarini birlashtirish mumkin. Masalan, toʻgʻri chiziqlar orqali 
    yopilish bahosini: 
    1
    2
    3
    4
    5
    6
    7
    8
    Дни
    300
    350
    400
    450
    500
    550
    Цена
    акции
    (руб.)
    10.4-rasm.
     Aksiya narxi tebranishi grafigi
    Aksiya narxi 
    (rub) 
    Kunlar 
    Aksiya narxi 
    (rub) 
    Kunlar 


    162 
    300
    400
    500
    600
    Цена
    акции (руб.)
    Дни
    х
    о
    х
    о
    х
    о
    х
    х о х о х о х
    х о х о х о х
    х о х о о х
    х
    о х
    х
    о х
    х 
    о
    х 
    о
    10.5-rasm.
     Aksiya narxi trendi yoʻnalishi
    Tahlilchi narx har bir oʻzgarishini qayd qilib boradi. Agar narx bir 
    pogʻona oʻssa, u holda diogrammaga X belgisi qoʻyiladi. Keyingi narx 
    oʻsishida yuqoriga yana bir X belgisi qayd qilinadi. Agar narx bir 
    pogʻona pasaysa, u holda oʻng tomondan yangi ustun ochiladi va shu 
    ustundan 0 belgisi bilan belgilanadi. 
    Texnik tahlil mazmunan har qanday moliyaviy aktivning bozor 
    narxini moliya bozori obyektiv baholaydi, degan fikrdan kelib chiqadi. 
    Bu usul umuman olganda aksiyalar bozori kurslari konyunkturasini 
    konkret kompaniya aksiyalari kurslari dinamikasiga prognoz berish 
    uchun oʻrganadi. Bunda avval kurslar dinamikasida sikllar (davrlar) 
    yoki qaytariladigan tendensiyalarni aniqlash maqsadida oldinggi 
    davrlar uchun bozor kurslari tadqiq qilinadi. Keyin esa avvalgi 
    davrlarda aniqlangan tendensiyalarga oʻxshash joriy tendensiyalarni 
    aniqlash maqsadida vaqtning oxirgi davri uchun aksiyalar kurslari 
    tahlil qilinadi. Tahlilning oxirida hozirgi mavjud va avvalgi aniqlangan 
    aksiyalar kurslari tendensiyalari oʻzaro solishtiriladi. Bunda narx 
    trendlari davriy qaytariladi deb qabul qilinadi. Shunday qilib, analitik 
    koʻrilayogan aksiyalar boʻyicha avvalgi va joriy bozor tendensiyalarini 
    aniqlagan holda, kurslarning kelajakdagi dinamikasini yetarlicha aniq 
    prognoz qilishga ishongan holda tahlil qiladi.
    Texnik tahlil yordamida fond bozoridagi narxlar dinamikasini 
    iqtisodiy hodisalarning mazmuniga kirmasdan tadqiqini amalga 
    Aksiya narxi 
    (rub) 
    Kunlar 


    163 
    oshirsa boʻladi. Uni yana grafik tahlil (grafiklar, gistogrammalar, 
    nuqtali diagrammalar, narxlar harakati, indekslar usuli) ham deyiladi. 
    Bunda fond indekslari bozor holatini yaxshiroq ifodalaydi.
    Texnik tahlilni amalga oshirishga quyidagi muhim tahminlarga 
    asoslaniladi:
    - tashqi omillarning har qanday oʻzgarishlari qimmatli 
    qogʻozlarni bozor narxlari (kurslari) dinamikasida oʻz aksini topadi;
    - fond bozoridagi narxlar dinamikasi oldindan idrok qilinadigan 
    maʼlum qonuniyatlarga boʻysunadi, bunday qonuniyatlar barqaror 
    boʻlishi mumkin; 
    - qimmatli qogʻozlar kurslarining avvalgi va joriy bozor 
    tendensiyalarini oʻrganish asosida ularning kelajakdagi oʻzgarish 
    dinamikasini prognoz qilish mumkin.
    Grafik tahlil quyidagi uch asosiy masalani yechishda qoʻllaniladi – 
    fond bozoridagi narxlar darajasini prognoz qilish; qimmatli 
    qogʻozlarni sotish va sotib olish vaqtining optimal momentini topish; 
    fundamental tahlil natijalarining toʻliqligi va toʻgʻriligini tekshirish. 
    Hozirda har ikkala usul bir-birida farqlansada, oʻzlarida bir-
    birlarining u yoki bu komponentlarini qoʻllaydilar. Bundan tashqari 
    ular boshqa tahlil nazariyalari unsurlarini ham oʻz ichiga olishgan, 
    masalan, “effektiv bozor” modellarini, “ehtimoliy asosda behosdan 
    qilingan tanlov” konsepsiyasini. Bunga qaramasdan har ikkala usul 
    ham hozirda fond bozorlarini tahlil qilishda bosh mavqega ega boʻlib 
    kelmoqda. Lekin, bu usullar yangi yondashuvlarni paydo boʻlishi 
    evaziga takomillashib bormoqda. Masalan, I.Fisherning foiz stavkalar 
    nazariyasini, Uilyamsning kapital aktivlarni baholash nazariyasini, 
    Naytning aniq boʻlmagan omillar va risklarni sifat tahlili metodini, 
    Markovichning (keyinchalik Sharp, Tobin, Lintner, Mossin, Blek, 
    Shoulzlarning) optimal portfelni tanlash nazariyasini, SARM 
    modellarini, Elliotning toʻlqinlar nazariyasini, Sorosning refleksiv 
    nazariyasini, Rossning ART modellarini, Molilyani va Millerning 
    nazariyalarini, va h.k. nazariyalarni keltirish mumkin.
    Taʼkidlash joizki, texnik tahlil usuli barcha mutaxassislar 
    tomonidan oson qoʻllanilishi mumkin, fundamental tahlil usulini esa 
    har qanday mutahassis tomonidan oson qoʻllashi qiyinroq kechadi. 
    Chunki fundamental tahlil ancha qiyin ish boʻlib, yetarli maʼlumotlar 


    164 
    bazasini shakllantirishni va mos ravishda moliyalashtirilishni talab 
    qiladi.
    Sekyurimetrik tahlil yordamida bozordagi qimmatli qogʻozlarning 
    ekvivalentlilik potensiali darajalari asosida fond bozorining poten-
    sialini baholash mumkin. Bunda ekvivalentlilik potensialini natijaviy 
    vektorning miqdoriga (natijaviy yoʻnaltirilgan kuch sifatida) koʻpay-
    tmasi qimmatli qogʻozning quvvati kuchini, bu quvvatlarning yigʻin-
    disi esa qimmatli qogʻozlar bozori muhitining quvvati kuchini 
    bildiradi.

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   225




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish