Mustahkamlash uchun savollar




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/120
Sana25.02.2023
Hajmi2.4 Mb.
#43529
TuriУчебное пособие
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   120
Bog'liq
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
Amaliy mashg
 
Mustahkamlash uchun savollar: 
1.О‘qitishning og‘zaki bayon metodlari guruhiga qaysi metodlari kiritilgan? 
2.Hikoya metodining mohiyatini tushuntiring? 
3.Suhbat metodi hikoya metodidan qaysi jihatlari bilan farqlanadi? 
4.О‘quv ma’ruzasi metodi qо‘llash uchun о‘qituvchi e’tiborini nimalarga 
qaratishi zarur? 
 
 
 
 
 
 
 


83 
12-§ BIOLOGIYA О‘QITISHNING FAOL METODLARI 
Interfaol inglizcha interakt sо‘zidan olingan bо‘lib, inter- hamkorlikda akt- 
harakat qilmoq ma’nosini bildiradi. Interfaollik deganda о‘quvchining о‘quvchi 
bilan hamkorlikda yoki kompyuter bilan muloqoti о‘zaro ta’sir kо‘rsatish rejimida 
ishlashi tushuniladi.
Interfaol о‘qitish – bu avvalo dialog tarzda о‘qitish, muloqot jarayonida 
barcha ishtirokchilar tomonidan hamkorlikda muammolarni hal etilishidir. 
Interfaol о‘qitishning asosiy mohiyati – о‘qitish jarayonida barcha о‘quvchilar 
bilish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi, ular muhokama etilayotgan 
muammolarni, voqea va hodisalarning rivojini tushunadi, muammoli vaziyatlarni 
anglaydi, uni hal etish yо‘llarini izlab, eng maqbul variantni tavsiya etadi. О‘quv 
materialini о‘rganish, muammoni hal etish bо‘yicha turli variantdagi yechimni 
tavsiya etishga asoslangan bilish jarayonida о‘kuvchilarning hamkorligi har bir 
о‘quvchiga, guruh muvaffaqiyati uchun о‘z ulushini qо‘shishga, ular о‘rtasida fikr, 
axborot va tajriba almashinuviga zamin tayyorlaydi. Ushbu hamkorlik samimiy, 
qulay ijtimoiy psixologik, о‘zaro yordam muhitida sodir bо‘lganligi uchun, 
о‘quvchilar nafaqat yangi bilimlarni о‘zlashtiradilar, balki о‘zining bilish 
faoliyatlarini rivojlantiradi, uni yuqori darajaga kо‘tarib, hamkorlikka kirishishga 
imkon beradi.
О‘qitish jarayonida interfaol usullarni qо‘llash jarayonida о‘quvchilarning 
о‘zaro muloqotga kirishishini tashkil etish va boshqarishni taqoza etadi, bunda 
о‘quvchilar hamkorlikda izlanib umumiy, shu bilan bir qatorda har bir о‘quvchi 
uchun ahamiyatga molik bо‘lgan muammoni hal etishga kirishib ular о‘rtasida bir-
birini tushunish, hamkorlikda ishlash va hamjihatlik vujudga keladi. Interfaol 
usullardan foydalanilgan darslarda bitta о‘quvchining ustunlik qilishi, uning о‘z 
fikrini о‘tkazishiga yо‘l qо‘yilmaydi. 
Interfaol usullar qо‘llanilganida о‘quvchilar tanqidiy fikr yuritish, axborot 
manbalari va vaziyatni tahlil qilish, murakkab muammoli vaziyatlarni hal etish,
о‘rtoqlarining fikrini tahlil qilib, asoslangan xulosalar chiqarish, munozarada 
ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan muloqotga kirishish kо‘nikmalarini egallaydi. 


84 
О‘qitishning interfaol metodlarining quyidagi xususiyatlari mavjud: 
Insonning muhim hayotiy ehtiyoji bо‘lgan muloqot – о‘qitish jarayonining 
barcha bosqichlarida qо‘llaniladi. О‘qitish jarayonida о‘quvchilarga о‘z kuchi, 
bilimi, iqtidorini namoyon etishga teng imkoniyatlar beriladi. О‘quvchilarning 
kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashida ijtimoiy-psixologik jihatdan qulay muhit 
yaratilib, muloqotda bosqichma-bosqich va samarali ishtirok etishga zamin 
tayyorlanadi. 
О‘quvchilar muloqotda faol ishtirok etishlari uchun faqat eshitishlari yetarli 
emas, balki eshitganlarini tahlil qilish, fikr yuritish, fikrlarning asosli va tushunarli 
bо‘lishiga erishish lozimligini anglaydilar. О‘quvchilar bilan hamkorlikda, kichik 
guruhlarda ishlashi orqali qо‘yilgan vazifalarni talab darajasida bajarish, olingan 
natijalarni tahlil qilish, ularning tо‘g‘riligini tekshirib kо‘rish, taqdim etish va 
boshqa guruhlar tomonidan e’tirof etishlariga erishishlari lozim.
Biologiyani о‘qitishda foydalaniladigan faol metodlar guruhiga о‘qitishning
muammoli-izlanish metodlari, mantiqiy metodlar, mustaqil ishlash metodlari, 
о‘quvchilar faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash metodlari, nazorat va о‘z-о‘zini 
nazorat qilish metodlari kiradi. 
Faol metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, о‘quvchilarning kichik 
guruhlarida hamkorlikda ishlab, muammoni hal etish, murakkab savollarga javob 
topish jarayonida alohida obekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish kо‘nikmalari va 
bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi. Shu 
sababli, biologiyani о‘qitishda о‘qitishning reproduktiv metodlari bо‘lgan og‘zaki 
bayon, kо‘rgazmali va amaliy metodlar bilan birgalikda muammoli izlanish va 
mantiqiy metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun 
о‘qituvchi mazkur metodlarning о‘ziga xos xususiyatlari, ular tarkibiga kiradigan 
metodik uslublarni tо‘g‘ri anglashi va о‘z о‘rnida samarali foydalanish 
kо‘nikmalarini egallagan bо‘lishi lozim. Muammoli izlanish metodlari dars 
davomida izchil va maqsadga yо‘naltirilgan holda vujudga keltirilgan muammoli 
vaziyatlarni о‘quvchilar avval о‘zlashtirgan bilim va kо‘nikmalarini yangi 
vaziyatlarda qо‘llashi orqali о‘quv materialini faol о‘zlashtirishiga xizmat qiladi. 


85 
Bu metodlar guruhi о‘quvchilarning aqliy rivojlanishi, ijodiy va mustaqil fikr 
yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va undan 
chiqishning eng maqbul yо‘lini topishi, mо‘ljalni tо‘g‘ri olishiga zamin 
tayyorlaydi. 
Muammoli izlanish metodlari guruhiga mansub muammoli-izlanish 
xarakteridagi suhbat metodidan foydalanganda, avval muammoli vaziyatlar 
yaratiladi, avvaldan tayyorlangan muammoli savollar zanjiri bayon etiladi, 
о‘kuvchilarning о‘qituvchi bilan birgalikda mantiqiy mulohaza yuritishiga, о‘quv 
farazlarini hosil qilish va isbotlash, suhbat jarayonida muammoli savollarga javob 
topishiga imkon yaratiladi. Muammoli hikoya metodida, о‘qituvchi yangi mavzuni 
о‘rganish jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratadi, о‘quvchilar bilan 
hamkorlikda hikoya jarayonida muammoli savollarga javob topishga, о‘quv 
farazlarini hosil qilish va dalillashga imkon yaratiladi, о‘quvchilarning javoblari 
asosida muammolar hal etiladi. 
Muammoli-amaliy metoddan foydalanganda muammoli topshiriqlar tuziladi, 
shu asosda tajribalar о‘tkaziladi, muammoli vaziyatlarni xal etish yuzasidan о‘quv 
farazlarini hosil qilinadi va о‘quv-tadqiqot tajribalari о‘tkazilib, о‘quv xulosalari 
va umumlashmalarini ta’riflab muammolar hal etiladi.
Muammoli metodlardan foydalaniladigan darslarni keyingi yillarda yangi 
nom bilan (“Tafakkur bо‘roni” B.R.Qodirov), (“Miyaga hujum”, “Fikrlar 
tо‘qnashuvi”, “Fikrlar jangi” V.M.Karimova, F.A.Akramova), (“Aqliy hujum” 
J.G‘.Yо‘ldoshev) nomlash rasm bо‘ldi. 
Muammoli metoddan foydalanilgan dars (“Aqliy hujum”) quyidagi bosqich 
asosida tashkil etiladi: 

Download 2.4 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   120




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish