146
Shoshilinch bitimning boshqa ommabop shakli 1976 yilda birinchi
marta kiritilgan oltinga opsion hisoblanadi, bunday shakl Amerikada u
bilan oʻtkazilgan operatsiyalardan soʻng 1982
yilda keng tarqalib
ketdi.
Xedirlashning boshqa vositalariga nisbatan
opsion
shunisi bilan
jozibadorki, u konyukturaning noqulay oʻzgarishidan
muhofaza qilish
maqsadida ijro etish narxini qayd qilishdan tashqari u qulay
konyukturadan foydalanish imkonini beradi. Opsion xaridorining
yoʻqotishlari maksimal miqdori toʻplangan mukofot bilan chegaralan-
gan, yutuq esa imkoniyatli tarzda chegaralanmagan.
Mos ravishda,
opsion sotuvchisi uchun aksincha vaziyat paydo buladi. Opsionlar
birjadan tashqari bozorda ham muomalada boʻlishi mumkin. Bunday
opsionlar dilerlik opsionlari deyiladi. Ular
farq qiluvchi jihatlari
shundaki, u birja tomonidan emas, balki aniq yuridik shaxs tomonidan
emitatsiya qilinib, u opsionning ijro etilishini kafolatlaydi. Bunda
dilerlik opsionlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
- xususiy spekulyativ talabni qondirish
uchun chakana bozorda
sotish uchun moʻljallangan opsionlar;
-
oltin savdo opsionlari.
Xususiy spekulyativ talabni qondirish uchun chakana bozorda
sotish uchun moʻljallangan opsionlar dastlab yuqori riskli edi. Chunki
1970-yillarning ikkinchi yarmida AQSHda bozorning yuqori dajada
oʻzgaruvchi boʻlganligi tufayli juda koʻp firibgarlik holatlari qayd
etilgan. Dilerlik opsionlari bilan savdo qilishni
tashkil etish yangi
talablarning kiritilishi hokimiyatning bunga aks taʼsiri boʻldi. Xususan,
kastodial bankda oltinni deponentlash, shuningdek diler uchun
opsionni ijro etguncha yoki uning amal qilish muddati oʻtib ketguncha
opsion mukofotini deponentlash nazarda tutilgan edi.