165
Narxni pastda chegaralovchi chiziqni kesishuvi, narxlar koʻtaril-
gandagi trend soʻnayapti yoki umuman yoʻnalishini oʻzgartirmoqda
deb signal beradi.
Narxlarni pastdan chegaralab turuvchi toʻgʻri chiziq qoʻllab-
quvvatlovchi chiziq deb ataladi.
2. Pasayuvchi yoki “ayiqlar” trendi (downtrend, downward,
bearish trend) bozorda maksimal tebranuvchi narxlar pasaya boshla-
shidan vujudga keladi.
McDonalds kompaniyasi aksiyalarining bozordagi kursi 6 oy
davomida oʻsuvchi trendga ega boʻlgan, lekin avgust oyida narxlardagi
burilish pasayuvchi tendensiyaga oʻzgargan va bozorda “ayiqlar”
trendi hukmron.
Investor esa, McDonalds kompaniyasi aksiyalarini
avgust oyida sotishi kerak, aks holda katta zarar koʻrishi mumkin.
Pasayuvchi trendda narxlarni yuqoridan chegaralab turuvchi
toʻgʻri chiziq qarshilik chizigʻi deb ataladi.
“Ayiqlar” bozorida biz narxlarning pasayishiga qoʻyamiz, chunki
biz uchun narxlarni yuqoridan chegaralab turuvchi toʻgʻri
chiziq
muhimdir. Qarshilik toʻgʻri chizigʻining pasayishi, kesishuvi trend
bilan oʻzgarayotganidan dalolat beradi.
Bir vaqtning oʻzida aniq qoʻllab-quvvatlash toʻgʻri chizigʻiga
hamda qarshilik toʻgʻri chizigʻiga ega boʻlgan trend koʻplab qiziqishlar
uygʻotadi (3-rasmga qarang). Bu trendda narxlarning ham yuqori ham
past darajalarini prognozlashtirishga imkon boʻladi.
3. Uchinchi trend turi – gorizontal trend (trendning mavjud
emasligi). Bu trendda narxlar gorizontal diapazonda tebranadi.
(sideways,
Flat market, trendless). Bu trendning qoʻllab-quvvatlash
yoki qarshilik chiziqlari boʻladi, lekin narxlarning yuqoriga yoki
pastga harakatining aniq tasviri boʻlmaydi.
Bundan tashqari, trendlarni shakli boʻyicha tasniflashimiz
mumkin. Fond bozori savdolarida eng koʻp
uchraydigan trend
shakllaridan biri, bu “bosh” va “yelka” trendidir.
Bu chizmada narxlarni oʻzgarishi natijasida “bosh” va “yelka”
trend turlari oʻz aksini topgan. Bunda savdo boshlangandagi ochilish
bahosidan boshlab narxlar koʻtarilib boradi va eng yuqori nuqtaga
yetib, pastga oʻz yoʻnalishini oʻzgartiradi. Agar biz bu nuqtalarni
tutashtirib chiqsak, bosh va yelka tasvirlari hosil boʻladi.
166
“Ikki qoya” trendida narxlar faqat 2
marta maksimal nuqtaga
erishadi. Bu holda A nuqtada qimmatli qogʻozlarni albatta sotib
yuborish kerak. “Ikki jarlikda” esa buning aksi.
Bu rasmda koʻrishimiz mumkinki, RTS indeksining fond
bozoridagi dinamikasi orqali 10 oy ichida “ikki qoya”
trend shakli
hosil boʻlgan. Trendning ikkinchi maksimum nuqtasi narxlarning
qayrilishini, burilishini ifodalab, bozorda RTS indeksi trendi
tendensiyasining oʻzgarishini
anglatadi, yaʼni “buqalar” trendidan
“ayiqlar” trendiga. Investor uchun bu trend shaklining ahamiyati
shundaki, ikkichi maksimum nuqta RTS indeksining keyingi
savdolarda pasayishini ogoh qiladi.