145
ketishidan oʻzini himoya qilishni nazarda tutadi. Sugʻurta qilish
kelajakda oʻzaro hisob kitoblarni amalga oshirish rejalashtirilayotgan
narxni qayd etish yoʻli bilan taʼminlanadi. Biroq, bunday bitim yanada
qulayroq konyunkturadan foydalanish imkonini bermaydi.
Forvard bekor qilinishi mumkin emas. Uni faqat bitimda kelishilgan
tovar miqdorini joriy kurs boʻyicha oldi-sotti yoʻli bilan keyinchalik uni
forvard bitimida belgilangan kurs boʻyicha sotib uni faqat muvozanatga
keltirish (forvard pozitsiyasini yopish) mumkin. Banklararo oltin
bozorida mazkur bitimlar juda kamdan-kam tuziladi. Metallni muddatga
sotish zarur boʻlganda sotuvchi, odatda, uni spot sharti bilan sotadi, keyin
esa svop bitimini tuzadi: metallni spot shartlarida
xarid qiladi va shu
bilan bir vaqtda uni forvard shartlarida sotadi.