Oʻzbekiston respublikasi




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

Oltin savdo opsionlari.
Bu yerda bitimlar subyektlari tarzida oltin 
qazib oluvchi korxonalar, sanoat isteʼmolchilari va yirik dilerlar 
ishtirok etadilar. Bunday opsionlar bilan amalga oshiriladigan bitimlar 
katta hajmlari va amal qilish muddatlari uzoq vaqt talab qilishi bilan 
ajralib turadi. Bunday opsionlarning vazifasi metall ishlab chiqaruv-
chilarning va isteʼmolchilarining narxdagi xatarlarini silliqlash 
hisoblanadi, yaʼni jarayon ishtirokchilarini spekulyativ motivi emas, 
balki xedjirlashdir. 


147 
Birja opsionlaridan farqli ravishda, uning muhim parametrlariga 
nisbatan axborotning har tomonlama ochiqligi bilan tavsiflanib, 
dilerlik opsionlari yoki toʻgʻridan toʻgʻri sotiladi yoki dilerlik tarmogʻi 
orqali sotiladi. Har qanday holatda ham opsionlar bilan amalga 
oshiriladigan barcha bitimlar tegishli hisobotni taqdim etish bilan birga 
kechishi kerak, bu esa opsion bitim shartlarini bajarilishini kafolatlashi 
va ishtirokchilarning xatarlarini kamaytirishi kerak. Fyucherslar va 
opsionlar bilan (qogʻozdagi oltin) savdo qilish sariq metallni xarid 
qilish-sotish aylanmasidan koʻp karra yuqoriroqdir (ular faqat bir 
necha foizni tashkil etadi). Shu bilan birga, tabiiy oltin bozoriga 
iqtisodiy maʼno boʻyicha ikkilamchi boʻlgan hosilaviy vositalar 
industriyasi keyingi vaqtlarda hajmi koʻp karra ortiq boʻlgani tufayli 
baza aktivining narx dinamikasiga ulkan taʼsir koʻrsatadi. Oltin bilan 
birja bitimilari ishtirokchilari bozorning yuqori darajada oʻzgaruv-
chanligidan manfaatdorlar, chunki bu daromadni oshirish imkonini 
yaratadi. Aynan spekulyantlarning harakatlari koʻpincha bozorning 
harakatini keskin kuchaytiradi. 1980 yilda oltin narxining misli 
koʻrilmagan darajada koʻtarilib ketishi va 1997-1999 yillarda keskin 
tushib ketishi koʻp jihatdan ana shu holat bilan izohlanadi. 
Odatda, oltin narxi jahon iqtisodiyotidagi vaziyatga bogʻliq 
boʻladi. Undan tashqari, oltinning qiymati doim muqobil investitsion 
vositalarning samaradorligi yoki zararli ekanligining indikatori 
boʻlgan. Mablagʻlarning aylanishi oʻsgan, shuningdek oltin kapitali 
oʻsishining turli xil vositalari keng qoʻllanilgan davrda oltin tabiiy 
ravishda narxi mos holda tushgan edi. Aksincha, iqtisodiyot 
stagnatsiyasi holatida, uning orqaga ketishi yoki retsessiyasi pastida 
oltin investorlar tomonidan kapitalni qayd etishning va uning bundan 
keyingi saqlanishining eng barqaror va likvid vositasi sifatida idrok 
qilingan edi. Bu yerda valyuta bozori bilan oʻxshashlikni qayd etish va 
oltinni shveysariya franki bilan taqqoslash mumkin boʻlib, bu valyuta 
oʻzgarishlarini kutib oʻtkazish mumkin boʻlgan bufer sifatida 
hisoblangan. Boshqacha aytganda, bozorda “buqalar” hukmronlik 
qilganda, ehtiyoj ortadi va iqtisodning barcha sektorlarini oʻz ketidan 
tortadi, oltin soyaga oʻtadi. Lekin faqat vaqtincha... Biroq, 
iqtisodiyotning hamma oʻzgarishlari ham global umumjahon tavsifga 
ega boʻlavermaydi. Misol uchun, ikki tanazzulli vaziyatni tahlil 


148 
qilamiz: biri Rossiyada 1998 yilda yuzaga keldi; ikkinchisi hozir 
kechmoqda va butun jahon hamjamiyatida aks etmoqda. 
1998 yilning avgust oyida Rossiya ancha qiyin davrni boshidan 
oʻtkazdi: davlat qisqa muddatli obligatsiyalari narxining tushishi, neft 
inqirozi, 
shuningdek 
buning 
ketidan 
yuz 
bergan 
rublning 
devalvatsiyasi har bir kishiga taʼsir koʻrsatdi. Shunda rossiyaliklar oʻz 
jamgʻarmalarini saqlab qolish uchun banklarda mavjud boʻlgan barcha 
oltinni sotib olishdi va yutqazishmadi. 1998 yilning avgustidan 
boshlab, oltinning bir unsiyasi narxi uch martadan ortiq koʻtarildi. 
Hatto oʻsha vaqtlar undiriladigan 20% QQSni hisobga olganda ham 
oltin investorlarning ishonchini oqladi. Biroq oʻsha vaqtda jismoniy 
shaxslar oltinni faqat oʻz mamlakatlari banklaridan sotib olish 
imkoniyatiga ega edilar. Bunda oltinning unsiyasi qiymati aynan ichki 
bozorda shakllanar edi, unda uning narxi yetkazib beruvchilarning 
cheklanganligi va Rossiya ichida talabning yuqoriligi tufayli umum-
jahon darajasidan mos ravishda yuqori boʻlgan. Hozir esa rossiyaliklar 
uchun inqirozning mahalliyligiga bogʻliq boʻlmagan holda jahonning 
ochiq bozorida oltinni sotib olish uchun barcha imkoniyatlar bor. Bu 
Rossiyada moliyaviy va birja institutlarining rivojlanishi tufayligina 
mumkin boʻlmay, balki xalqaro bozorlardagi chiqish imkoniyatini 
taqdim etuvchi koʻp sonli brokerlarning paydo boʻlishi bilan ham 
mumkin boʻldi. 
2008 yilgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi birmuncha funda-
mental xususiyatga ega. U turli xil mamlakatlarning faqat iqtisodiyo-
tigagina singib kirmay, balki retsessiyani ham vujudga keltiradi. 
Shuning uchun oltinni xarid qilish ham jamgʻarmalarini saqlab 
qolishning eng ishonchli usullaridan biri sifatida qaraladi. 
Oltinning qiymatiga boshqa omillar ham shubhasiz taʼsir koʻr-
satadi. Masalan, dollar va neftning qiymati. Bunda oltin qiymatining 
dinamikasi dollar kursi bilan teskari bogʻlanishda, neft narxlari bilan 
esa toʻgʻridan toʻgʻri bogʻlanishda boʻladi. Buning sababi shu bilan 
izohlanadiki, valyuta bozorining oʻzgʻaruvchanligida va dollar 
kursining pasayishida oltin yana muqobil investitsion gavan sifatida 
ishtirok etadi. Neftga keladigan boʻlsak, u holda bir barel neft 
narxining oʻsishida oltin neftdollarlarini ishlab chiqarish vositasi 
sifatida ishtirok etadi. 


149 

Download 4,09 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish