Bozordan tashqari risklar




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

 
Bozordan tashqari risklar
Bozordan tashqari risklar bozor holati bilan emas, balki alohida 
aktivning oʻziga xos jihatlari bilan bogʻliq risk hisoblanadi. Misol 
uchun ushbu risk turiga asosan korxonaning noiqtisodiy omillari 
(rahbariyatni nokompetentligi) tufayli uning aksiyasiga taʼsir riski 
sifatida koʻrish mumkin. Ushbu riskni portfelni diversifakitsiya qilish 
orqali umuman bartaraf qilinishi mumkin. Diversifikatsiya samarasini 
korrelyatsiya koeffitsiyenti orqali tushuntirish mumkin.


182 
Ikkita oʻzgaruvchanning birga harakatlanish tendensiyasi korrel-
yatsiya deyiladi va korrelyatsiya koeffitsiyenti ushbu tendensiyani 
oʻlchab beradigan koʻrsatkich hisoblanadi. Korrelyatsiya koeffitsiyenti 
+1dan -1gacha ifodalanadi va grek harfi bilan belgilanadi. = +1ga 
teng boʻlagan holatda ikkita oʻzgaruvchan mutlaq bir xil harakatlanadi, 
= –1 boʻlsa ikkita oʻzgaruvchan mutlaq teskari harakatlanadi va = 
0 vaziyatda ikkita oʻzgaruvchan umuman bir biriga bogʻliq boʻlmaydi, 
yaʼni bir oʻzgaruvchan ikkinchisidan mustaqil hisoblanadi. 
Oldingi davrlardagi maʼlumotlardan kelib chiqib korrelyatsiyani 
hisoblansa, R harfi bilan ifodalanadi. Quyida ikkita (i va j) aksiya 
oʻrtasidagi korrelyatsiya koeffitsiyentining hisoblash formulasi 
keltirilgan. 

bu yerda: 
– oldingi davrlardagi maʼlumotlardan kelib chiqib aniqlangan 
korrelyatsiya; 
– i aksiyasining t davr uchun haqqoniy daromadliligi; 
– T davrlar mobaynidagi i aksiyasining oʻrtacha daromad-
liligi. 
Agar ikkita aksiyaning korrelyatsiya koeffitsiyenti -1ga teng 
boʻlsa, har biri uchun shunday ulush tanlasa boʻladiki, natijada ularni 
birining oʻz oʻrta (kutilayotgan) qiymatidan chetlanishi boshqasining 
oʻz oʻrta qiymatidan chetlanishini neytrallashtiradi (bartaraf qiladi). 
Bunda ular yordamida shakllantirilgan portfelning standart chetlanishi 
nolga teng boʻladi, lekin shu bilan bir qatorda uning kutilayotgan 
daromadliligi aksiya kutilayotgan daromadliligining oʻrtacha tortilga-
niga teng boʻladi. Demak korrelyatsiya -1ga teng boʻlganda 
portfelning tarkibidagi aksiyalar ulushi toʻgʻri proporsiyada tanlansa, 
uning standart chetlanishi nolga teng boʻladi va risk bartaraf qilinadi. 
Yaʼni portfel shakllantirib diversifikatsiya qilish orqali riskni bartaraf 
qilinadi. 
Agar korrelyatsiya +1ga teng boʻlsa, portfelning standart 
chetlanishi aksiyaning standart chetlanishlarining oʻrtacha tortilganiga 


183 
teng boʻladi. Bunday holatda diverifikatsiya naf keltirmaydi va risk 
roʻy bersa undan koʻriladigan ehtimolli yoʻqotishlari muqarrar 
hisoblanadi.
Shunday qilib -1 va +1 oraligʻida korrelyatsiya kuzatilsa, portfel-
ning standart chetlanishi aksiyalarning oʻrtacha tortilgan standart 
chetlanishlaridan past boʻladi va risk darajasini diversifikatsiya qilish 
orqali pasaytirsa boʻladi. Amaliyotda diversifikatsiya maqsadida 
portfel shakllantirish uning tarkibidagi aksiyalarni korrelyatsiyasi 
koʻpincha aynan shu oraliqda boʻladi. Bunda diversifikatsiya riskni 
toʻlaqon bartaraf qila olmaydi. 

Download 4,09 Mb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish