• Jismoniy tarbiya
  • O’zbekiston Respublikasi Xalq




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/120
    Sana25.02.2023
    Hajmi2.4 Mb.
    #43529
    TuriУчебное пособие
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   120
    Bog'liq
    Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
    Amaliy mashg
    Iqtisodiy tarbiya. Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga о‘tishi, ta’lim-
    tarbiya jarayonida о‘quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish zaruratini keltirib 
    chiqaradi. О‘quvchilar botanika, zoologiya, umumiy biologiya о‘quv fanlarida 
    о‘simlik va hayvonlarning mahsuldorligi, dalalarning unumdorligini oshirish, 
    tuproq va yerga nisbatan munosabatini tubdan о‘zgartirish, olinadigan 
    mahsulotlarni ham miqdor, ham sifat jihatdan orttirish masalalari bilan 
    tanishadilar. О‘qituvchi о‘rganilayotgan mavzu mazmuniga bog‘liq holda iqtisodiy 
    tarbiyani amalga oshirishi zarur.
    Masalan, “Poyaning eniga о‘sishi” mavzusida daraxt tanalarining qurilish, 
    mebelsozlik, qog‘oz tayyorlash sanoati va h.k.da keng miqyosda foydalanishi qayd 
    etiladi. О‘quvchilarda tejamkorlikni vujudga keltirish uchun о‘qituvchi о‘quvchilar 
    e’tiboriga quyidagi ma’lumotlarni havola etadi. Bir tonna qog‘oz tayyorlash uchun 
    50-80 yoshdagi 15-16 ta daraxt tanasi sarf bо‘ladi. Daraxtlarni saqlab qolish uchun 
    qanday tadbirlarni amalga oshirish zarur deb о‘ylaysiz? degan savolni qо‘yadi. 
    О‘quvchilar daraxtzorlarni kо‘paytirish, keraksiz qog‘ozlarni tо‘plash va qayta 
    ishlashga topshirish zarurligini qayd etadilar. О‘qituvchi 60 kg qog‘oz bitta 
    daraxtning, 50 t qog‘oz 100 ga yerdagi daraxtzorlarni asrab qolishini aytadi.
    Iqtisodiy tarbiya о‘qitishning barcha shakllarida, shu jumladan, sinfdan 
    tashqari mashg‘ulotlarida amalga oshirish, bunda vatanimizning iqtisodiyoti va 
    xalq xо‘jaligining turli tarmoqlarini rivojlantirishda biologiya fanining tutgan 
    о‘rniga oid ma’lumotlardan foydalanish tavsiya etiladi. 
    Jismoniy tarbiya - har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishning 
    ajralmas qismi bо‘lib, о‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy, aqliy, estetik jihatdan 
    uyg‘un rivojlanishini ta’minlaydi. Jismoniy tarbiya о‘quvchilarning aqliy va 
    ma’naviy-axloqiy tarbiya bilan uzviy holda amalga oshirilgandagina kutilgan 
    natijalar, jumladan, о‘z salomatligini asrash va mustahkamlash, hatti-


    184 
    harakatlarning gigiyenik meyorlari, harakat kо‘nikmalarini tarkib toptirish 
    mumkin. Jismoniy tarbiya masalasi biologiyani о‘qitish metodikasida inson 
    organizmining tuzilishi, hayotiy jarayonlari, rivojlanishi bilan uzviylikda о‘rganish 
    orqali amalga oshiriladi. “Odam va uning salomatligi” о‘quv kursida о‘quvchilar u 
    yoki bu jismoniy mashqlarning bajarilishi organlar sistemasi ishiga ta’siri, sport 
    bilan 
    shug‘ullanishning 
    ahamiyati, 
    organizmni 
    chiniqtirish, 
    gigiyenik 
    kо‘nikmalarni hosil qilishning ilmiy asoslari bilan tanishadilar. 
    Shuningdek, Vatanimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida 
    olib borilayotgan tadbirlar, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi, sog‘lig‘ining 
    mustahkamlanishi uchun yaratilgan sharoitlar qayd etiladi. Jismoniy tarbiyaning 
    muhim yо‘nalishi – gigiyenik kо‘nikmalarni kundalik odatlarga aylantirish
    hayotda gigiyenik meyorlarga amal qilishga ongli munosabat, sog‘lom turmush 
    tarzi kо‘nikmalarini tarkib toptirish, yoshlikdan sport bilan shug‘ullanishga 
    yо‘naltirishdan iborat. Sport bilan shug‘ullangan о‘quvchilarda iroda va salomatlik 
    mustahkamlanishi, aniq maqsad sari intilish, qiyinchiliklarni bardosh va chidam 
    bilan yengishga kabi ijobiy fazilatlar vujudga kelishi kо‘rsatib о‘tiladi. 

    Download 2.4 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   120




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish