185
2. Markovisning “Portfel nazariyasi”ga asoslangan riskni baholash
uslubiyotlari;
3. Riskdagi qiymat (Value at Risk) hamda unga bogʻliq riskni
baholash uslubiyotlari.
Ushbu evalyutsion bosqichlarni tarixiy ketma-ketlikda yoritib
riskni baholashning kelajakdagi istiqbolli yoʻnalishalarini quyida
muhokama qilib oʻtamiz.
Olimlar risk va noaniqlikni iqtisodiy kategoriyalar sifatida
farqlashadi va bunga birinchi bor oʻz izlanishlarida amerika iqtisodchi
olimi Frenk Nayt eʼtibor qaratgan va
bu kategoriyalarni batafsil
yoritib, chegaralab bergan.
Nayt fikricha risk – bu maʼlum ehtimollik bilan ifodalangan
tasodifiylik, noaniqlikda esa tasodifiylik nomaʼlum ehtimollik bilan
ifodalanadi degan fikrni ilgari surgan.
54
Biroq moliyaviy risklar
boʻyicha adabiyotlarda bunday farqlash deyarli uchramaydi.
Risk va riskni baholashning muhim jihati – bu portfel diversifikat-
siyasi hisoblanadi. Diverifikatsiya deganda
bir nechta aktivlarga
investitsiya kiritish orqali hamda ehtimolli daromadlilikni oʻzgarmas
saqlab qolish bilan umumiy risklarni kamaytirishni tushiniladi. Chunki
barcha risklar barcha aktivlarga ham teng taʼsir koʻrsatmaydi. Shu bilan
birga albatta diversifikatsiya orqali kamaytirib boʻlmaydigan risklar ham
iqtisodiyotda mavjud (masalan foiz stavkasi riski).
Koʻpchilikni fikridan farqli oʻlaroq riskni baholash va
diversifikatsiyalash Markovisning portfel nazariyasidan oldin tadqiqi
qilingan. Rubinshteynnning taʼkidlashicha rossiya iqtisodchi olimi
Bernulli 1938 yilda
55
riskli qarorlarni kutilayotgan
naflilikka asosan
baholash mumkinligini isbotlaganida diversifikatsiya orqali daromad-
lilikni pasaytirmasdan riskni kamaytirish haqida toʻxtalgan.
56
Markovisdan oldin 1906 yilda Irving Fisher iqtisodiy riskni
dispersiya yordamida baholagan.
57
Tobin esa investitsion portfel
risklarini daromadlilikning dispersiyasiga bogʻlagan.
58
54
F.H. Knight. Risk, uncertainty and profit. Houghton Mifflin Company, 1921.
55
D. Bernoulli. Exposition of a new theory on the measurement of risk. Econometrica: Journal of the
Econometric Society, pages 23–36, 1954.
56
M. Rubinstein. Markowitz’s “Portfolio Selection”: A Fifty-Year Retrospective.
The Journal of Finance,
57(3):1041–1045, 2002.
57
Irving Fisher. The Nature of Capital and Income. Macmillan, 1906.
58
J. Tobin. Liquidity preference as behavior towards risk. The Review of Economic Studies, pages 65–86, 1958.
186
Zamonaviy qimmatli qogʻozlar tahlilining otasi sanalgan Benje-
min Grem riskni baholashga oʻzining xavfsizlik marjasi gʻoyasini
hamda riskni kamaytirish uchun diversifikatsiya amaliyotini taklif
qilgan.
59
Ushbu qiymatga asoslangan investitsiyalash metodologiyasi
tarafdorlaridan taniqli Djeremi Grentem va Uorren Baffetlar
gavdalansa-da, moliyaviy matematiklar
jamiyati tomonidan bu ilmiy
qarashlar keyinchalik tadqiq etilmagan.
60
Iqtisodchi olimlar risk haqida koʻplab qarashlarni shakllantirga-
niga qaramasdan riskni baholash standart moliyaviy hisobot tahlili
sifatida qaralgan. Markovis birinchi bor portfel riski, diversifikatsiya
va aktivlarni tanlashga matematik yondashuv bilan tavsiflab bergan.
61
Bu matematik apparat aktivning kutilayotgan (oʻrta) qiymati,
dispersiyasi va kovariatsiyasidan tashkil topgan edi. Markovisning
portfel nazariyasi riskni baholashda oʻta muhim innovatsiya edi va bu
uchun muallif Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
Demak Markovis portfel riskini
uning daromadliligining
dispersiyasiga teng deb hisobladi.
62
Agar portfelning kutilayotgan
(oʻrta) daromadliligi quyidagicha aniqlansa,
unda portfelning dispersiyasi quyidagi formula bilan ifoda:
bu yerda:
– portfel tarkibidagi aktivlar soni;
– portfel tarkibidagi aktivlar va
;
– i-nchi
aktivning portfeldagi ulushi, quyidagi cheklovchi
shartni hisobga olgan holda:
,
;
–