192
Retrospektiv
79
simulyatsiya (Historical Simulation) usuli.
Bunda uzoq davrni ichiga olgan statistik maʼlumotlarga tayanib portfel
yoʻqotishlarining empirik
80
ehtimolli taqsimotini aniqlanadi. Keyin
mos keladigan kvantildan keltirib chiqish
orqali VaR qiymatini
aniqlanadi. Bu yondashuvni tadbiq qilish qulay hisoblanib, statistik
usullar yordamida takomillashtirish mumkin.
Parametrik yondashuv.
Ushbu
usul istalgan kumulyativ
ehtimollik uchun VaRni aniqlash boʻyicha analitik yechimni talab
etadi. Afsuski taqsimotning barchasi ham yechimga ega emas,
biroq
VaRni hisoblash uchun chekli qiymat nazariyasi (chegaradan ortadigan
choʻqqi va umumiy chekli qiymat taqsimoti)dan foydalanish
mumkin.
81
Monte Karlo Simulyatsiyasi usuli.
Monte Karlo simulyatsiyasi
aktivlar yoki portfelni oʻzida aks ettiradigan
biror bir tasodifiy
jarayonni (misol uchun stoxastik differensial tenglama) simulyatsiya
qilish uchun umumiy usul hisoblanadi. Yetarli simulyatsiyalar sonidan
keyin yoʻqotishlar taqsimotini va buni natijasida retrospektiv
simulyatsiya singari turli ehtimolliklar uchun
VaRni keltirib chiqish
mumkin. Ushbu yondashuvni ahamiyatliligi boʻyicha tanlanma,
stratalashgan
82
tanlanma va anitetik
83
tanlanmalarni
amalga oshirish
kabi turli hisoblash texnikalari bilan takomillashtirish mumkin.
84