). Kiyimni loyihalashda ishlatiladigan qo’shimchalar




Download 9.08 Mb.
bet21/71
Sana24.02.2023
Hajmi9.08 Mb.
#43395
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71
Bog'liq
a41f4405bf5212879f03b4e20f31e1c0 KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH
Методичка 1й курс, Besh tashabbus, ish reja yangi matematika tug\'risi, Mexatronika fani haiqda umumiy ma’lumot. Mexatronikaning maqsad -fayllar.org, 2-Mavzu. Mexatronika va robototexnika asoslari haqida tushunchal, Mexatronika va mikrokontrollerlar haqida, Mexatronika va robotlarn-kompy.info, X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar, Amaliy mashg’ulot №1 avtomatlashtirilgan zamonaviy mexatronika v, 1-Doiraviy elastik sterjenning buralma tebranishi masalasi, Parametric Random Excitation of a Damped Mathieu Oscillator, 5-son aniq-2021 (2)
3). Kiyimni loyihalashda ishlatiladigan qo’shimchalar.
Kiyim gavda yuzasining shaklini to‘la takrorlamaydi va gavdaning u yoki bu joylariga turlicha yopishib turadi. Ma’lumki ko‘krak qismida, belda, bo‘ksada kiyimning gavdaga qay darajada yopishib turishi kiyim bichimini (siluetni) belgilaydi. Kiyim bichimi yelka kengligi va balandligi, modelning etak kengligi bilan ham xarakterlanadi. Kiyim qay darajada gavdaga yopishib turishiga qaramay uning ichki o‘lchamlari odam gavdasining o‘lchamlaridan katta bo‘ladi. Shuning uchun kiyim loyihasi asosining chizmasini tuzish uchun gavda o‘lchamlarining o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Kiyim ichki o‘lchamlarining gavda o‘lchamlaridan farqining miqdori qo‘shimcha deyiladi va „Q“ harfi bilan belgilanadi.
Qo‘shimchalar nimaga mo‘ljallanganiga qarab zarur bo‘lgan minimal (texnik) „Qtex“ va konstruktiv-dekorativ — „Qkd“ qo‘shimchalarga bo‘linadilar.
Qtex — ko‘shimcha bemalol harakat qilishni bemalol nafas olishni ta’minlaydi, gazlama tana yuzasi bilan kiyimning ichki yuzasi orasida havo qatlami hosil qilishi imkonini beradi. Bunday havo qatlamining issiqlik almashuvini tartibga solishda katta ahamiyati bor.
Тexnik qo‘shimcha o‘z navbatida 4 ga bo‘linadi:
— minimal qo‘shimcha;
— kiyim qavati uchun;
erkin harakatlanish uchun;
— texnologik.
Minimal qo‘shimchada odamning qon aylanishi, nafas olishi, ovqat hazm bo‘lishi hisobga olinadi.
Kiyim qavati uchun qo‘shimchada asosan ustki kiyimlar uchun ichidan necha qavat kiyilishini hisobga olgan holda bo‘shliq beriladi.
Erkin harakatlanish uchun qo‘shimchada asosan kiyimni qayerda kiyilishini hisobga olgan holda olinadi, ya’ni kiyimning vazifasiga, assortimentiga qaraladi. Masalan, sahnada ashula aytadigan xonandaning kiyimiga nisbatan qurilishda kiyiladigan ish
kiyimida bir necha marta ko‘p qo‘shimcha bo‘ladi, chunki u yerda odam ko‘p harakatlanadi.
Тexnologik qo‘shimchada kiyimni tayyorlash jarayonida uning gazlamasi turiga qalinligiga qarab ishlov berilishiga, ya’ni qotirmalar issiq qatlamlar bilan ishlov berish hisobga olinadi.
Konstruktiv-dekorativ qo‘shimchalar o‘z navbatida ikkiga
bo‘linadi:
— konstruktiv qo‘shimcha;
— dekorativ qo‘shimcha.
Konstruktiv qo‘shimchalarda kiyimning bichimi hisobga olinadi. Masalan, kiyimning bichimi to‘g‘ri, gavdaga sal yopishgan, gavdaga yopishgan va hokazo bo‘ladi. Bu yerda to‘g‘ri bichimli kiyimlarga eng ko‘p qo‘shimcha beriladi.
Dekorativ qo‘shimchalarda kiyim bezaklari uchun beriladigan qo‘shimchalar hisobga olinadi. Masalan, burmalar, taxlamalar, bufflar, vafli va hokazolar uchun qo‘shimcha beriladi.
Konstruktiv-dekorativ qo‘shimchalar kiyimda doimiy bo‘lmaydi.
Ularning qiymati kiyim turiga, uning bichimiga, shakli va
boshqalarga qarab, ya’ni moda talabiga binoan o‘zgaradi.
Kiyim loyihasi asosining chizmasini hisoblash qulay bo‘lishi
uchun:
Q umumiy = Qtex + Qkd
Q umumiy — bu umumiy qo‘shimcha kiyimni gavdada bemalol
turish qo‘shimchasi deb ataladi va u quyidagilarga bo‘linadi:
Qk — ko‘krak chizig‘i bo‘ylab gavdada bemalol turish
qo‘shimchasi;
BlQ — bel chizig‘i bo‘ylab gavdada bemalol turish qo‘shimchasi;
BkQ — bo‘ksa chizig‘i bo‘ylab gavdada bemalol turish
qo‘shimchasi.
Yuqorida sanab o‘tilgan qo‘shimchalarning qiymati kiyim bichimiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, gavdaga yopishib turadigan bichimli kiyimlar uchun gavdada bemalol turish qo‘shimchasining qiymati minimal bo‘lishi xarakterlidir.
Old va ort bo‘laklar bilan yaxlit bichiladigan va reglan ko‘ylaklarning loyihasini ishlab chiqishda Qk — qo‘shimcha 1-2 sm ko‘paytiriladi. Qanday bichim bo‘lmasin yubkaning (shimning) bel chizig‘i bo‘ylab gavdada bemalol turish qo‘shimchasi 1 sm ga bo‘ksa chizig‘i uchun 2 sm ga teng olinadi.
Kiyim gavdada yaxshi turishi va kiyganda qulay bo‘lishi uchun
qo‘shimchalar faqat ko‘krak, bel, bo‘ksa qismlaridagina emas balki
boshqa konstruktiv joylarda ham bo‘lishi kerak.

Download 9.08 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71




Download 9.08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



). Kiyimni loyihalashda ishlatiladigan qo’shimchalar

Download 9.08 Mb.