Normal taqsimot kvantillari




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

Normal taqsimot kvantillari 
Ehtimollilik α, % 
99,99 
99,00 
97,72 
95,00 
90,00 
84,13 
50,00 
Kvantil 
i
α
 
3,715 
2,326 
2,000 
1,645 
1,282 
1,000 
0,000 
Ushbu koʻrsatkichdan α ehtimollikdan ortmaydigan yoki 1–α 
ehtimollikdan ortishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar yoki zarar 
koʻrishning chegaraviy qiymatini aniqlash uchun foydalanish mumkin.
Agar narxlar oʻzgarishining ehtimolli taqsimoti normal taqsimot 
qonuniga boʻysunsa, 
VaR
miqdorini quyidagi formula boʻyicha 
hisoblash mumkin: 
,
 
bu yerda
 –
aktiv (portfel)ning dastlabki qiymati;
 –
koʻrilayotgan davr (risk gorizonti); 
– t vaqt davomida aktiv (portfel) qiymati yoki daromadining 
standart chetlanishi;
 –
ahamiyatlilikning tanlangan darajasi. 
Demak VaR ikkita parametr bilan ifodalanadi: 
1) ahamiyatlilik darajasi (significance level) – α yoki ishonchlilik 
darajasi (confidence level) – 1-α; 
2) savdo kunlari orqali oʻlchanadigan risk gorizonti (risk horizon) – h. 
Odatda ahamiyatlilik darajasi tashqi subyekt tomonidan belgila-
nadi. Misol uchun Bazel II kelishuvi doirasida tijorat banklari oʻzla-
rining bozor risklarini VaR yordamida baholayotganlarida ahamiyat-
lilik darajasini 1% deb olishadi, yaʼni bu 99% ishonchlilik darajasi 
hisoblanadi. Kredit reytingi agentliklari esa bundan ham jiddiyroq 
daraja belgilashadi, yaʼni yuqoriroq ishonchlilik darajasi (0,03% 
ahamiyatlilik yoki 99,97% ishonchlilik darajasi)ni qoʻllashadi. Bunday 
tashqi regulyatorlar boʻlmagan taqdirda VaRning ahamiyatli-
lik/ishonchlilik darajasi foydalanuvchining riskka nisbatan yondashu-
viga bogʻliq hisoblanadi. Foydalanuvchi qancha konservativ boʻlsa, 


180 
shuncha α qiymati past boʻladi va mos ravishda ishonchlilik darajasi 
ham shuncha yuqori qoʻllaniladi. 
Risk gorizonti – bu potensial (istiqboldagi mumkin boʻlgan) 
yoʻqotishlarni qancha davr oraligʻi uchun hisoblanishini anglatadigan 
muddat. Turli risklar tabiiy ravishda ularning likvidliligiga qarab turli 
vaqt oraligʻi boʻyicha baholanadi. Misol uchun Bazel kelishuviga 
muvofiq VaRning risk gorizonti 10 kunni tashkil etadi. Ichki yoki tashqi 
tartibga solish mexanizmlari mavjud boʻlmagan holatlarda VaRning risk 
gorizonti sifatida riskka uchrashning kutilayotgan davr oraligʻi olinadi. 
Likvid aktivning riskka uchrashi likvid boʻlmagan aktivga nisbatan 
ancha tez kutiladi va muvofiq tarzda tez toʻliq xedjirlanadi. Shuningdek 
riskdan holi boʻlish muddati uning sodir boʻlishining koʻlami (razmeri) 
va bozor likvidligiga bogʻliq hisoblanadi. 

Download 4,09 Mb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish