• Mavzu:Kiberjinoyatchilik, kiberhuquq va kiberetika.
  • O„zbekiston respublikаsi




    Download 2,37 Mb.
    bet8/98
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,37 Mb.
    #241674
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98
    Bog'liq
    13241 2 62D59433227506AEF1BEA6CA35C85C6376F78A92

    Nazorat savollari





    1. Axborot xavfsizligi tushunchasi nimani anglatadi?

    2. Axborot xavfsizligining qanday tashkil etuvchilari mavjud?

    3. Axborot xavfsizligi milliy xavfsizlik tizimida qanday o‗rin tutadi?

    4. Axborot xavfsizligining zamonaviy konsepsiyasi nima?



      1. Mavzu:Kiberjinoyatchilik, kiberhuquq va kiberetika.




    Tayanch iboralar: kiberjinoyatchilik, kiberhuquq,kiberetika.

    Ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlardan tashqari, kompyuter texnologiyalari va Internet ham, odamlar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarning imkoniyatlarini kengaytiruvchi boshqa vositalar kabi, jinoyatlarni sodir etishda ishlatilishi mumkin. Kompyuter jinoyati yoki kompyuter jinoyatlarining nisbatan uzoq vaqtdan beri davom etayotgan hodisani tashkil etsa-da, global tarmoqqa ulanish o‗sib borishi zamonaviy kiber jinoyatlarning rivojlanishi bilan uzviy bog‗liqdir.


    1960 yildan buyon kompyuter tizimlariga jismoniy zarar yetkazish va saqlangan ma‘lumotlar, kompyuter tizimlaridan ruxsatsiz foydalanish va elektron ma‘lumotlarning manipulyatsiyasi, kompyuterda firibgarlik va dasturiy ta‘minotning qaroqchiliklari kabi huquq buzarliklar jinoyat deb topildi.
    Ustunlik buzg‗unchi-jinoyatchilar tomonida. Qidiruv tizimi bilan mashhur Google korporatsiyasi yaqinda u yuritadigan sistemalar nishonga olingani haqida xabar topdi. Jinoyat Xitoydan turib amalga oshirilgan.
    Gap intellektual mulk, mualliflik huquqi va uni o‗zlashtirishga urinish haqida ketmoqda. Google qatorida Yahoo, Dow Chemical va Northrov Grumman kabi 20 dan oshiq boshqa yirik kompaniyalar ham xurujlardan shikoyat qiladi. Internetda biznes yuritish xavfli bo‗lib qolgan, deydi mo‗taxassislar. ―Masalani qay jihatidan olib qaramang, ustunlik buzg‗unchi-jinoyatchilar tomonida‖, - deydi ekspert Larri Klinton. ―Qonunlar sust. Sohani yaxshi biladigan mo‗taxassislar kam. Xurujlarni uyushtirish oson va arzon. Qo‗lidan kelgan odam katta mukofot oladi‖.
    Buning ustiga, o‗tgan yillar ichida himoya texnologiyalari bobida uncha yangilik bo‗lgani yo‗q. Internet - xakerlar uchun cheksiz imkoniyatlar dunyosi.

    Download 2,37 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98




    Download 2,37 Mb.