• Hisoblab loyihalash usuli
  • 2). O’lchab-hisoblab va yagona loyihalash usuli. O‘lchab — hisoblab loyihalash usuli
  • O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti




    Download 9.08 Mb.
    bet20/71
    Sana24.02.2023
    Hajmi9.08 Mb.
    #43395
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71
    Bog'liq
    a41f4405bf5212879f03b4e20f31e1c0 KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH
    Методичка 1й курс, Besh tashabbus, ish reja yangi matematika tug\'risi, Mexatronika fani haiqda umumiy ma’lumot. Mexatronikaning maqsad -fayllar.org, 2-Mavzu. Mexatronika va robototexnika asoslari haqida tushunchal, Mexatronika va mikrokontrollerlar haqida, Mexatronika va robotlarn-kompy.info, X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar, Amaliy mashg’ulot №1 avtomatlashtirilgan zamonaviy mexatronika v, 1-Doiraviy elastik sterjenning buralma tebranishi masalasi, Parametric Random Excitation of a Damped Mathieu Oscillator, 5-son aniq-2021 (2)
    Mulyaj usulining mohiyati shundan iboratki, maneken yoki kishi gavdasiga maket material (gazlama, yengil-yumshoq qog‘oz yoki to‘rkanva) modelning formasiga moslab to‘g‘nag‘ichlar bilan qadab chiqiladi. Тo‘g‘nag‘ichlar odam gavdasining konstruktiv chiziqlari bo‘ylab (bo‘yin, yelka, yeng o‘yindisi, yon, bel, o‘rta chiziqlar) to‘g‘nag‘ichlanadi. So‘ngra rangli iрda to‘g‘nalgan joylardan tikib
    chiqiladi. Shunda ko‘krak do‘ngligini aniqlovchi ko‘krak vitochkasi ikki tomonlama tikiladi. So‘ngra to‘g‘nag‘ichlar bo‘shatilib gazlama yoki qog‘ozni stol ustiga yoyiladi. Bu hosil bo‘lgan chizma gavdaning asos chizmasi hisoblanadi. Bu usuldan murakkab bichimli kiyimlarni loyihalashda va ko‘pgina saxna kiyimlarini, tarixiy kiyimlarni loyihalashda qo‘llaniladi.
    Hisoblab loyihalash usuli. XIX asrning boshlarida Fransiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda loyihalashning hisoblash (bichish tizimi) usuli tarqala boshlandi. Bu usulni ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan bichuvchilar ixtiro qilganlar. Ular gavdadan ayrim o‘lchovlarni olib, sodda hisoblash formulalari yordamida buyum detallari chizmasini gazlamaning o‘zida bajaradilar, ya’ni alohida andaza tayyorlab o‘tirmaydilar. Bu usul yakka tartibda buyum ishlab chiqarishda qo‘llanilgan.
    2). O’lchab-hisoblab va yagona loyihalash usuli.
    O‘lchab — hisoblab loyihalash usuli. Kiyimni yakka buyurtma yo‘li bilan tikishda o‘lchab-hisoblab loyihalash usuli juda mos keladi, chunki bu usulda gavdani aniq o‘lchangani tufayli gavdaning o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olish imkonini beradi.
    Hozirgi vaqtda o‘lchab-hisoblab loyihalash usullari bo‘yicha kiyim detallari chizmasini tuzish keng tarqalgandir. Bu usulda gavdadan kerakli o‘lchovlar olinadi, hisoblash jadvali tuziladi. Jadval asosida buyumning asos chizmasi chiziladi. Bu usuldan maktablarda o‘quv muassasalarida to‘garaklarda qo‘llaniladi. Bu usulning bir necha o‘nlab turlari mavjud. Chizma chizishni, andaza tayyorlashni o‘rganayotgan kishilar uchun bu usul qulay hisoblanadi.
    Yagona loyihalash usuli. Mamlakatimiz va o‘zaro iqtisodiy yordam kengashi (O‘IYoK) a’zolari bo‘lgan mamlakatlar tikuvchilik sanoatlarida kiyimni loyihalash usullarini takomillashtirish ustida ishlab loyihalashning yagona usulini ishlab chiqqanlar. Bu usul boshqa usullardan universalligi bilan ham farq qiladi, chunki har qanday bichimdagi va ko‘rinishdagi kiyimlar loyihasini tuzishda baza loyihalar asos qilib olinadi. Bu usulni yaratish jarayonida aholining antropometrik o‘lchovlari asosida standartlar ishlab chiqilgan. Bu standartlar ayollar, erkaklar va bolalar assortimentlari uchun alohida-alohida ishlab chiqilgan. Bu usuldan tikuvchilik korxonalari foydalanadi. Korxonadagi loyihachilar standartlarda berilgan loyhalash usuli o‘lchovlardan foydalanib buyum assortimentiga qarab buyumning asos chizmasini loyihalaydilar, modellashtirib buyum andazasini hosil qiladilar. Bu andazalardan foydalanib tikilgan buyumlar aholining buyumga bo‘lgan ehtiyojini 80-85% ga qondiradi. Bu usulda loyihalash jarayonida turli razmer (o‘lcham) larga, rost (bo‘y) larga, to‘lalikka moslab andazalar tayyorlanadi.
    Ko‘krak yarim aylanasi II ga binoan kiyim razmeri aniqlanadi. Razmerlar orasidagi farq — 2 sm bo‘ladi. Masalan: 40, 42, 44, 46 va hokazo. Ayollar va erkaklar uchun 6 tadan rost mavjud bo‘lib, rostlar orasidagi farq — 6 sm bo‘ladi.
    Ayollar uchun: I-146 Erkaklar uchun: I-152
    II-152 II-158
    III-158 III-164
    IV-164 IV-170
    V-170 V-176
    VI-176 VI-182
    Ikkinchi ko‘krak aylanasi (KYaAII) bilan bo‘ksa aylanasi
    (BkYaA) o‘lchamlari orasidagi farq bo‘yicha to‘lalik guruhi aniqlanadi. Bu farq birinchi to‘lalik guruhida 4 sm, ikkinchisida 8 sm, uchinchisida 12 sm ga teng.
    Тayyor kiyim sotib olinayotganda albatta, odam o‘zining bo‘yini va o‘lcham belgilardan KYaAII bilan BkYaA larni bilishi kerak.

    Download 9.08 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71




    Download 9.08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti

    Download 9.08 Mb.