176
1. Fond (yoki narx) riski – bu aksiyalar narxining tushishi riski.
2. Foiz riski – bu foiz stavkasi oʻzgarishi riski.
3. Valyuta riski – bu valyuta kurslari oʻzgarishi riski.
Bozor risklarini baholash uchun amaliyotda
VaR usulidan keng
foydalaniladi.
2008 yildagi inqirozdan keyin bozor risklarini aniqlash va
baholash muammosi dolzarb boʻlib qoldi. Ushbu davr talabiga
munosib iqtisodchi olimlar tomonidan qator
statistik usullar va yangi
miqdoriy baholash usullari tadqiq qilindi. Iqtisodchi olimlar Dimitrios
Bisias, Mark Flood, Andrew W. Lo,Stavros Valavanis tomonidan
tadqiq qilingan “ASurvey of Systemic Risk Analytics”
nomli asarda
tizimli
riskni
turli
tomondan
miqdoriy
baholashning
31ta
uslubiyotining sharhi berilgan.
44
Ulardan amaliyotga joriy qilish
imkoniyati nuqtai nazaridan eng samarador va eng keng tarqalgan
toʻrtta usulni quyida koʻrib chiqamiz.
1. Stress-test usuli.
Stress-testlar alohida moliyaviy institutni yoki
butun tizimni makroiqtisodiy yoki makromoliyaviy oʻzgarishlariga
nisbatan qanchalik zaifligini baholashga xizmat qiladi.
Stress-testlar
boshqa usullardan farqli tarzda tizimli riskni vujudga kelish
ehtimolligini emas, balki agar oʻzgarish (shok) roʻy bersa, oqibatlar
qanaqa boʻlishini aniqlaydi. Stress-test oʻtkazilishida
odatda bir yoki
bir nechta (pozitiv, oʻrta, negativ) ssenariylardan foydalaniladi. Ular
dastlabki shok kattaligi, prognozlash gorizonti,
risk omillarini stress-
test obyektining barqarorligiga salbiy taʼsirining darajasi kabi
parametrlar boʻyicha farqlanadilar.
Stress-testning quyidagi yoʻnalishlari mavjud:
- pastdan tepaga usuli. Masalan banklar oʻzining yoʻqotishlar
darajasini har bir ssenariy boʻyicha mustaqil aniqladilar va
umumlashtirish uchun yuqori turuvchi megaregulyator (Markaziy
Bank)ga taqdim etadilar.
- tepadan pastga usuli. Masalan Markaziy Bank tomonidan yagona
metodologiya boʻyicha butun tizim (tijorat banklari)ni
testdan
oʻtkazilishi.
44
Nicolas Blancher, Srobona Mitra, Hanan Morsy, Akira Otani, Tiago Severo, and Laura Valderrama. Systemic
Risk Monitoring (SysMo) Toolkit – A User Guide. IMF Working paper, July 2013.
177
Pastdan tepaga usulda har bir bank oʻzining riski va yoʻqotishlari
tizim yoki kontragentlarga taʼsiri yoki oʻzaro taʼsirini emas, balki oʻz
faoliyatiga taʼsirini baholaydi.
11.1-jadval