• yetarlicha (munosib) baho berilmagan
  • Fundamental tahlil
  • Oʻzbekiston respublikasi




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet87/225
    Sana23.06.2024
    Hajmi4,09 Mb.
    #265242
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   225
    Bog'liq
    Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

     
    10.2. Fundamental tahlil 
    Fundamental tahlilda qimmatli qogʻozlarni bozor narxlari bilan 
    taqqoslash uchun qimmatli qogʻozlarning obyektiv ravishda asoslan-
    gan ichki qiymatini aniqlash asosiy muammo hisoblanadi. Aktivlar 
    narx darajasining oʻsishi, pasayishi yoki ularning barqaror holatiga 
    olib kelishi mumkin boʻlgan omillarni aniqlash fundamental tahlil 
    tadqiqotlarining mavzusi hisoblanadi.
    Fundamental yondashuvni amalga oshirish natijasi moliyaviy 
    aktivlar narxiga va butun moliya bozoriga bevosita yoki bilvosita taʼsir 
    etadigan omillarni aniqlash va monitoring qilish hisoblanadi. Bu 
    aktivning ichki yoki haqiqiy qiymatini aniqlash maqsadida bajariladi. 
    “Ichki qiymat” aksariyat holatlarda fond bozoridagi talab va taklif 
    nisbati bilan belgilanadigan kompaniya aksiyalari narxi bilan mos 
    kelmaydi.
    Oʻz faoliyatida fundamental tahlildan foydalanadigan investorlarni 
    birinchi navbatda kompaniya aksiyalarining “ichki qiymati” aksiyalar-
    ning birjadagi narxdan katta boʻladigan vaziyat qiziqtiradi. Bunday 
    aksiyalar
    yetarlicha (munosib) baho berilmagan
    aksiyalar sanaladi 


    155 
    va potensial investitsiya obyektlari hisoblanadi. Yetarlicha (munosib) 
    baho berilmagan aksiyalar xarid qilishda investorlar bozor samara-
    dorligi sharoitlarida aksiyalarning fond bozoridagi narxi “ichki 
    qiymat”ga qarab intilishi, yaʼni aksiyalar yetarlicha (munosib) baho 
    berilmagan hollarda – oʻsishidan umid qiladi. 
    Fundamental tahlil 
    – mamlakat va tarmoq iqtisodiyotining 
    fundamental omillarini, kompaniya faoliyati koʻrsatkichlarini tahlil 
    qilishga asoslangan, aktivning bozor qiymatini aniqlash va bashorat 
    qilish usullari tizimi. 
    Fundamental tahlil mazmunan har qanday moliyaviy aktivning 
    “haqiqiy” (yoki ichki real) bahosi kelajakda aktiv egasi olishi mumkin 
    boʻlgan barcha naqd pul oqimlarining keltirilgan bahosiga teng degan 
    fikrdan kelib chiqadi. Shunga mos ravishda tahlilchi (analitik)-
    “fundamentalchi” naqd pul oqimlari miqdorini va uni tushum vaqtini 
    aniqlashga intiladi, keyin esa unga mos diskontlash stavkasini qoʻllab 
    ularning keltirilgan bahosini hisoblaydi.
    Aniqroq aytilsa, analitik nafaqat diskontlash stavkasini baholaydi, 
    balki kelajakda aksiya boʻyicha toʻlanadigan dividendlar miqdorini 
    ham prognoz qilishi lozim. Dividendlar miqdorini prognoz qilish 
    kompaniyaning foyda koʻrsatkichlarini bir aksiyaga va dividendlar 
    toʻlash koeffitsiyentiga nisbatan hisoblashga ekvivalent boʻlib, bir 
    vaqtning oʻzida diskontlash stavkasiga ham baho berishni taqozo etadi.
    Kompaniya aksiyasining ichki bahosi aniqlanganidan soʻng bu 
    baho aksiyalarning joriy bozor kursi bilan solishtiriladi. Bundan 
    maqsad bozorda aksiya toʻgʻri baholanganligini aniqlashdan iborat. 
    Agar aksiyaning ichki bahosi joriy bozor kursidan past boʻlsa, unday 
    aksiya oshirilib baholangan deyiladi, aksincha boʻlsa – past 
    baholangan aksiya deyiladi. 
    Bunda aksiyaning ichki va joriy bozor kursi orasidagi tafovut 
    toʻgʻrisidagi informatsiya tahlilchi uchun muhim ahamiyatga ega. 
    Analitik-fundamentalchilarning fikricha: aksiyani notoʻgʻri baholani-
    shining har qanday holati keyinchalik bozor tomonidan toʻgʻrilanadi: 
    past baholangan aksiyalar kursi tezroq oshadi, oshirilib baholangan 
    aksiyalarning kursi esa oʻrtacha bozor kursiga qaraganda sekinroq 
    oʻsadi.
    Fundamental tahlilga taʼsir eʼtuvchi 
    omillar
    ni keltirib oʻtamiz: 


    156 

    iqtisodiy omillar; 

    siyosiy omillar; 

    turli mish-mishlar va kutilishlar; 

    fors-major holatlari. 
    Fundamental tahlil quyidagi yoʻnalishlar doirasida amalga oshi-
    riladi:
    1. Makroiqtisodiy tahlil, bunda quyidagi omillarni hisobga olingan 
    holda iqtisodiyot va moliya bozorining holati baholanadi:
    - YAIM, bandlik, inflyatsiya, foiz stavkasi, valyuta kurslari va 
    h.k.; 
    - monetar va fiskal siyosat, ularning bozorga va investitsiya 
    muhitiga taʼsiri koʻrib chiqiladi;
    2. Industrial tahlil, bunda iqtisodiyotdagi faollik sikli (davri), 
    uning indikatorlari hamda tarmoqlarni faollik darajasiga nisbatan va 
    rivojlanish davrlari boʻyicha tasniflash amalga oshiriladi, umuman 
    olganda tarmoqlarning parametrlarni bozor konyunkturasi trendidan 
    ogʻishlari tahlil qilinadi va prognozi amalga oshiriladi, tarmoq 
    rivojlanishining sifati tahlil qilinadi;
    3. Aniq bir kompaniya tahlili, bunda kompaniyadagi korporativ 
    boshqaruv holati va rivojlanishi istiqbollari, tashkiliy va biznes fao-
    liyati sharoitlari, moliyaviy koʻrsatkichlari, biznes bahosi, bozordagi 
    nufuzi va boshqa koʻrsatkichlari tahliliy baholanadi;
    4. Qimmatli qogʻozlar bahosini va ularning portfelini modellash-
    tirish. Qimmatli qogʻozlar bahosini modellashtirishda fond bozorining 
    tuzilmasi hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlarning kichik miqdori bilan 
    bogʻliq bitishuvlar har kuni amalga oshiriladigan tor bozor ularning 
    sezilarsiz miqdoriga oʻta sezgir boʻlganligi uchun narxlar bunday 
    bozorda boshqarilishi mumkin, yaʼni bir nechta bitishuvlarni amalga 
    oshirish hisobiga kursning kutilgan darajadagi oshishi yoki pasayishiga 
    erishish mumkin. Keng bozorda esa yirik bitishuvlar ham undagi 
    narxlarga unchalik taʼsir koʻrsatmaydi, chunki bunday bitishuvlar har 
    kuni amalga oshiriladi.
    Taʼkidlash joizki, fundamental tahlil usulidan 1974 yilga kelib 
    Benjamin Grexem va Djeyms Ri voz kechib, yangicha yondashuvni 


    157 
    ishlab chiqqanlar.
    43
    Ularning fikricha, fond bozori samarali boʻlganligi 
    sababli, noeffektiv qismlari kamayib bormoqda, bu esa oʻz navbatida 
    aniqlanishi mumkin boʻlgan baʼzi samarasiz kompaniyalar aksiyalari 
    bilan bogʻliq. Shu maqsadda ular bunday kompaniyalarni aniqlash 
    uchun maʼlum mezonlar toʻplamini taklif qildilar.
    Grexem-Ri yondashuvini texnik tarzda qoʻllash mumkin, chunki 
    kompaniyaning joriy moliyaviy holatini formal tekshirish va moliyaviy 
    hisobotlaridan olingan baʼzi koʻrsatkichlarni kompaniyaning aksiya-
    larini joriy kursi va daromadliligini obligatsiyalarning AAA reytingi 
    bilan solishtirishdan iborat. Bunda quyidagi 10-ta sodda savolga “ha 
    yoki yoʻq” degan javob berish talab qilinadi 10.1-jadvalda keltirilgan.
    10.1-jadval 

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   225




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish