|
O`zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
|
bet | 38/57 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 7,65 Mb. | | #159381 |
Bog'liq 5-7 tugarak hujjatlariTopshiriqlar
“KARO” so`zini Morze usulida kodlang
“ARKO” so`zini Morze usulida kodlang
“LATO” so`zini Morze usulida kodlang
Uyga vazifa: Maktab so’zini kodlash
25-mashg’ulot:
Amaliy ish
Mashg’ulotning maqsadi:
A)Ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga ikkilik , o`nlik sanoq sistemalarida amallar bajarish haqida tushuncha berish.
B)Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga ikkilik, o`nlik sanoq sistemalarida arifmetik amallar bajarish ko`nikmalarini hosil qilish.
D)Rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish.
Darsning jihozi:7 - sinf informatika darsligi, plakat, texnika vositasi, (kompyuter),
chizmalar, rangli qog`ozlar, tarqatma material, testlar, mashqlar.
Kompetensiya:
(TK2) Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:— sanoq sistemalarida ishlashni bilish:.
(FK2) — O’quvchida axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi shakllanad
Darsning uslubi: Aqliy hujum interfaol mashqlar yordamida o`quvchilar orasida rivojlantiruvchi muhit hosil qilish.
Mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashib davomat aniqlanadi, o`quvchilar diqqati darsga jalb qilinad
Misol. Bir kitobda 250 ta sahifa bo`lib, har bir sahifa 30 ta satrdan va har bir satr 75 ta belgidan iborat bo`lsa, kitobdagi axborot hajmini hisoblang.
Yechish.
Dastlab, bitta sahifada nechta belgi borligini hisoblaymiz:
75*30=2250 ta.
Demak, kitobdagi axborot hajmi 562500x8=4500000 bit yoki 562500 bayt
Yoki 562500:1024≈549 Kbt yoki 549:1024≈0,54 Mbt yoki 0,54:1024≈0,0005 Gbt ekan.
Misoldan ko`rinadiki, Gbt ancha katta hajmni ifodalovchi o`lchov birligi ekan.
Savol va topshiriqlar.
1.Ikkilik sanoq sistemasida amallarni bajaring:
a) 10010+1x27 +1x25 +1x23 +1x20
b) 1100+1x23+1x21
d) 1001,1x(1x24+1x23+1x22+1x21)
2. Ikkilik sanoq sistemasidagi sonlarni taqqoslang.
a) 1101+11 va 1111+10
d) 11101-11 va 111+11
f) 1101x1101 va 1011 x1011
b) 1001,11+101,01 va 1101,01-101,11
e) 1110,01+101 va 10010,01
g) 1101,011 -11,01 va 1011,001
3. Ikkilik sanoq sistemasida berilgan sonlarni o`nlik sanoq sistemasiga o`tkazing.
a) 110110 b) 101011 d) 1101010 e) 1101101
f) 1101001 g) 111001 h) 10001111 i) 1011110011
4. Ikkilik sanoq sistemasida amallarni bajaring, natijasini o`nlik sanoq sistemasiga o`tkazing:
a) 1001+110011 b) 101101,1-111,01
d) 10101 x (1x26+1x24+1x21+1x20) e) 1x25+1x20+11110,0011
5. Ma`lumotlarni kodlash usullaridan biri har bir belgi yoki harfdan so`ng biror harf (umuman har gal turli harf bo`lishi mumkin) qo`yilad Masalan, “INFORMATIKA” so`zi IANBFDORSMAЦTUILKBAX kabi ifodalanishi mumkin.
a) xuddi shu usulda kodlangan jumlani toping:
TBAHBIIYAPTSNRIS ALSMRIATNOGB
b) qo`shimcha qo`yiladigan harflarni bir xil tanlab “MUSTAQILLIK”, “EKOLOGIYA” so`zlarini va “O`ZBEKISTON VATANIM MANIM” jumlasini kodlang.
6. Maktabingiz joylashgan manzil to`g`risidagi axborotlarning hajmini hisoblang.
7. “Respublika iqtisodiyotini boshqarishda kompyuterlarning ahamiyati beqiyos” iborasidagi axborot hajmini toping.
1. Quyidagi keltirilgan axborotlarning hajmini bit va kilobaytda ifodalang:
a) 1957-yilda O`zbekiston Fanlar akademiyasining Matematika instituti qoshida Hisoblash markazi tashkil etilgan.
b) 1963-yili Hisoblash markazi Mexanika institutiga o`tkazilsin.
d) Shoxsanam 1995-yil 30-martda Toshkent shahrida tug`ild
2. Ma`lumotda baytlarda ifodalangan belgilar sonini toping:
1101001100011100110100110001110001010111.
3. 1 dan 16 gacha bo`lgan natural sonlarni kodlash uchun necha bit kerak bo`ladi ?
4. 1 Gbt axborot 64 Kbt/sek tezlikda qancha vaqt uzatiladi?
5. 1024 Mbt axborot 512 sekundda uzatilgan bo`lsa, axborot uzatish tezligini aniqlang.
Bir kitobda 750 ta sahifa bo`lib, har bir sahifa 32 ta satrdan va har bir satr 72 ta belgidan iborat bo`lsa, kitobdagi axborotni 24 Kbt/sek tezlik bilan uzatilsa sarflanadigan vaqtni toping.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
|