• 2. Tizimli riskni erta aniqlash indikatorlari.
  • Stress-test kamchiliklari va afzalligi




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/225
    Sana23.06.2024
    Hajmi4,09 Mb.
    #265242
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   225
    Bog'liq
    Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

    Stress-test kamchiliklari va afzalligi 
    Kamchiliklar 
    Afzallik 
    Statistik maʼlumotlarni toʻplashda 
    yoʻqotishlar kuzatilishi; 
    Stress sharoitida banklar chiziqli ha-
    rakatlanmasligi (har bir bank oʻzga-
    cha reaksiya koʻrsatishi). 
    Nazorat organiga murakkab tizimli 
    modellarni ishlab chiqishi uchun mo-
    liyaviy institularda toʻplangan riskning 
    konsentratsiyasi va koʻlami haqida 
    dastlabki maʼlumot berishi. 
    2. Tizimli riskni erta aniqlash indikatorlari. 
    Ushbu usulning 
    mohiyati tizimdagi risk darajasini taqriban aniqlaydigan iqtisodiy 
    indikatorlar aniqlagan chegaraviy qiymatdan yuqori boʻlgan davrlarni 
    aniqlaydi va bu inqiroz boshlanishiga xabar vazifasini bajaradi. Inqiroz 
    boʻyicha erta xabar berish tizimiga misol tariqasida Xalqaro Valyuta 
    Fondi tomonidan qoʻllaniladigan moliyaviy barqarorlik koʻrsatkichlari 
    majmuini keltirsa boʻladi.
    45
    Ushbu tizim ikkita indikatorlar guruhiga 
    boʻlinadi: 
    1. CAMELS
    46
    indikatorlari moliyaviy inqirozning mikroiqtisodiy 
    tarkibini xarakterlaydi. U asosiy kapital darajasi, aktivlar sifati, bosh-
    qaruvning ishonchliligi, foydalilik, likvidlilik va bozor riskiga taʼsir-
    chanlik kabi koʻrsatkichlardan tarkib topadi.
    2. Makroiqtisodiy indikatorlar. Ularga iqtisodiy oʻsish surʼati, 
    toʻlov balansi holati, inflyatsiya darajasi, foiz stavkasi va valyuta kursi 
    kabi makroiqtisodiy koʻrsatkichlar kiradi. 
    Erta xabar berish indikatorlari usuli boʻyicha tanqidlar shundan 
    iboratki, ular inqirozdan keyingi siljishlar taʼsirini, yaʼni inqiroz 
    boshlanganidan keyingi koʻrsatkichlar oʻzgarishini inobatga olmaydi.
    47
    45
    Indicators of financial stability. Compilation Guide – Washington, DC, USA: International Monetary Fund, 
    2007 
    46
    CAMELS indekatorlari guruhining nomi uning tarkibiga kiruvchi indikatorlarning bosh harfidan tuzilgan 
    abbreviatura hisoblanadi, ya’ni Capital adequacy, Asset quality, Management, Earnings, Liquidity, Sensitivity 
    kabi moliyaviy ko‘rsatkichlardan iborat. 
    47
    Solntsev O.G., Pestova A.A., Mamonov M.E., Magomedova Z.M. Experience in Developing Early Warning 
    System for Financial Crisis and the Outlook for the Banking Sector in Russia in 2012. // Journal of the New 


    178 
    Shuningdek hech bir kafolat yoʻqki oldingi yil qayd qilingan 
    qonuniyatlar kelgusi yilda ham oʻz kuchida qolishiga. 

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   225




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish