• Gigienik talablar deganda
  • Ekspluatasion talablar
  • O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti




    Download 9.08 Mb.
    bet17/71
    Sana24.02.2023
    Hajmi9.08 Mb.
    #43395
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71
    Bog'liq
    a41f4405bf5212879f03b4e20f31e1c0 KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH
    Методичка 1й курс, Besh tashabbus, ish reja yangi matematika tug\'risi, Mexatronika fani haiqda umumiy ma’lumot. Mexatronikaning maqsad -fayllar.org, 2-Mavzu. Mexatronika va robototexnika asoslari haqida tushunchal, Mexatronika va mikrokontrollerlar haqida, Mexatronika va robotlarn-kompy.info, X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar, Amaliy mashg’ulot №1 avtomatlashtirilgan zamonaviy mexatronika v, 1-Doiraviy elastik sterjenning buralma tebranishi masalasi, Parametric Random Excitation of a Damped Mathieu Oscillator, 5-son aniq-2021 (2), Ilmiy seminar tarkibi va rejasi 2023
    3). Kiyimga qo’yiladigan talablar. Kiyimni loyihalash kiyimga qo‘yiladigan talablardan boshlanadi. Har qanday tikuvchilik buyumlariga aniq belgilangan talablar
    qo‘yiladi. Kiyimga iste’molchi va ishlab chiqarish talabi qo‘yiladi. Iste’molchining talabi o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
    1. Gigiyenik talab.
    2. Ekspluatasion talab.
    3. Estetik talab.
    Gigienik talablar deganda, shuni tushuniladiki, kiyimdan foydalanganda kiyim odam sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi, erkin harakatlanish vaqtida halaqit bermasligi kerak, ya’ni yozda kiyiladigan kiyimlar yengil, havo o‘tkazuvchan bo‘lishi, quyosh
    nurini qaytaruvchan bo‘lishi, namni shimuvchan bo‘lishi kerak. Bunda gazlama asosiy rol o‘ynaydi. Kiyim tabiiy tolali gazlamalardan tikilishi talab qilinadi. Masalan: paxta, iрak, jun, zig‘ir tolali gazlamalar juda yaxshi, gigiyenik hisoblanadi.
    Qishki kiyimlar odam tanasidan chiqqan issiqlikni saqlovchi, yengil va qulay bo‘lishi kerak. Shuning uchun qishki kiyimlar ko‘pincha jun tolali gazlamalardan tikiladi. Kiyimga ishlov berishda iloji boricha yengil bo‘lishiga, bichimi esa qulay bo‘lishiga e’tibor berish kerak. Kuzgi va bahorgi kiyimlar esa haroratning pastligi va yog‘ingarchilik ko‘pligiga asoslanib ko‘proq sintetik tolali gazlamalardan tikiladi.
    Ekspluatasion talablar deganda, kiyimning vazifasiga va foydalanish sharoitlariga mosligi, qulayligi, chidamliligi, ishonchliligi, shaklining barqarorligi tushuniladi. Kiyilish davrida kiyim turli mexanikaviy va biologik ta’sirlarga duch keladi, nam vaqtida buraladi. Kiyim ana shu ta’sirlarga chidamli bo‘lishi kerak. Bunday ta’sirlardan kiyim sitiladigan, cho‘ziladigan, rangini o‘zgartiradigan yoki g‘ijimlanadigan bo‘lsa u uzoqqa chidamaydi. Shuning uchun gazlamanin xususiyatlarini e’tiborga olgan holda kiyim modelini to‘g‘ri tanlash kerak, ya’ni cho‘ziluvchan, sitiluvchan, gazlamalardan kengroq burmalangan kiyimlar tikilgani
    ma’qul. Undan tashqari kiyimning yoqalari, yenglari, bortlari, cho‘ntak og‘izlari ko‘p ishqalanadi. Bu yerlarga puxta texnik ishlov berish kerak. Aks holda kiyim o‘z ko‘rinishini yo‘qotadi.

    Download 9.08 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71




    Download 9.08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti

    Download 9.08 Mb.